O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR


303
16-bob.
 KREDIT, SUG‘URÒA VA BANK TIZIMI.
PUL MUOMALASI
16.1. Kreditning mohiyati, vazifalari
Ma’lum muddatga haq to‘lash va qaytarib berish sharti bilan
beriladigan bo‘sh turgan pul mablag‘lari kredit deb yuritiladi.
Kreditning mohiyati shundaki, iqtisodiyotning ayrim subyektlari
faoliyati uchun pulga muhtoj bo‘lib turgan vaqtda ayrimlarining
qo‘lida ma’lum miqdordagi pul mablag‘lari ishlatilmay bo‘sh turgan
bo‘ladi. Iqtisodiyot nazariyasida shu pul shaklidagi kapital ssuda
kapitali deb atalib uning harakati kredit tarzida namoyon bo‘ladi.
Kredit o‘z mohiyatiga ko‘ra, iqtisodiyotdagi mavjud resurslardan
samarali foydalanishni va uning barqaror rivojlanishini ta’minlashga
xizmat qiladigan iqtisodiy kategoriya. Iqtisodiy kategoriya sifatida
kredit, kredit oluvchilar va kredit beruvchilar o‘rtasida kelib
chiqadigan iqtisodiy munosabatlarni o‘zida ifoda etadi.
Kredit munosabatlarining obyektlari va subyektlari. Kredit
munosabatlari ishtirokchilari kredit subyektlari deb ataladi va ular
turli-tuman bo‘ladi. Kredit subyektlari kredit oluvchilar va kredit
beruvchilar hisoblanadi. Ya’ni korxonalar, firmalar, davlat, turli
tashkilotlar, transmilliy va xususiy korporatsiyalar, tadbirkor va
sohibkorlar hamda aholining boshqa turli toifalaridir.
Kredit obyekti — vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘laridir.
Ma’lumki, iqtisodiyot g‘oyat murakkab jarayondir, uning subyekt-
lari esa yana ham turli-tumandir. Ularning iqtisodiy va moliyaviy
imkoniyatlari, to‘lov qobiliyatlari bir xil emas. Shuning uchun
kredit obyektlari bo‘lib vaqtincha bo‘sh pullar emas, shu bilan
birga tovarlar, qimmatli qog‘ozlar, turli shakldagi xizmatlar ham
bo‘lishi mumkin. Kredit munosabatlari xuddi ana shu bo‘sh pul
va tovarlarni qarzga olib ishlatish va vaqti kelganda uni ma’lum
haq to‘lash orqali qaytarish borasidagi munosabatlardir.
Kredit berish tamoyillari va muddatlari. Kredit berish ma’lum
tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Ular, asosan, quyidagilardan
iborat: qaytarib berish; muddatlilik; haq to‘lash (foiz to‘lash); moddiy
ta’minlanganlik; ma’lum maqsad (ishlatish obyekti)ni ko‘rsatish.


304
Bu tamoyillar kreditning barcha shakllari uchun umumiydir.
Kredit ma’lum ma’noda sotiladigan moddiy tovar yoki xizmatlar
kabilardir. Demak, u go‘yo sotiladi va sotib olinadi. Sotuvchi
tovarni sotganda ma’lum foydani ko‘zlaganidek, kredit muassasasi
ham bundan mustasno emas.
Kreditlar quyidagi muddatlarga berilishi mumkin:
1) qisqa muddatli kreditlar — bir yilga qadar (asosan, olti
oygacha, uch oygacha, bir oyga, bir haftaga) beriladi;
2) o‘rta muddatli kreditlar — bir yildan besh yilgacha muddatga
beriladi;
3) uzoq muddatli kreditlar — besh yil va undan ortiqroq
muddatga beriladi.
Kreditning vazifalari. Kreditning vazifasi kredit munosabatla-
rining xo‘jalik faoliyatidagi ko‘rinishi yoki uning harakat ifodasidir.
Kredit quyidagi vazifalarni bajaradi:

birinchi vazifasi — pulga tenglashtirilgan to‘lov vositalari
bo‘lgan veksel, chek, sertifikat kabilarni iqtisodiyot sohasiga jalb
qilib, ularning xo‘jalik faoliyatida real harakatini yo‘lga qo‘yadi;

ikkinchi vazifasi — turli xo‘jalik subyektlari va aholi qo‘lidagi
bo‘sh pullarni kapitalga aylantiradi, ya’ni pulning o‘z kuchi asosida
ko‘payishiga, pulga pul qo‘shilishiga xizmat qiladi;

uchinchi vazifasi — kreditlash orqali pul mablag‘lari turli
xo‘jalik subyektlari va xalq xo‘jaligi tarmoqlari o‘rtasida qayta
taqsimlanadi. Ya’ni ishlab chiqarish omillarining samara beruvchi
sohalarga tezroq yetib borishiga turtki beradi;

to‘rtinchi vazifasi — pulga muhtoj mijozlarga qarz berilishi
va berilgan qarzlarni vaqtida undirib olish orqali ijtimoiy ishlab
chiqarishni rag‘batlantiradi, ya’ni ishlab chiqarish va muomala
jarayonida samaradorlikka erishilishi uchun dastak bo‘ladi.
Shuni aytish kerakki, kredit o‘z vazifalarini to‘g‘ri bajargan
holdagina ijobiy natijalarga olib keladi, aksincha, kreditdan foydalanish
maqsadga muvofiq kechmasa, kredit salbiy natijalarga olib keladi.
Bunga xo‘jalik hayotidan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Eng
muhim vazifa shuki, kredit berishda undan kelishi mumkin bo‘lgan
oqibatlar (natijalar)ni oldindan sarhisob qilish lozimdir.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish