Nazorat uchun savollar
1. Kuch uzatmalarining ahamiyati haqida izoh bering.
2. Elektr dvigatellarining turlari va ishlatilish sharoitlari.
3. Ichki yonuv dvigatellari qanday sharoitlarda ishlatiladi?
3.7-§. Burg‘ilash vishkalari va machtalari
Statsionar burg‘ilash qurilmalari bilan quduqlarni burg‘ilash
uchun burg‘ilash vishkasini qurish kerak bo‘ladi. Burg‘ilash vishkasi
vishkaning o‘zi va burg‘ilash binosidan iborat bo‘ladi. Burg‘ilash
vishkasi quduqqa burg‘ilash snaryadini yuk ko‘taruvchi mexanizmlar
yordamida tushirish va undan chiqarib olish, ko‘tarilgan burg‘ilash
svechalarini joylashtirish uchun xizmat qiladi. Burg‘ilash binosi
ichiga burg‘ilash agregati joylashtiriladi. Bino ishchilarni va
mexanizmlarni yog‘in-sochinlardan saqlash uchun ham mo‘ljal-
langan.
Burg‘ilash vishkalari yog‘ochli — g‘o‘la yog‘och hamda taxta-
lardan va metallardan — quvur va profil prokatlardan tayyorlanadi.
Piramidasimon formaga ega bo‘lgan burg‘ilash vishkalari konstruk-
siyalari uch yoki to‘rt oyoqli bo‘lib, ular minorali vishkalar deb
82
ataladi. Vishkaning o‘zi ostki va yuqorigi asoslardan, tayanch, poyas
va tortmalardan tarkib topgan. Vishka turi va konstruksiyasi konkret
sharoitlarda va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib
chiqqan holda tanlanadi. Metalldan tayyorlangan burg‘ilash vishkasi
3.11-rasmda keltirilgan.
Burg‘ilash vishkasini xarakterlovchi asosiy parametrlar—uning
balandligi, ostki va ustki asoslarining o‘lchamlari, ishchi polka-
sining joylashish balandligi va vishkaning yuk ko‘taruvchanligi
hisoblanadi. Vishkaning yuk ko‘taruvchanligi burg‘ilash snaryadi
yoki obsadka quvurlari kolonnasining maksimal og‘irligidan 1,5
marta katta bo‘lishi kerak. Vishkaning balandligi tanlangan svecha
uzunligiga qarab aniqlanadi.
Kolonkaviy burg‘ilashda, odatda, quyidagi ma’lumotlar ega
bo‘lgan vishkalar ishlatiladi (3.6-jadval).
3.6-jadval
Vishkalar uch va to‘rt oyoqlilarga bo‘linadi. Uch oyoqli
vishkalar chuqurligi 100—200 metrgacha bo‘lgan og‘ma va vertikal
quduqlarni burg‘ilash uchun ishlatiladi. Òo‘rt oyoqli vishkalar
ancha mustahkam va yuqori ko‘taruvchan bo‘lib, chuqur quduq-
larni burg‘ilash uchun ishlatiladi. Metall vishkalar tezda yig‘iladi
va yechiladi, uzoq muddat xizmat qiladi.
Metall vishkalar pastdan yuqoriga konstruksiya detallarini
ulash yo‘li bilan montaj qilinishi mumkin yoki gorizontal holatda
yig‘ilib, so‘ngra ko‘tarilishi mumkin. Vishka traktor yoki lebyodka
yordamida ko‘tariladi. Bunda maxsus moslamalardan — strela,
kozel, kanat, lebyodkalardan foydalaniladi.
Òekis yerlarda vishkani butun holatda boshqa nuqtaga sudrab
ko‘chirish mumkin. Buning uchun vishkaning ostki ramalari chana
shaklida qilib tayyorlanadi.
Quduq
chuqurligi, m
Svecha
uzunligi, m
Vishka
balandligi, m
100—150 150—300 300—500 500—800
800 va
undan
ortiq
4,5—6
9—12
12—15
15—18,5
18—24
7—9
12—15
15—18
22—24
26—30
83
Ko‘chma burg‘ilash qurilmalarida metall machtalar ham
ishlatiladi. Burg‘ilash machtasi deb shunday vishkaga aytiladiki,
unda asosiy konstruksiya bir yoki ikki tayanch nuqtasiga ega bo‘ladi.
Machtalar transportabelli hisoblanadi va metall sarfi minorali
vishkalarga qaraganda kam bo‘ladi. Machtalar umumiy asosga
montaj qilinadi va chanasimon metall sudrash konstruksiyasiga ega
bo‘ladi. Burg‘ilash qurilmasini ko‘chirishda machta fermasi gorizontal
holatda yotqiziladi va barcha uskunalar joylashtirilgan burg‘ilash binosi
bilan traktor yoki avtomobil yordamida transportirovka qilinadi.
Machtaning o‘zi metall konstruksiyali yoki quvurli kolonnali
reshyotkasifat konstruksiyadan iborat bo‘ladi (3.12-rasm).
Ish o‘rnining yoritilishi burg‘ilash jarayonida katta ahamiyatga
ega, avariya ishlarini tashkil etish va mehnat unumdorligini oshirishni
ta’minlaydi. Òungi ish paytida sun’iy yoritish manbayi sifatida
burg‘ilash agregati uchun ishlatiladigan elektroenergiya, ko‘chma
elektrostansiyalar va o‘zgarmas tok generatorlari qo‘llaniladi.
Yoritish uchun olib yuriladigan lampalar sifatida kuchlanishi
12 va 36 V bo‘lgan lampalarni ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
3.11-rasm.
Metall burg‘ilash vishkasi:
1, 7—ostki va ustki asoslar; 2—vishka tayanchi; 3,5—tonnel turidagi va
chiqadigan narvonlar; 4—o‘tadigan maydoncha; 6—kronblok;
8—yuqoridagi ishchi uchun polka.
1
2
3
4
5
6
7
8
3
4
84
127 va 220 V kuchlanishli lampalardan foydalanish qat’iyan man
etiladi.
Qish paytida burg‘ilash vishkalari temir pechkalar bilan isitiladi.
3.8-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |