O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi à. Rafiqov, H. Vahobov, A. Qayumov, Sh. Azimov amaliy geografiya


-§. YIRIK EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI



Download 18,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/169
Sana03.02.2022
Hajmi18,88 Mb.
#427484
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   169
Bog'liq
Amaliy geografiya (A.Rafiqov, H.Vahobov) unlocked

32-§. YIRIK EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI
Insonning xo‘jalik faoliyati natijasida dunyoda yirik ekologik
muammolar kelib chiqmoqda. Ular quyidagilar: «issiqxona sama-
rasi», ozon «tuynugi», cho‘llashish.
«Issiqxona samarasi». Dunyo bo‘yicha XX asrning 50-yillari-
dan boshlab, energiya ishlab chiqarishning keskin ortishi muno-
sabati bilan atmosferaga katta miqdorda chiqindilar chiqarila bosh-
landi. Atmosferaga chiqariladigan chiqindilar miqdori yiliga 5 mlrd
tonnani tashkil qildi. Bu miqdor yil sayin orta boshladi. Bu esa
Yerdagi o‘rtacha harorat 1890-yildagi 14,5°C dan 1980-yilda
15,2°C ga, ya’ni 0,7 darajaga ortishiga olib keldi. Mazkur ko‘rsat-
kich yil sayin ortib borish xususiyatiga ega. Bu esa «issiqxona sa-
marasi»ning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Olimlarning fik-
90
www.ziyouz.com kutubxonasi


richa, «issiqxona samarasi»ni vujudga keltiruvchi gazlarning hozir-
gi ortish sur’ati saqlanib qolsa, har 10 yilda harorat 0,2—0,5 dara-
jaga ortib boradi. Bu esa turli ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqi-
batlarga olib kelishi mumkin. Dunyo bo‘yicha havo haroratining
1—2 darajaga ko‘tarilishi natijasida Yevrosiyoda tundra, o‘rmon-
tundra, tayga, aralash va keng bargli o‘rmonlar, o‘rmon-dasht va
dasht tabiat zonalarining shimolga siljishi kutilmoqda. Bundan
tashqari, Yevropa va Afrikada daryolarning suv oqimi ortadi.
Dunyo bo‘yicha havo haroratining ortishi muzliklarning erishi
va okean suvlarining issiqlik ta’sirida kengayishiga olib keladi. XX
asr davomida olimlarning hisobi bo‘yicha okean sathi 17,5 sm ga
ko‘tarilgan. Amerika olimlarining bashoratiga ko‘ra 2100-yilga
kelib Dunyo okeani sathi 1,4—2,2 m ga ko‘tarilishi mumkin. Bu
okean sohillarida joylashgan ko‘pchilik davlatlarning suv ostida
qolib ketishiga sabab bo‘ladi.

Download 18,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish