O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi à. Rafiqov, H. Vahobov, A. Qayumov, Sh. Azimov amaliy geografiya



Download 18,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/169
Sana03.02.2022
Hajmi18,88 Mb.
#427484
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   169
Bog'liq
Amaliy geografiya (A.Rafiqov, H.Vahobov) unlocked

Bilmingizni sinab ko‘ring:
1. Havo harorati necha darajaga yetganda ekinlar urug‘dan unib chiqa
boshlaydi?
2. O‘zbekistonda qanday issiqlik mintaqalari ajratilgan?
3. Musbat haroratlar yig‘indisi qancha bo‘lganda ingichka tolali paxta
yetishtirish mumkin?
4. Qaysi mintaqadan asosan yaylov sifatida foydalaniladi?
5. Qaysi mintaqa dehqonchilik uchun yaramaydi?
21-§. REKREATSIYA RESURSLARINI BAHOLASH
Tabiat komplekslarining dam olish maqsadlarida foydalaniladi-
gan xususiyatlari yoki komponentlari rekreatsion resurslar deb ata-
ladi. Masalan, manzarali o‘rmon, dengiz va okean qirg‘oqlari,
tog‘ vodiylari, g‘orlar, manzarali chiroyli o‘simliklar, ajoyib relyef
shakllari, muzlar shular jumlasidandir.
59
?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rekreatsiya (tiklash, o‘rnini to‘ldirish)ning qamrovi katta
bo‘lib, odamlarning dam olishi, salomatligini tiklashi, madaniy
hordiq chiqarishi ma’nosida ishlatiladi.
Tabiiy komplekslar yoki landshaftlarni rekreatsion nuqtayi na-
zardan tadqiq qilish asosan landshaftlarning rekreatsion imkoniyat-
larini va ularga rekreatsion bosimning ta’sirini baholashdan iborat.
Dam olish tashkiliy va notashkiliy (ixtiyoriy) bo‘lishi mumkin.
Tashkiliy dam olish turli muassasalar tomonidan uyushtiriladi.
Notashkiliy (ixtiyoriy) dam olish esa odamlarning o‘z xohishlari
bo‘yicha bir yoki bir necha kishi bo‘lib, tanlangan hududlarda
uyushtiriladi.
Dam olishdan ko‘zlangan maqsad turlicha bo‘lishi mumkin:
davolanish, sog‘lomlashtirish, sport, tanishuv va h.k.
Dam olish mavsumga qarab ham turlicha bo‘lishi mumkin.
Yozgi dam olish turlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: cho‘milish,
quyosh vannalari olish, piyoda yurish (davolanish, salomatlikni
tiklash, ekskursiya), qayiq sporti, baliq ovi, turli xil mevalar va
qo‘ziqorin terish, otda sayr qilish, alpinizm bilan shug‘ullanish va
h.k. Qishki mavsumda quyidagi dam olish turlari bilan shug‘ulla-
nish mumkin: chang‘i sporti, muzosti baliq ovi, sport ovchiligi,
davolanish, salomatlikni tiklash, piyoda sayr.
Rekreatsion baholash obyekti — landshaftlar, joylar, mavdon-
lar va fatsiya bo‘lishi mumkin. Rekreatsiya komplekslarini joy-
lashtirishni loyihalashda landshaftlarni tahlil qilish yaxshi natija
beradi. Bunda turli landshaftlarni rekreatsion maqsadlarda foy-
dalanish darajasiga qarab eng qulay landshaft turi tanlanadi. Ma-
salan, daryo vodiysi, tog‘ yonbag‘ri, ko‘l yoki suv ombori qirg‘og‘i,
tekislik, okean yoki dengiz qirg‘og‘i, o‘rmon va h.k. 
(24-rasm).
Alohida rekreatsion komlpekslarni (dam olish uylari, sana-
toriylar, sayyohlik majmualari va h.k.) loyihalashtirayotganda aniq
maydonni baholash yaxshi natija beradi.
Aniq bir dam olish muassasalarining ichki tuzilishini loyiha-
lashda tabiat komplekslarini fatsiya darajasida baholash lozim.
Asosiy inshootlarni fatsiyaning relyef sharoiti, suvlari o‘simligi,
landshaft manzarasiga qarab joylashtirish maqsadga muvofiq
bo‘ladi 
(2-jadval).
Rekreatsion maqsadlarda baholashda ularni estetik jihatdan
baholash ham muhim o‘rin tutadi. Bunda tabiiy sharoitning
relyefning, o‘simliklarning, landshaft umumiy ko‘rinishining
estetik jihatdan zavq bera olish imkoniyati hisobga olinadi.
60
www.ziyouz.com kutubxonasi


61
2-jadval

Download 18,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish