land-
shaft-indikatsiya usuli
, uzoq muddatli geografik bashoratlarni
amalga oshirishda
geografik o‘xshatish
va
ekstrapolyatsiya usuli
qo‘llaniladi.
Bundan tashqari juda ko‘p hollarda
tizimlararo tahlil
usuli
dan keng foydalaniladi.
Landshaft-indikatsiya usuli.
Mazkur usulning mazmuni shun-
dan iboratki, landshaftning bevosita ko‘rinib turadigan kompo-
nentlari (o‘simlik, tuproq, relyef va boshqalar) xususiyatlarini
o‘rganish orqali kuzatib bo‘lmaydigan komponentlarning holatini
o‘rganish mumkin. Masalan, o‘simlik turini aniqlash va holatini
o‘rganish orqali boshqa komponentlar haqida ma’lumotlarga ega
bo‘lish mumkin. Agar cho‘lda yantoq o‘simligi keng tarqalgan
bo‘lsa, yer osti suvlari 5—10 m chuqurlikda, agar qamish o‘sayot-
gan joy bo‘lsa, yer osti suvlari 1,5—2 m chuqurlikda ekanligi va
tuproqlar o‘rtacha sho‘rlanganligi haqida xulosa chiqariladi.
Shunday qilib, dala sharoitida landshaftlar o‘rganilayotganda
o‘simlik, tuproq va relyefning xususiyatlariga e’tibor berilsa,
boshqa komponentlar to‘g‘risida, ya’ni qaysi o‘simlik qoplami ke-
yinchalik eng ko‘p tarqalishini ham bashorat qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |