O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Inflatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

16.10. Inflatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari
Inflatsiya vaqtida pul qadrsizlanganligi uchun kishilarda qo‘r-
quv va sarosima paydo bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar xavotirlan-
ganidan ishlab chiqarishni kengaytirishdan manfaatdor bo‘lmay-
dilar, chunki ular sarflagan pullarning qaytib kelgunicha o‘z qadrini
yo‘qotib qo‘yishi mumkin bo‘ladi. Bu inflatsiyaning iqtisodiy
oqibati deyilishi mumkin.
Inflatsiya sharoitida ma’lum miqdordagina qat’iy daromadga
ega bo‘lgan nafaqaxo‘rlar, stipendiya, qat’iy belgilangan ish haqi
oluvchilar turmushi yomonlashadi, ular kambag‘allashib ketadilar.
Inflatsiya davrida narxlarning oshib borishi, odamlarning pul
daromadining oshmasligi yoki narxga nisbatan sekinroq oshib
borishi odamlar tomonidan tovarlarni oldingidan kam sotib olishi
va oz iste’mol qilishiga olib keladi. Bu holat inflatsiyaning ijtimoiy
oqibati sifatida qaraladi.


328
Inflatsiyani bartaraf etish yo‘llari «Iqtisodiyot nazariyasi» fani
tomonidan o‘rganiladi. Inflatsiyani bartaraf etish uchun davlat
tomonidan bir qator chora-tadbirlar qo‘llaniladi:
1. Pul emissiyasi to‘xtatiladi. Natijada pul miqdori tovarlar va
xizmatlar narxining miqdoriga moslasha boradi, narxlar sekin o‘sadi
va so‘ngra o‘sishdan to‘xtaydi.
2. Ishlab chiqarishning o‘sishi rag‘batlantiriladi. Ishlab chiqa-
rishni jonlantirish uchun davlat uni rag‘batlantirishga e’tibor beradi.
Davlat tadbirkorlarga, korxonalar va firmalarga past foiz bilan
qarz beradi, soliqlar kamaytiriladi, eksport-import ishlari bo‘yicha
imtiyozlar joriy etiladi, natijada ishlab chiqarish rivojlanadi, tovarlar
ko‘payadi, pul qadri barqarorlashadi.
3. Aholining puli banklarga jalb etiladi. Inflatsiyani bartaraf
etishda bu tadbir ham yaxshi samara beradi. Buning uchun aholi-
ning pulini uyida saqlamay, bankka qo‘yishi uchun omonatlarning
foiz stavkalari oshirilishi zarur bo‘ladi. Buning natijasida uyda
saqlanayotgan pulni aylanmaga kiritish hisobidan ortiqcha pul
chiqarmay turib, davlat xo‘jalik yurituvchi subyektlarni to‘lov
vositasi bilan ta’minlashga erishadi.
Muomalada pulning yetishmasligi va uning oqibatlari. Pulning
yetishmay qolishi xo‘jalikdagi to‘lov operatsiyalarini sekinlashtirib,
hatto to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Firmalar tovarlarini o‘z vaqtida
sota olmaydilar, kerakli resurslarni ololmay qoladilar, ish haqini,
soliqlarni vaqtida to‘lay olmaydilar. Pul yetishmasligi xo‘jalikni
izdan chiqaradi.
Pul taklifining qisqarishini quyidagilar yuzaga chiqaradi,
birinchidan, narxlar oshib ketgan sharoitda mavjud pullar oldi-
berdi uchun kamlik qiladi. Hatto tovarlar miqdori kamaygan vaqtda
ham narxlarning o‘sishi pulga talabni kuchaytirib yuboradi. O‘zaro
hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun pulning yetishmay qolishi
to‘lov inqirozi deyiladi.
Korxonalar va firmalar sotgan tovarlari haqini undira olmay-
dilar. Bunday paytda debitorlik qarzi kelib chiqadi. Firmalar sotib
olgan tovarlari uchun boshqalarga pul to‘lay olmay qolishadi. Bu
kreditorlik qarzi deyiladi. Òo‘lov inqirozi yuz berganda firmalarda
ham debitorlik, ham kreditorlik qarzi paydo bo‘ladi. Shunday
vaziyatdan chiqish uchun qo‘shimcha to‘lov vositasi bo‘lmish
veksellar chiqariladi, ular pul o‘rniga beriladi.
Shunday inqiroz holati O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgan
davrining dastlabki yillarida sodir bo‘lgan edi. Shunda respublika-


329
mizda bank veksellari chiqarilib, amalga kiritilishi debitorlik va
kreditorlik qarzlarining tubdan kamaytirilishiga va inqirozdan
chiqib ketish imkonini bergan edi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish