O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Davlat krediti — bu yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘-
larining davlat tomonidan vaqtincha ishlatib turilishidir. Bunday
hollarda, ko‘pincha, davlat ichki qarzlari vujudga keladi. Ko‘p
holatlarda davlat aholining banklarga qo‘yilmalaridan ham
foydalanadi. Davlat krediti boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin.
Bu, ayniqsa, hozirgi davrda juda keng tarqalgan iqtisodiy hodisa
bo‘lib qoldi.
Bank krediti — aholining, yuridik va jismoniy shaxslarning
bo‘sh turgan mablag‘laridan shakllantiriladi va ma’lum foizlar bilan
qaytarib berish tamoyili asosida ishlatiladi.
6. Nodavlat notijorat tashkilotlar moliyasi — ijtimoiy-siyosiy,
madaniy-ma’rifiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar (siyosiy partiya-
lar, kasaba va ijodiy uyushmalar, yoshlar, xotin-qizlar, faxriylar
tashkiloti kabilar)ning mablag‘lari.
7. Maxsus maqsadli fondlar («Ustoz», «Mahalla», «Ekosan»
jamg‘armalari, Mirzo Ulug‘bek nomli, Bobur nomli, «Orolni
qutqarish» kabi fondlar);
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan moliya tizimi o‘zining xususiyatlari
bilan mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga turlicha ta’sir
ko‘rsatadi. Moliya tizimining ko‘p bo‘g‘inliligi, uning birmuncha
egiluvchan va samarali harakat qilishiga imkon beradi. Moliya
tizimining faoliyati naqd pul hamda naqd pulsiz to‘lov va hisob-
kitoblarning amalga oshirilishida namoyon bo‘ladi.
Moliya tizimi mamlakat iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan quyi-
dagi vazifalarni bajaradi:


276
1) Jamg‘arish vazifasi — bunda moliya muassasalari tizimi
aholiga, korxonalarga foizli va foizsiz omonatlar, qimmatli
qog‘ozlar, depozit sertifikatlar, obligatsiya va aksiyalar shaklidagi
pul jamg‘armalarining xilma-xil usullarini taklif qiladi. Moliya
muassasalari korxonalar va uy xo‘jaliklari «vaqtinchalik bo‘sh turgan
pullari»ning xarid qobiliyatini saqlash va ko‘paytirish majburiyatini
oladi.
2) Kreditlash vazifasi — bu moliya tizimining faol vazifasi bo‘lib,
u jamg‘arish vazifasi bilan chambarchas bog‘lanib ketgan, chunki
moliya muassasalarining, xususan, banklarning kredit berish
salohiyati mamlakat iqtisodiyotida jamg‘arilayotgan moliya
mablag‘lari hajmiga bevosita bog‘liq.
3) Òo‘lovlarga xizmat ko‘rsatish vazifasi — har qanday mamlakat
iqtisodiyotida tovar, moliya operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan
to‘lovlar doimo va katta hajmda amalga oshiriladi. Xo‘jalik
yurituvchi subyektlar (korxonalar) o‘z xodimlariga ish haqi va
mukofotlar beradi, xomashyo va tovar yetkazib beruvchilarga haq
to‘laydi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash kabi ishlarni
bajaradi. Bu hisob-kitoblarning barchasi turli-tuman moliya
vositalari, jumladan, to‘lov topshiriqnomalari, talabnomalar,
akkreditivlar, cheklar, veksellar, kredit kartochkalari va hokazolar
yordamida bajariladi.
4) Iqtisodiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirilishini
ta’minlash vazifasi — bu vazifani Moliya vazirligi, Markaziy bank,
hukumat moliya tizimining pul-kredit va fiskal dastaklariga ta’sir
ko‘rsatib, zarur bo‘lgan yo‘nalishda davlat iqtisodiy siyosatini
amalga oshiradi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish