15.3. Moliya tizimi va uning bo‘g‘inlari tavsifi
Moliya bozorlari va ularga xizmat ko‘rsatadigan moliya
muassasalari mamlakatning moliya tizimini tashkil etadi. Moliya
tizimi quyidagilardan tashkil topadi:
Moliyaviy ahvol haqida axborotning
ikki manbayi mavjud:
a) korxona va firmaning o‘zi e’lon
qiladigan moliyaviy ko‘rsatkichlar;
b) auditorlik xizmati korxona va
firmaning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida
bergan xolisona axboroti.
Moliya vositalari xo‘jalik subyektlarini
iqtisodiy faollikka undashdan iborat
(bu moliya tizimida ishlatiladigan
soliqlar, to‘lovlar, subsidiyalar va sub-
vensiyalardir).
Jamiyat a’zolari ma’lum qatlam-
larining minimal tirikchilik yuritishini
moliyaviy jihatdan ta’minlash, ya’ni
moliyaviy kafolatlashdan iborat.
Moliyaning
vazifalari
Iqtisodiy axborot
berish
Rag‘bat-
lantirish
Ijtimoiy himoya
Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida pul fondlarini hosil etish,
ularni taqsimlash va foydalanish-ishlatish yuzasidan kelib
chiqadigan munosabatlarni o‘zida ifoda etadi
273
1. Umumdavlat moliyasi — moliya tizimida asosiy o‘rinni
egallab, davlat budjeti deyiladi va u, o‘z navbatida, O‘zbekiston
Respublikasi davlat budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat
budjeti, viloyatlar va mahalliy budjetlar (mahalliy moliya deb
yuritiladi) hamda budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar,
ma’muriy-hududiy bo‘linmalarning pul jamg‘armalari hamda
umumdavlat markazlashtirilgan pul jamg‘armalaridan iborat
bo‘ladi. Bu jamg‘armalar umumdavlat, hududiy ijtimoiy-iqti-
sodiy reja va dasturlarni amalga oshirish, davlat harbiy mudofaa-
sini ta’minlash kabi ehtiyojlarni qondirishga sarflanadi, shu bilan
birga joylarda o‘zini o‘zi boshqarish ishlarini rivojlantirishga
yo‘naltiriladi. Budjet tizimining mablag‘lari, asosan, yuridik
va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar hisobiga to‘planadi.
Budjet tizimi mablag‘larining shakllantirilishida davlat hamda
bank krediti va boshqa manbalardan foydalaniladi.
Ma’lumki, umumjamiyat ehtiyojlari davlatning moliyaviy fao-
liyatini keltirib chiqaradi. Davlat moliyasining asosini davlat budjeti
tashkil qiladi va u orqali ekologiyani asrash, ijtimoiy tartibni saq-
lash, mudofaa, ijtimoiy himoya kabilarning ehtiyojlari qondiri-
ladi. Ayni chog‘da O‘zbekiston moliya tizimining hozirgi bosqich-
dagi faoliyati va rivojlanishi ko‘proq chet el tajribasi asosida olib
borilmoqda.
Hozirgi paytda ko‘plab budjetdan tashqari turli maqsadli
jamg‘armalar tashkil etilmoqda. Avval davlat monopoliyasi sanalib
kelingan bank, sug‘urta, qimmatli qog‘ozlar muomalasiga oid
sohalarda nodavlat, tijoratchi xo‘jalik subyektlari keng ishtirok eta
boshlaganligi bois, moliya bozori shakllanib, rivojlanib bormoqda.
Moliya tizimining har bir bo‘g‘ini moliya munosabatlarining
muayyan tamoyillarini ifodalab, ular yordamida jamiyatning
ma’lum ehtiyojlarini qondirish uchun pul jamg‘armalarini tashkil
etadi. Bu jamg‘armalar markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan
turlarda bo‘ladi.
Markazlashtirilgan jamg‘armalar — respublika, viloyatlar,
tumanlar jamg‘armalaridan iborat bo‘lib, ular faqat shu hududlar-
ning ehtiyojlari uchun foydalaniladi.
Markazlashtirilmagan jamg‘armalar — korxona va tashkilotlar
pul jamg‘armalari bo‘lib, ular ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy
maqsadlarda ishlatiladi.
274
Budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar — bu jamg‘armalar
O‘zbekiston moliya tizimida nisbatan yangi tizim hisoblanib, u
markazlashtirilgan, hududiy va boshqa darajadagi moliyaviy bo‘g‘in
bo‘lib, asosan, 1991-yildan boshlab shakllana boshladi. Bu
jamg‘armalar: Pensiya jamg‘armasi, Bandlik jamg‘armalari va
shunga o‘xshash jamg‘armalardan iborat. Bu jamg‘armalar asosan
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan beriladigan majburiy
to‘lovlardan hamda turli badallardan tashkil topadi. Umuman,
budjetdan tashqari jamg‘armalar davlatning moliyaviy zaxiralarini
ko‘paytirish va ulardan samarali hamda maqsadga muvofiq foydala-
nishga xizmat qilishi kerak. Umuman olganda, O‘zbekiston Res-
publikasi moliya tizimi mamlakatning hozirgi davrdagi iqtisodiy-
siyosiy shart-sharoitlariga mos keladigan bozor iqtisodiyoti muno-
sabatlari asosida shakllanmoqda va rivojlanmoqda.
2. Korxonalar moliyasi. Bu korxonalar, firmalar, kompaniya,
tadbirkorlar, tashkilotlar, birlashmalar, muassasalar va xalq
xo‘jaligining boshqa tarmoqlari moliyasi ma’nosida ishlatiladi.
Moliya tizimining asosi, boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi.
Chunki u moddiy ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib,
ishlab chiqarish jarayonida milliy daromad vujudga keladi, so‘ngra
moliya tizimi orqali taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Korxonalar moliyasining moddiy ifodasi deganda, har bir korxona
tomonidan o‘zining iqtisodiy rivojlanishi, xodimlarining ijtimoiy
ehtiyojlari va boshqa turli zaruratlar uchun maxsus pul jamg‘ar-
malari tushuniladi.
3. Xonadon moliyasi. Ayrim adabiyotlarda uy xo‘jaligi moliyasi
deb ham aytiladi. Xonadon moliyasi oila a’zolarining daromadla-
ridan tashkil topadi. Bu daromadlar: ish haqi, pensiya, stipendiya,
dividend, foiz, turli nafaqalar, mulkdan kelgan daromadlar,
tadbirkorlik daromadlari, qarz olingan pul, tomorqadan olingan
daromad, individual mehnat faoliyatidan olingan daromadlardan
iborat bo‘ladi. Xonadon moliyasi, asosan, oilaning iste’moli uchun
sarflanadi. Qolgan qismi esa oilaning jamg‘armasini tashkil etadi.
Iqtisodchilarning fikricha, hozirgi vaqtda dunyoning taraqqiy etgan
mamlakatlarida jami daromadlarning 70 % miqyosidagi moliyaviy
resurslar oilalar qo‘lidan o‘tib aylanadi.
4. Mulkiy va shaxsiy sug‘urta — odatda, sug‘urta jamg‘armalari
jismoniy hamda yuridik shaxslarning turli tabiiy ofatlardan
275
ko‘rgan va boshqa noxush sabablar tufayli kelib chiqqan zarar-
larini qoplash maqsadida tashkil etiladi. Bu jamg‘armalarning
asosiy manbalari yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan badallar
hamda ayrim nazarda tutilgan hollarda davlat budjeti mablag‘lari
hisoblanadi.
Iqtisodiy islohotlar tufayli hozirda O‘zbekiston Respublikasida
davlat sug‘urta bosh boshqarmasi «O‘zagrosug‘urta» davlat hissa-
dorlik kompaniyasi tugatildi. Endilikda sug‘urta tadbirkorlik shakli-
dagi faoliyat bo‘lib qolmoqda. Bu bilan sug‘urta bo‘yicha davlat
monopoliyasiga barham berildi va mamlakatimizda o‘nlab xususiy
sug‘urta kompaniyalari tashkil topdi.
5. Kredit. Davlat va bank kreditlari shaklida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |