O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

16.9. Inflatsiya va uning sabablari
Iqtisodchi olimlar iqtisodiyotni xuddi odam organizmiga
o‘xshatadilar. Pul shu organizm, ya’ni iqtisodiyotning qoni sifatida
uning hamma hujayralariga oziqa berib, hayot baxsh etib yuradi.
Iqtisodiyot sog‘lom bo‘lishi, rivojlanib borishi uchun sog‘lom,
yetarli miqdorda pul bo‘lishi zarur. Sog‘lom pul deganda, bu qadri
barqaror, keragidan ortiq ham, kam ham bo‘lmagan pul tushu-
niladi. Agar shunday bo‘lmasa, bu mamlakatda pul sog‘lom emas,
ya’ni inflatsiyaga uchragan deyiladi.
Inflatsiya deganda pulning keragidan ortiq muomalaga chiqa-
rilishi natijasida narxlarning to‘xtovsiz o‘sishi va pul qadrining
pasayib borishi tushuniladi. Inflatsiya davrida mamlakatda pul
miqdori sotiladigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan ortib ketadi.
Inflatsiyani bir qator sabablar keltirib chiqaradi:
1) iqtisodiyot subyektlarining o‘z xarajatlarini iqtisodiy imko-
niyatlariga nisbatan oshirib yuborishlari. Bu degani davlat, firma
va korxonalar, oilalar mavjud daromadlariga qarab sarf-xarajatlar
qilishlari kerak. Agar davlat xarajatlari ko‘payib kamomadni muo-
malaga qo‘shimcha pul chiqarish hisobidan qoplaydigan bo‘lsa,
bu pul tovarlar bilan ta’minlanmagan bo‘ladi va shu sababli pul
ko‘paygan holda tovar yetishmaydi va narx oshadi, natijada bozorda
narxlar o‘sib ketadi, pul qadri pasayadi;
2) ishlab chiqarishning qisqarishi. Ishlab chiqarish qisqarganda,
odatda, muomaladagi mavjud pul miqdori ko‘paymaydi, ammo
unga nisbatan mamlakatda tovarlar miqdori kamayadi, narx oshadi,
pul qadri pasayadi;


327
3) mamlakatga import qilingan tovarlar narxining ko‘tarilishi.
Bu mamlakat ichidagi o‘xshash va o‘rinbosar tovarlar narxini oshiradi.
Inflatsiyaning ikki turi bor:
1. Òalab inflatsiyasi. Bu holat aholi qo‘lidagi pulning ko‘pli-
gidan kelib chiqadi. Natijada odamlar tovarlarni ko‘proq xarid
qilishga harakat qilishadi.
2. Òaklif inflatsiyasi. Bunda bozorlarda resurslar qimmatlashadi,
xarajatlar oshib, foyda kamayadi. Ishlab chiqaruvchilarning tovar
ishlab chiqarishni ko‘paytirishga intilishi pasayadi, qiziqmay
qo‘yadilar. Natijada tovarlar taklifi kamayadi, narxlar esa o‘sib ketadi.
Inflatsiyaning uzoq davom etishi iqtisodiyotning inqirozga
uchrashiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun inflatsiya
darajasini aniqlash zarur bo‘ladi. Inflatsiya darajasi quyidagi for-
mula bilan aniqlanadi:


1
2
100
.
V
J
V
Inflatsiya darajasi ko‘rsatkichi (J) oldingi davrdagi narx o‘sishini
(V
1
) keyingi davrdagi narx o‘sishi (V
2
)ga bo‘lish yo‘li bilan to-
piladi. Agar V
1
=30, V
2
=120 bo‘lsa, bunda J = 25 % bo‘ladi.
Giperinflatsiya. Bu holat kuchli inflatsiya deyiladi va u chuqur
iqtisodiy inqirozlar davrida kelib chiqadi. Bu holatda inflatsiya
darajasi oyiga 50 % va undan ortiq ham bo‘lishi mumkin.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish