Eslab qoling!
Geografik bashorat
deb, tabiiy muhit va hududiy ishlab chiqa-
rish tizimlarining o‘zgarishidagi asosiy yo‘nalishlarni ilmiy jihatdan
oldindan asoslab berishga aytiladi.
Geografik bashoratlash
deganda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy
muhitning rivojlanishi va o‘zgarishi haqida ma’lumotlar olish va
to‘plash jarayoni tushuniladi.
Bilasizmi?
Agar Yer yuzida o‘rtacha harorat 3—4°C ga
ko‘tarilsa,
iqlim mintaqalari yuzlab kilometrga surilishi,
dehqonchilik chegaralari shimolga kirib borishi va juda
katta maydondagi doimiy muzliklar erib ketishi mumkin.
Shimoliy Muz okeanini qoplagan muzlar yozda erib
ketib, kemalar bemalol suzib yurishi mumkin. Ikkinchi tomondan esa Moskva va
uning yon atrofidagi shaharlar iqlimi Kavkaz ortining hozirgi iqlimiga o‘xshab
qolar edi. Afrikadagi ekvatorial zona shimolga surilib, Sahroi Kabirni egallashi
mumkin. Antarktida va Grenlandiya muzliklari erib ketib, natijada Dunyo okeani
sathi 66 metrga ko‘tarilgan bo‘lar edi. Buning natijasida esa hozirgi insoniyat
yashab turgan 25 % qirg‘oqlar suv ostida qolgan bo‘lar edi.
BMT ekspertlarining ilmiy bashoratlariga ko‘ra Yer yuzi aholisi 2010-yilda 7
mlrd, 2025-yilda esa 8,5 mlrd kishiga, 2040-yilga borib, 10 mlrd kishiga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |