O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

6.2. Bozorning tanlanishi
Marketing ishi bozorni o‘rganishdan boshlanadi, bundan maqsad
bu yerda o‘z o‘rniga ega bo‘lishidir. Firma xaridorga nima kerakligini,
u nimani sotib ola bilishi, unga yangidan nimani taklif etishni aniqlaydi.
Bozorda raqobatchilar bor, ular ham qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi,
ularning nima qilishlarini ham payqab olish talab qilinadi. Muhimi,
bozorni har tomonlama bilish, uning hajmini aniqlashdir.
Bozor hajmi — bu bozorda sotilishi mumkin bo‘lgan tovarlar
qiymatining summasi bo‘lib, bu tovar miqdoriga va har bir tovarning
narxiga bog‘liq bo‘ladi.
Òovarning raqobatbardoshligi — bu muayyan tovarning
xaridor talabiga mos kelishi va shu tufayli sotilib keta olishi,
ya’ni bozorda turib qolmasligi.
Resurs yetkazib
beruvchi
Iste’molchi
(xaridor)
Ijtimoiy kuchlar
Siyosiy vaziyat
Raqobat
Iqtisodiy vaziyat
FIRMA
Masalan, bir oyda bozorda 100 ming dona ruchka sotiladi, bir
dona ruchka 100 so‘m turadi. Unda bozor hajmi 100000x100=10000000
so‘mga teng bo‘ladi.
Bozorga qanday tovarni chiqarishni ham bilish zarur. Bunda xaridor
nimani afzal ko‘rishini aniqlash kerak bo‘ladi. Eng muhimi, firma
o‘z tovarining raqobatga chiday olishini ta’minlashi zarur.
Raqobatbardoshlikni tovarning nafaqat sifati, balki uning narxi
ham belgilaydi, shu ikki tomonni qiyoslagan holda xaridor tovarni
qadrlaydi. Marketing ishida bu bilan hisoblashmaslikning iloji yo‘q,
chunki firma o‘z bozoridagi konyunkturani kuzatib, undagi o‘zgarishlarni
doimo nazarda tuta bilishi zarur. 
Bozor konyunkturasi
— bu muayyan
bozorning umumiy holati bo‘lib, narxlarni va tovarlar sotilish haj-
mining o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. Marketing ishi konyunkturadagi
har bir o‘zgarishni ilg‘ab olishi va firma faoliyatini shunga moslashtirishi
kerak bo‘ladi. Firma o‘z ishiga tashqi muhit qanday ta’sir etishini
ham nazarda tutadi. Firma faoliyatining tashqi muhiti quyidagi
chizmada ko‘rsatilgan:


5 7
Òashqi muhitni firma o‘zgartirishga qodir emas, bu uning qo‘lidan
kelmaydi. U shu muhitga moslashadi.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish