16.5. Bank tizimi
«Bank» tushunchasi fransuzcha «banque» va italyancha «banka»
so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, «sarrof kursi», «do‘koni» ma’nolarini
anglatadi. Bunday tushuncha tarixchilarning taxminan 2000 yil
muqaddam faoliyat ko‘rsatgan dastlabki bankirlar haqida to‘plagan
ma’lumotlariga to‘la muvofiq keladi. O‘sha paytdagi bankirlar sarroflik
bilan shug‘ullangan, ya’ni pul maydalab yoki almashtirib bergan.
Ular savdo-sotiq bo‘lib o‘tadigan joydagi kichik do‘konlarda o‘tirib,
shaharga kelgan savdogarlar va sayyohlarning hojatini chiqarish uchun
chet el tangalarini mahalliy pullarga almashtirib bergan yoki muayyan
xizmat haqi evaziga savdogarlarning mablag‘ aylantirish imkoniga
ega bo‘lishi uchun tijorat veksellarini hisoblab bergan.
Dastlabki bankirlar faoliyat yuritish uchun o‘z mablag‘laridan
foydalanishgan, biroq ko‘p vaqt o‘tmay pul mablag‘lari jalb qilish
hamda boy mijozlar tomonidan beriladigan muddatli qarzlarni
kafolatlash g‘oyasi paydo bo‘lgan. Ayni shu mablag‘lar bankirlarning
keyinchalik rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Bankirlar tomo-
nidan qarzlar savdogarlar, dengizchilar va yer egalariga foiz to‘lash
evaziga berilgan. Dastlabki bankirlarning qariyb barchasi kelib
chiqish jihatidan yunonlarga mansub edi.
Banklar va ularning tashkiliy tuzilmasi. Bank — bu moliya-
kredit muassasasi bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslarning bo‘sh
pul mablag‘larini o‘zida jamlaydi va ularni muddatlilik qaytarib
berish va foiz to‘lash shartlari asosida o‘z nomidan joylashtiradi.
Bozorlarda pul mablag‘lari harakatini banklar bilan birgalikda
boshqa moliya-kredit muassasalari: investitsiya fondlari, sug‘urta
kompaniyalari, brokerlik, dilerlik firmalari va boshqalar amalga oshi-
radilar. Lekin banklar moliyaviy tavakkalchilikning subyekti sifatida
boshqa subyektlardan farq qiluvchi ikki o‘ziga xos sifatga ega.
Birinchidan, banklar uchun qarz majburiyatining ikki tomon-
lama almashinuvi xarakterlidir. Ular o‘zlarining qarz majburiyat-
larini taqsimlaydilar. Òaqsimlangan yoki jalb qilingan mablag‘larni
320
boshqalar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar va qarz
majburiyatlariga joylashtiradilar. Bu esa banklarni moliya bozorida
o‘zining qarz majburiyatlarini chiqarmay faoliyat yurgizuvchi
moliyaviy brokerlar va dilerlardan ajratib turadi.
Ikkinchidan, banklar yuridik va jismoniy shaxslar oldida qarzni
belgilangan summasiga doir majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladilar.
Masalan, mijozlar mablag‘larni hisob raqamlariga va boshqa
qo‘yilmalariga joylashtirayotganda, depozit sertifikatlarini chiqara-
yotganda va boshqa hollarda shunday qiladilar. Bu bilan banklar
o‘z aksiyalarini chiqarish orqali resurslarini joylashtiradigan turli
investitsiya fondlaridan farqlanib turadi. Qarz summasi bo‘yicha
belgilangan majburiyatlar vositachilar (banklar) uchun yuqori
darajali tavakkalchilikni ifodalaydi. Chunki bozor konyunkturasi-
dan qat’i nazar, summalar to‘laligicha qaytarilishi kerak. Investi-
tsiya fondlari esa aktivlar va passivlar qiymatining o‘zgarishi bilan
bog‘liq bo‘lgan barcha tavakkalchiliklarni o‘zining aksiyadorlari
orasida taqsimlaydi.
Banklar sho‘ba kredit muassasalarini tashkil etish huquqiga ega.
Sho‘ba bank (kredit muassasasi) bo‘lib, bosh bankning nizomiy
jamg‘armasining 50 % idan oshig‘ini o‘z foydasi hisobidan ta’minlab
beradigan bank hisoblanadi. Bosh bank bilan o‘zaro munosabatlar
ta’sis shartnomasi va sho‘ba bankning ustavi bilan tartibga solinadi.
Shu bilan birga sho‘ba bank yuridik shaxs hisoblanib, mustaqil
tijorat tashkiloti sifatida faoliyat yurgizadi. U o‘z mulkiga, jumladan,
o‘z kapitaliga ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha mas’uliyatlidir va
Markaziy bankda o‘zining korrespondent hisob raqamlariga egadir.
Nizom jamg‘armasini shakllantirish usuliga ko‘ra, banklar
aksiyador (ochiq va yopiq turdagi) va paychilik banklariga bo‘linadi.
Hissadorlik banklarda kapital egasi bo‘lib jamiyatning o‘zi, ya’ni
bank namoyon bo‘ladi. Payli tijorat banklarida esa bank kapital
egasi bo‘la olmaydi. Chunki har bir paychi kapitaldagi o‘z ulushiga
egalik qilish huquqini bankka bermaydi, o‘zida saqlab qoladi. Paychi
tijorat banklari mas’uliyati cheklangan jamiyat tamoyillari asosida
tashkil qilinadi. Bunda har bir ishtirokchi (paychi)ning mas’uliyati
bankning umumiy kapitaliga qo‘shgan hissasi bilan belgilanadi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tuzilgan banklar qoidaga
ko‘ra, aksiya va obligatsiyalar chiqarish huquqiga ega emaslar.
Hissadorlik jamiyati sifatida faoliyat yurgizayotgan banklarda
nizom jamg‘armasi ma’lum miqdordagi aksiyalarga bo‘lingan bo‘ladi.
Hissadorlik banklari ochiq va yopiq turda bo‘lishi mumkin. Òijorat
321
banki faoliyatini «boshqarma» boshqaradi. Boshqarma hissadorlar
umumiy yig‘ilishi va bank kengashi oldida javobgar hisoblanadi.
Bank daromadi va uni joylashtirish. Bank daromadlari berilgan
kreditlar uchun undirilgan foizlardan, valuta bozoridagi opera-
tsiyalardan olingan daromadlardan, hisob-kitob xizmati ko‘rsatish
daromadlaridan va boshqa turdagi daromadlardan tashkil topadi.
Foiz darajasi va xizmatlar baholari mijozlar va xaridorlar bilan
kelishilgan holda belgilanadi.
Bank daromadlaridan xarajatlar chegirib tashlangan bankning
balans foydasi hosil bo‘ladi. Barcha soliq to‘lovlari bajarilgach,
qoladigan sof foydaning taqsimoti tartibi bank ustavida belgilab
beriladi. Odatda, bank ixtiyorida qolayotgan foydaning bir qismi
aksiyalarga dividend sifatida to‘lanib, qolgan qismi iqtisodiy
rag‘batlantirish fondlariga yo‘naltiriladi (ishlab chiqarish va ijtimoiy
taraqqiyot fondi hamda moddiy rag‘batlantirish fondi, zaxira fondi).
Òijorat banklarining faoliyati tamoyillari. Òijorat banklari
faoliyatining birinchi va asosiy tamoyili bo‘lib, real mavjud resurslar
chegarasida ish yuritish hisoblanadi. Òijorat banklari boshqa banklar
foydasi uchun naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirishi, boshqa
banklarga kredit berishi va naqd pullarni qabul qilishi mumkin.
Bu operatsiyalarni bank o‘z korrespondent schotida qoldiq mab-
lag‘lar chegarasida amalga oshiradi.
Real mavjud resurslar chegarasida ish olib borish deganda, tijorat
banki nafaqat o‘z resurslari va kredit qo‘yilmalar orasida muvozanatni
ta’minlashi, balki bank aktivlari xarakteri jalb qilingan resurslarning
o‘ziga xos xususiyatiga mos kelishiga erishmog‘i kerak. Bu, birinchi
navbatda, kredit berish va olish muddatiga tegishlidir. Agar bank
mablag‘larni qisqa muddatga jalb qila turib, ularni uzoq muddatli
ssudalarga joylashtiradigan bo‘lsa, u holda uning majburiyatlari
bo‘yicha to‘lov qobiliyati xavf ostida bo‘lib qolishi mumkin.
Òijorat banklari faoliyatining ikkinchi tamoyili bo‘lib, to‘la
iqtisodiy mustaqillik hisoblanadi. Bunday iqtisodiy mustaqillik o‘z
mablag‘lari va jalb qilingan resurslarning erkin ishlatilishida, mijoz-
larni tanlashda, soliqlar to‘langandan so‘ng qoladigan daromaddan
o‘z ixtiyoricha foydalanishda ifodalanadi.
Amal qilayotgan bank qonunchiligi barcha tijorat banklariga
o‘z fondlari va daromadlarini o‘zlari tasarruf etishda iqtisodiy
erkinlik yaratib berdi. Soliqlar to‘langandan so‘ng qoladigan
daromadlar hissadorlar umumiy majlisining qarori bilan taqsim-
lanadi. U bankning turli fondlariga ajratmalar me’yori va hajmini,
322
shuningdek, aksiyalar bo‘yicha dividendlar miqdorini belgilaydi.
Òijorat banki o‘z majburiyatlari bo‘yicha unga tegishli bo‘lgan
barcha mablag‘lar va mulklar bilan javob beradi. U olib borayotgan
moliyaviy operatsiyalarda tavakkalchilikni o‘z zimmasiga oladi.
Uchinchi tamoyil shundan iboratki, tijorat bankining mijozlari bilan
o‘zaro aloqasi oddiy bozor munosabatlari sifatida o‘rnatiladi. Ssudalarni
bera turib, tijorat banki, birinchi navbatda, foydalilikning, tavakkal-
chilikning va aylanuvchanlikning bozor mezonlariga asoslanadi.
Òijorat banklari faoliyatining to‘rtinchi tamoyili bu uning faoliyatini
tartibga solishda ifodalanadi, buni u faqat bilvosita iqtisodiy uslublar
orqali amalga oshiradi. Davlat tijorat banklari uchun «o‘yin qoida-
lari»ni aniqlab beradi, lekin ularga buyruq bera olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |