187
10-bob.
BOZOR IQTISODIYOTINING TARTIBLANISHI
10.1. Iqtisodiyotni tartiblashning bozor mexanizmi
Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotni boshqarish, tartibga solish,
tartiblashtirish kabi tushunchalar ko‘pincha bir xil ma’noni angla-
tuvchi tushunchalar sifatida qo‘llaniladi.
Jumladan,
boshqarish
nazariyasining asoschisi fransiyalik Anri Feyil boshqarishga shunday
ta’rif beradi: «Boshqarish barcha imkoniyatlardan iloji boricha foyda
olgan holda mehnat ahlini korxona maqsadlari sari yetaklashdir...
Boshqarish, avvalo, hamma narsani oldindan ko‘ra bilish, keyin
rejalashtirish, tashkilotchilik, muqobillashtirish va nazoratdan iborat».
Agar biz uning bu ta’rifini iqtisodiyotni boshqarish, ya’ni tartibga
solish amaliyotiga tatbiqan qarasak, boshqarish iqtisodiy faoliyatga
muayyan yo‘nalish berib, ko‘zlangan
natijaga erishish maqsadida
shu jarayonlarga hamda faoliyat ko‘rsatayotgan
kishilarga ish
yurituvchilarning ongli ta’sir ko‘rsatishidir ma’nosi kelib chiqadi.
Ma’lumki, «Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiyotni ikki dara-
jada: makro va mikrodarajada o‘rganadi. Shuning uchun iqtiso-
diyotni tartiblash ham shu ikki darajada olib boriladi.
Mikro-
darajada tartiblash deganda ma’lum bir korxona yoki firma faoliya-
tini boshqarib, tartibga solib borish tushuniladi. Makrodarajada
tartiblash deganda ma’lum bir mamlakatning iqtisodiyotini tartibga
solib boshqarib turish tushuniladi.
Mamlakat iqtisodiyoti bir qator iqtisodiy nisbatlarning o‘zaro bir-
biri bilan chambarchas bog‘liqligidan iborat bo‘ladi. Bu makroiqtisodiy
nisbatlarni, undagi turli bo‘g‘inlar faoliyatini bir-biriga bog‘liq va
bir-biriga mos holda rivojlantirib borish, aniq muvozanatlashuviga
erishishni ta’minlash makroiqtisodiy tartiblash deyiladi.
Har bir mamlakat iqtisodiyoti milliy iqtisodiyot deb yuritiladi
va
bozor sharoitida unda,
eng avvalo,
yalpi talab bilan yalpi
taklifning bir-biriga mos bo‘lishi zarur bo‘ladi. Bu vazifani baja-
rishda iqtisodiyotni tartibga solishning ikki usulidan foydalaniladi:
1. Iqtisodiyotning o‘zini o‘zi tartiblashi — bozor mexanizmi usuli.
2. Davlat tomonidan tartibga solish usuli.
188
Iqtisodiyotni o‘zini o‘zi tartiblashning bozor mexanizmi usulida
narx asosiy rol o‘ynaydi. Bozorda narx o‘zgarishiga qarab tovar ishlab
chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar o‘z faoliyatlarini o‘zgartirishga
majbur bo‘lib, bozorga moslashib harakat qilishadi. Bozor
mexanizmi — bu bozordagi
talab va taklifga mos ravishda, narx
orqali bozor munosabatlari ishtirokchilarining
iqtisodiy xatti-
harakatlarni o‘zaro moslashtirishlaridir. Shu yo‘l bilan makroiqti-
sodiy nisbatlarning bir-biriga muvofiqlashuvi, ya’ni makroiqtisodiy
darajada yalpi talab va taklifning muvozanati kelib chiqadi. Bu
iqtisodiy adabiyotlarda erkin raqobat sharoitida to‘la amal qiladigan
bozor qonuni deb aytiladi.
Birinchi marta ingliz klassik iqtisod namoyandasi bo‘lgan
A. Smit o‘zining mashhur «Odamlar boyligining tabiati va sabablari
xususida tadqiqot» kitobida iqtisodiyotni tartibga solishning bozor
mexanizmi to‘g‘risida nazariy fikrlarini asoslab, uning uch fun-
damental qoidasi borligini ta’kidlaydi va ularni yoritib beradi.
Birinchi qoida sifatida bozor mexanizmini tartibga solishga davlat
aralashmasligi kerakligini aytadi. Bu «Olam o‘z-o‘zidan harakat-
lanadi», «Hammasi o‘z navbati bilan bo‘lgani ma’qul» deganidir.
Uning fikricha, davlat tinchlikni saqlasa, me’yorida soliqlar belgilasa,
adolatli sud qilishni ta’minlasa bo‘lgani, qolganini bozorning o‘zi
bajaradi fikrini A. Smit davlat xarajatlarini aniq belgilab berish bilan
asoslaydi va shunday deydi: «Mamlakat mudofaasi, huquqni himoya
qilish, ijtimoiy ishlar va ijtimoiy muassasalar (savdoni rivojlantirishga,
maorifga ta’sir ko‘rsatish uchun) xarajatlari iqtisodiyotni boshqarish
xarajatlari deb ko‘rsatilmagan, demak, davlat iqtisodiyotni tartibga
solishda qatnashmaydi. U holda kim yoki nima boshqaradi? Bu
«ko‘rinmas qo‘l»dir.
Do'stlaringiz bilan baham: