8 8
Resurstalab ishlab chiqarish uzoqqa bormaydi, chunki resurslar
vaqti kelib tugaydi.
Ular kamaygach, iqtisodiyot o‘sish o‘rniga
pasayadi. Shu sababli bu usul nomaqbul hisoblanadi.
Resurstejam usul istiqbolli, chunki bu resurslarning cheklanganligini
inobatga olib, ular avaylab ishlatilishi kerakligini bildiradi. Bu usul resurslarni
kamroq sarflagan holda YAIM ko‘proq yaratilishini anglatadi.
Iqtisodiy
o‘sishning 2 usulini farqlantirish uchun quyidagi chizmaga nazar tashlaymiz:
Resurs
Resurs
Resurs
Ishlab
chiqarish
Mahsulot
Mahsulot
Mahsulot
Resurs
Resurs
Resurs
Ishlab
chiqarish
Mahsulot
Mahsulot
Mahsulot
Mahsulot
Mahsulot
Resurstalab o‘sish
Resurstejam o‘sish
Chizmadan ma’lum bo‘ladiki, birinchi holda 3 ta resurs sarflab 3 ta
mahsulot olingan, ikkinchi holda esa xuddi shu 3 ta resurslardan 5 ta
mahsulot olingan, ya’ni natija oldingisidan 1,7 marta yuqori bo‘lgan.
Òejamkorlik bilan ishlab chiqarish hamma resurslarni,
chunonchi,
mashina-uskuna, xomashyo, material, yoqilg‘i-elektroenergiya va nihoyat,
mehnatning avaylab sarflanishini bildiradi,
shuningdek, mahsulot va
xizmatlar sifatini oshirishni ham anglatadi. Mahsulot birligiga resurslarni
kamroq sarflagan mamlakatlar boy bo‘ladi. Masalan, Yaponiyada 1995-
yil energiya sarfi birligiga olingan YAIM Perudagidan 8,5 marta ko‘p
bo‘lgan, shu bois Yaponiya boy, Peru esa kambag‘al edi.
Resurs tejashga asoslangan iqtisodiy o‘sish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi.
Uning asosiy sharti fan va texnikaning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan,
g‘oyat mukammal va serunum texnologiyani qo‘llash hisoblanadi.
Muayyan iqtisodiy
sharoitda ham resurstalab, ham resurstejam
usul birgalikda, bir vaqtning o‘zida harakatda bo‘ladi. Ammo ulardan
qaysi birining iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda ahamiyati kuchli bo‘lsa,
shunga qarab u yoki bu usul ustun deb aytish mumkin. Iqtisodiy
o‘sishni ta’minlashda qaysi usulning ustunligi mehnat unumdorligi
YAIM o‘sishining qancha hissasini berishiga qarab aniqlanadi.
Masalan, «A» mamlakatda YAIM 120 mlrd dollardan 140 mlrd dollarga
yetdi, ishlovchilar soni esa 6 mln dan 6,4 mln ga yetdi. Demak, oldin
bir ishlovchi yiliga 20000 dollarlik (120 mlrd : 6 mln = 20000), so‘ngra
esa 21875 dollarlik (140 mlrd : 6,4 mln = 21875) mahsulot yaratgan.
8 9
Demak, ishlovchilar soni:
o‘sgan.
YAIM esa
oshgan. Bino-
barin, YAIM o‘sishida mehnat unumdorligining
ortishi ustuvorlik
qilgan, ya’ni u mahsulot miqdoriga nisbatan tezroq o‘sgan. Demak,
keltirgan misolimizda tejamkor iqtisodiy o‘sish bo‘lgan. Bu usulni
amalga oshirish uchun milliy iqtisodiyotga investitsiyalarni yuborish
talab qilinadi. Ammo bu investitsiyalar fan-texnika yangiliklarini joriy
etishga yuborilsa, kam resurs sarflab ko‘proq YAIM yaratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: