185
9.6. Narx belgilashda foydani maksimallashtirish
Bozor munosabatlari sharoitida har bir korxona, firma, tadbir-
korlar imkon boricha, o‘z foydalarini maksimallashtirishga harakat
qilishadi. Foydani maksimallashtirish imkoniyati ko‘proq mukam-
mal raqobatli bozor sharoitida monopolistning narx ustidan to‘la
nazorat qilishi natijasida talabning elastikligi bilan bog‘liq paydo
bo‘ladi. Agar bozorda xaridorlar talabining
elastiklik darajasi
qanchalik qat’iy bo‘lsa, monopolist firmaning yuqori narxlar bel-
gilash uchun imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Natijada
shunday vaziyat vujudga kelishi mumkinki, monopol firma o‘z
xaridorlarini turli guruhlarga ajratib, bir xil tovarni har xil narxlarda
sotishi mumkin. Ammo bu tovar narxlaridagi farqlar aynan shu
tovarni ishlab chiqarish xarajatlariga bog‘liq bo‘lmaydi.
Xarajatlar bir xil bo‘lgan holda turli xaridorlarga turli narxlar
bilan tovar yoki xizmatlarning sotilish amaliyoti iqtisodiy adabiyot-
larda narx diskriminatsiyasi deyiladi.
Narx diskriminatsiyasi bu
biror kishi huquqini cheklashni emas, balki xaridorlarning sotib
olish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tabaqalashtirib, ularning
ayrimlariga narxni tushirib, ayrimlariga esa narxni ko‘tarib tovarni
sotishdir. Bunday yo‘l bilan firmalar o‘z tovar va xizmatlariga
qo‘shimcha xaridorlarni jalb qilishni ko‘zda tutishadi. Lekin fir-
malar boshqalar uchun tushirilgan narxning evaziga, qolgan yuqori
narx bo‘yicha sotib olish imkoniyatiga ega xaridorlardan shu farqni
qoplab oladilar. Yuqori narxda sotish orqali diskriminatsiyani
doimiy ravishda amalga oshirib bo‘lmaydi.
Chunki xaridorlar
ma’lum vaqt ichida nisbatan past narxli bozorga o‘tib ketishlari
mumkin. Narx diskriminatsiyasi yo‘lidan foydalangan firma bozor
muvozanat narxidan yuqori narxlarda o‘z tovarlarini sotish orqali
ko‘proq foyda olishga erishadi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanida narx diskriminatsiyasi mavzusi
iqtisodchi olimlar tomonidan o‘rganilgan. Jumladan, J. Robinson
ilmiy ishlarida yagona bozorning tabaqalashtirilishi foydali ekan-
ligini ko‘rsatib o‘tadi. Uning fikricha, monopolist bir necha bozor-
da yagona narx belgilasa, uning qo‘shimcha tovar sotishdan olgan
me’yoriy daromadi tabaqalashtirilgan bozorda sotganiga nisbatan
kamroq bo‘ladi. Chunki u turli bozorda shu tovarga talabning elas-
tikligi darajasidan kelib chiqadi. Firma-monopolist tabaqalash-
tirilgan bozorlar uchun mo‘ljallangan joyda sotmasa, narxni ko‘tarsa,
shu miqdordagi tovarni sotib olishmasligi mumkin. Bu holatda
186
boshqa bozorda elastiklik yuqori, xaridorlar narx tushishiga qarab
oladigan tovarlar miqdori ko‘payadi.
Narx diskriminatsiyasidan foydalanib,
foyda miqdorini
maksimallashtirish anchagina murakkab masala hisoblanadi. Bu
yerda firma arzon bozorni qimmat bozordan ajrata olmasa, foydani
maksimallashtirish g‘oyasi amalga oshmay qoladi. Xaridorlar xuddi
shu tovarni arzon bozordan sotib olib, qimmat bozorda sotishni
tashkil qilishlari mumkin.
Yuqorida keltirilgan holatlardan ko‘rinib turibdiki, monopol
firma o‘z bozorini bozorning elastiklik darajasiga qarab tanlay
bilishi va uni tabaqalashtira olishi kerak ekan. Shuning uchun
hozirgi vaqtda bozor sharoitida har bir tadbirkor bu masalaga
alohida e’tibor bergan holda ish olib boradi.
Misol uchun,
zamonaviy bozorlarda keng rivojlanib borayotgan supermarket
do‘konlarida alohida tabaqalashgan tarzda xizmat ko‘rsatiladi. Bu
supermarketlarga imkoniyati katta bo‘lgan xaridorlar tovarlar
qimmatroq bo‘lsa ham nufuzi baland bo‘lgani
uchun tashrif
buyurib, «arzon bozor» xizmatidan foydalanishga or qilib, shu
joylardan savdo qiladilar, shuning
uchun ayrim firmalarning
foydalari maksimumlashib boradi.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
Narx;
ulgurji narxlar;
chakana narxlar;
dotatsiyalashgan narx;
1. Narxning iqtisodiy mazmunini uning vazifalari orqali tushuntirib bering.
2. Narxning asosiy turlarini qisqacha tavsiflang.
3. Sof raqobat sharoitida narxning tashkil topish mexanizmini tushuntirib
bering.
4. Narxning shakllanishiga qanday omillar ta’sir etadi?
5. Arzonchilik yoki qimmatchilik mezonlari nima?
6. Narxning qanday darajalari bor va ularni nima belgilaydi?
7. Narx funksiyasini tushuntirib bering.
8. Narx diskriminatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
9. Narx tashkil topishining, xarajatlar va
bozor mexanizmining farqini
tushuntiring.
10. Narx qanday funksiyalarni bajaradi?
demping narx;
nufuzli narx;
narx diapazoni;
erkin narxlar.
Do'stlaringiz bilan baham: