309
xarakterga ega bo‘lib, u bajarilganidan keyin boshqasini bajarishga
o‘tiladi. Funksiya deganda esa doimiy takrorlanib turadigan vazifalar
tushuniladi. Sug‘urta tushunchasi moliya va kredit tushunchalari
bilan bog‘langanligi tufayli ularning taqsimlash va nazorat funk-
siyalari sug‘urtaning ham funksiyalari qatoriga kiradi. Shu bilan
birga sug‘urtaning o‘ziga xos quyidagi funksiyalari bor:
1. Xavf-xatar funksiyasi;
2. Ogohlantirish funksiyasi;
3. Investitsiya funksiyasi;
4. Omonat funksiyasi;
5. Axborot funksiyasi.
Sug‘urtaning xavf-xatar oqibatlarini bartaraf etish funksiyasi —
bu funksiyaning zaruriyligi shundaki, qadim zamonlardan buyon
insoniyat tabiiy ofatlarni favqulodda
vayronagarchilik va ulkan
zararlar keltirishni hamda ularni ishlab chiqarishga ko‘rsatgan
ta’sirini boshidan kechirishgan. Mahsulot, mablag‘, urug‘lik,
yoqilg‘i va moddiy ne’matlardan zaxira
hosil qilganlar va ular
hisobidan ofat oqibatlarini tugatish uchun muhtojlarga yordam
berishgan. Zilzila, toshqin, yong‘in oqibatlari sug‘urtaning ana
shu funksiyasi amal qilishi natijasida hosil qilingan fondlar asosida
tugatilgan.
Sug‘urtaning ogohlantirish funksiyasi — sug‘urtaning bu
funksiyasi xavf-xatar funksiyasi bilan bog‘langan. Ma’lumki,
irrigatsiya va tabiatni muhofaza qilish kabi tadbirlar ko‘p mablag‘
talab qilgani uchun budjet hisobidan ta’minlanadi.
Mahalliy
ahamiyatga ega bo‘lgan ogohlantirish xavfining oldini olish
tadbirlari sug‘urta to‘lovlarining
tushumidan ajratma sifatida
beriladigan mablag‘lar hisobiga qoplanadi. Bu mablag‘lardan,
asosan, uch yo‘nalishda foydalaniladi:
1. Yong‘indan ogohlantirish va yong‘inga qarshi kurash
tadbirlariga.
2. Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi
kamayishiga qarshi
tadbirlarga.
3. Chorva mollarida uchraydigan kasalliklarning oldini olish
va ularning qirilib ketmasligi tadbirlarini bajarishga.
Sug‘urtaning ogohlantirish tadbirlariga sarflash uchun ajratila-
digan mablag‘lar favqulodda zararlarni va uning oqibatlarini
kamaytirishda katta ahamiyatga egadir.
Sug‘urtaning investitsiya funksiyasi — sug‘urtaning bu funksiyasi
shundan iboratki, sug‘urta badallarining yig‘ilishi va ular
hisobidan
310
zararning qoplanishi bir vaqtda emas, balki turli muddatlarda sodir
bo‘lganligi uchun ishlatilmay bo‘sh turgan mablag‘lar hisobidan
zaxira fondlari tashkil etiladi va ularning ma’lum qismidan su-
g‘urta tashkilotlari tijorat maqsadlari uchun foydalanishadi. Ya’ni
bo‘sh turgan mablag‘lardan aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli
qog‘ozlar sotib olib, ular hisobidan qo‘shimcha daromad olishadi.
Sug‘urtaning investitsiya funksiyasi bo‘sh turgan mablag‘lardan
samarali foydalanib, sug‘urta tashkilotining
moliyaviy ahvolini
yaxshilashga yordam beradi.
Sug‘urtaning omonat funksiyasi. Sug‘urtaning omonat funksiyasining
omonat kassalarining funksiyasidan farqini quyidagilardan ko‘rish
mumkin: omonat kassalarida omonatlarga ma’lum muddatlarda
saqlangan davrga nisbatan shaxsiy sug‘urta va uning boshqa xillarida,
ma’lumki, foiz olish huquqi beriladi, mulk sug‘urtasida esa sug‘urta-
langan ma’lum muddatga badallarni to‘laydi va bu badallar sug‘urta
tashkiloti ixtiyorida bo‘ladi. Agar sug‘urta davrida biror sug‘urta
hodisasi ro‘y bersa, sug‘urta tashkiloti yetkazilgan zararni o‘z hisobidan
qoplaydi, omonat kassalarida esa bunday xususiyatlar mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: