KOLONKAVIY BURG‘ILASH
3.1-§. Umumiy tushunchalar
Kolonkaviy burg‘ilash deb shunday aylanma burg‘ilash usuliga
aytiladiki, unda jinslar halqa bo‘ylab pachalanib, o‘rtada jins
ustunchasi — kern hosil bo‘ladi.
Kolonkaviy burg‘ilash foydali qazilma konlarini razvedka
qilishdagi asosiy texnik vosita hisoblanadi. U muhandislik-geologik
tadqiqotlarni olib borishda ham keng ishlatiladi.
Mamlakatimizdagi geologiya-qidiruv burg‘ilash ishlari
hajmining 80% dan ortig‘i kolonkaviy usul bilan burg‘ilanadi.
Aylanma burg‘ilash usulidagi asosiy operatsiyalar quyidagilar
hisoblanadi:
1) burg‘ilashning o‘zi;
1) ko‘tarib-tushirish operatsiyasi;
2) quduq devorlarini mustahkamlash;
3) quduqdagi maxsus ishlar;
4) montaj va demontaj ishlari.
Kolonkaviy burg‘ilashning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
1) quduqdan jinslar namunasi — kern olish imkoni, unga
ko‘ra aniq geologik kesma tuzish mumkin bo‘ladi hamda foydali
qazilmalarning sifati va miqdori aniqlanadi;
2) gorizontga nisbatan turli burchaklar ostida, turli jinslarni
parchalovchi asboblar bilan va turli qattiqlikdagi jinslarni burg‘ilash;
3) nisbatan yengil uskunalar bilan kichik diametrdagi katta
chuqurlikdagi quduqlarni burg‘ilash imkoniyati.
Kolonkaviy burg‘ilash uchun qurilmaning umumiy sxemasi
3.1-rasmda keltirilgan. Kolonkaviy burg‘ilash qurilmasi quyidagi
asosiy qismlardan iborat: burg‘ilash vishkasi 14, burg‘ilash binosi
12, burg‘ilash stanogi 16, burg‘ilash nasosi 11 hamda stanok va
nasosni harakatga keltiruvchi dvigatellar.
Burg‘ilash oldidan quduq belgilangan joy tekislanadi, yuvish
suyuqligi uchun va fundament uchun chuqurchalar qaziladi,
burg‘ilash binosi bilan vishkasi yig‘iladi. Burg‘ilash stanogi tek-
shirilgach va yo‘lga qo‘yilgach, berilgan yo‘nalish bo‘yicha quduq
55
burg‘ilana boshlanadi va quduqning ustki qismi yo‘naltiruvchi quvur
6 bilan mustahkamlanadi.
Burg‘ilash uchun quyidagi tarkibdagi burg‘ilash snaryadi
ishlatiladi: koronka 1, kolonkaviy quvur 2, o‘tgich 3 va burg‘ilash
quvurlari kolonkasi 4. Lebyodka 17 yordamida burg‘ilash snaryadi
quduqqa tushiriladi, undan keyin burg‘ilash quvurlari kolonka-
sining ustki qismi stanok 16 shpindeli patroniga mahkamlanadi.
Yetakchi burg‘ilash quvurlarining ustki qismiga burg‘ilash nasosi
11 shlangasi ulangan vertlyug — salnik 15 mahkamlanadi.
Burg‘ilash quvurlari aylanib va yuvish suyuqligini quduqqa berib,
koronkani zaboygacha yetkazgandan so‘ng burg‘ilash boshlanadi.
Burg‘ilanayotgan jinslarning xarakteriga qarab snaryadga stanok
shpindeli yordamida ratsional aylanish chastotasi va jinslarni
parchalash uchun zarur bo‘lgan og‘irlik kuchi beriladi. Koronka
aylanaturib va jinsga botaturib halqasimon zaboyni burg‘ilaydi va
kernni hosil qiladi. Quduq chuqurlashgan sayin kern kolonkaviy
quvurni to‘ldiradi. Kern bilan kolonkaviy quvur to‘lganda yoki
3.1-rasm. Kolonkaviy burg‘ilash uchun qurilmaning
umumiy sxemasi.
14
13
12
15
18
19
20
7
5
7
21
22
11
9
8
8
9
7
6
4
5
4
3
2
1
9
10
11
9
8
6
21
22
16
56
ishdan chiqqan koronkani almashtirish uchun burg‘ilash ishlari
to‘xtatiladi, koronka korpusiga kern kernuzgich yordamida qisiladi,
uni zaboydan uzadi va stanok lebyodkasi 17, kanat 18, kronblok
20 va elevator 19 yordamida snaryad yuqoriga ko‘tariladi.
Burg‘ilash quvurlarini tushirish va ko‘tarishni tezlashtirish
maqsadida snaryad svechalar holida ko‘tariladi. Svechalar ikki yoki
undan ortiq burg‘ilash quvurlaridan tarkib topgan bo‘ladi. Svechalar
o‘zaro qulflar 7 bilan, burg‘ilash quvurlari esa muftalar bilan ulanadi.
Kolonkadan svechalar truborazvorot yordamida ajratiladi va
podsvechnik 21 ga o‘rnatiladi.
Koronka, kolonkaviy quvur va o‘tgichdan tashkil topgan kolon-
kaviy yig‘ma yuqoriga ko‘tarilgach, uning ichidagi kern chiqarib
olinadi va zarurat tug‘ilganda ishdan chiqqan burg‘ilash koronkasi
almashtiriladi. Undan so‘ng snaryad quduqqa tushiriladi va burg‘ilash
davom ettiriladi.
Ishqalanish natijasida qizigan koronkani sovitish, zaboyni
parchalangan jinslardan tozalash va uni yuqoriga chiqarish uchun
quduq yuviladi yoki havo bilan tozalanadi. Yuvish suyuqligi
so‘ruvchi shlang 10 orqali nasos hovuz 9 dan suyuqlik so‘riladi va
zaboyga haydash shlangi 13, salnik 15 va burg‘ilash quvurlari 4
orqali haydaladi. Zaboyga yetib borgan yuvish suyuqligi koronkani
sovitadi va parchalangan jinslarni tashqariga chiqaradi. Quduqdan
chiqayotgan suyuqlik jelob sistemasi 8 ga va tindirgich 9 ga kelib
tushadi, u yerda parchalangan jinslar cho‘kib qoladi. Òozalangan
suyuqlik yana quduq ichiga haydaladi.
Agar quduq mustahkam bo‘lmagan jinslarni kesib o‘tsa, hatto
maxsus burg‘ilash eritmalari ishlatilganda ham ular qulab tushadi
yoki shishib ketadi. Shu sababli quduq devorlarini mustahkamlash
uchun obsadka quvurlari tushiriladi. Undan so‘nggina kichik dia-
metrdagi asbob bilan burg‘ilash ishlari davom ettiriladi.
Oldindan o‘rganilgan jinslarni quduq kesib o‘tganda, agar
foydali qazilma yo‘q bo‘lsa, kernsiz burg‘ilashga o‘tish maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Bu usulda mehnat unumdorligi ko‘tarib-tushirish
operatsiyasining kamayishi va burg‘ilash mexanik tezligining ortishi
hisobiga oshadi.
Geologiya-qidiruv quduqlarini burg‘ilashdan maqsad geologik
tadqiqotlar o‘tkazishdir. Quduqlardan kernni chiqarib olish bilan unda
maxsus ishlar olib boriladi: uning egrilanishi o‘lchanadi, geofizik
tadqiqotlar (karotaj), quduq devorlarini namunalash, ayrim
gorizontlarni bir-biridan ajratish maqsadida tamponaj qilish va h.k.
57
Geologik masalarni bajarib bo‘lgan quduqlarda atrof-muhitni
muhofaza qilish maqsadida likvidatsion tamponaj ishlari olib boriladi.
Uskuna va vishkalar yangi nuqtaga yig‘ilgan yoki demontaj qilingan
holda ko‘chiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |