Inflatsiya bu bozordagi tovar va xizmatlarning qimmatlashib
ketishi oqibatida pul birligi qadr-qiymatining, uning xarid qurbining
pasayib ketishidir.
6 2
Raqobat bir maqsadni ko‘zlagan firmalarning o‘zaro kurashi,
bellashuvidir.
Òovarning zarurligini xaridorga yetkazishda reklama (
lot
.
reclamare– chaqirish, jar solish) asosiy vosita hisoblanadi.
Reklama xaridorlar ommasiga muayyan tovarning haqiqiy sifati
va afzalligini taqdim etuvchi odilona axborotdir.
Reklamaning maqsadi xaridorlarda tovarni sotib olishga istak
uyg‘otishdir.
Reklamaga qo‘yilgan asosiy talab uning halol bo‘lishi, unda
g‘irromlik qilib xaridorni aldashga yo‘l bermaslikdir.
6.7. Raqobatlashuv
Marketing raqobatlashuv yo‘l-yo‘riqlarini ham belgilaydi.
Firmalar manfaati to‘qnashganda raqobat kelib chiqadi. Firmalar
bozordagi xaridor uchun, aniqrog‘i, uning pulini olish uchun o‘zaro
kurashadilar. Marketing ishi firmaning raqobatda yutib chiqishiga,
yutqizgan taqdirda ham kurashdan katta talafotsiz chiqishiga qaratiladi.
Bunda 2 xil yo‘l tutiladi — hujum va mudofaa.
Hujum
qilinganda
yangi tovarlar va servis taklif etiladi, narx va reklama jiddiy o‘zgartiriladi,
tovarni sotilish joylari, sotuvchilar soni ko‘paytiriladi.
Mudofaa
paytida
o‘zini himoya qilish choralari ko‘riladi, raqibdan oldin tovarlar
chiqarilib, narx arzonlashtiriladi, reklama kuchaytiriladi.
Firmadagi marketing o‘z tovarlarining raqobatbardoshligini
kuchaytirishga qaratiladi.
Òovarni raqobatbardosh qilish
degani uni bir
xil, turdosh va o‘rinbosar tovarlarga nisbatan afzalligini ta’minlashdir.
Afzallik sifat va narx jihatdan bo‘ladi, chunki oddiy iste’molchi tovarni
tanlaganda uning sifatini va necha pul turishini taqqoslaydi.
Raqobatbardoshlik uzoq muddatda ishlatiladigan tovarlarga nisbatan
ta’minlanganda ularni iste’mol etish qulayligi va ekspluatatsiya (ishlatish)
xarajatlari ham hisobga olinadi. Masalan, muzlatkichning raqobat-
bardoshligini uning narxi, dizayni va hajmidan tashqari, unga qancha
elektroenergiya sarflanishi, qo‘pol bo‘lmasligi, shovqinsiz ishlashi, uni
texnikaviy ko‘rikdan o‘tkazib turish va ta’mirlash xarajatlarining kamligi
ham belgilaydi. Xaridor uchun sotib olinganidan so‘ng darhol
ishlatiladigan tovarlarning sifati bilan narxi ahamiyatli bo‘lsa, uzoq
xizmat qiladigan tovarlar butun ishlatish davriga hisoblangan narxi
(xarid narxi+ishlatish xarajati) arzon bo‘lganda raqobatbardosh bo‘ladi.
Madaniyatli raqobat kurashida 3 ta usul qo‘llanadi: 1) narxni
o‘zgartirish; 2) tovar sifatini oshirish; 3) xaridorga yaxshi xizmat qilish.
6 3
Raqobatning muayyan vaziyatga qarab aytilgan usullaridan biri
tanlab olinadi yoki ular birgalikda qo‘llaniladi. Marketing oxir-oqibatda
firmaning raqobatbardoshligini ta’minlashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |