O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi à. Rafiqov, H. Vahobov, A. Qayumov, Sh. Azimov amaliy geografiya



Download 18,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/169
Sana03.02.2022
Hajmi18,88 Mb.
#427484
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   169
Bog'liq
Amaliy geografiya (A.Rafiqov, H.Vahobov) unlocked

7-§. TABIIY GEOGRAFIK JARAYONLAR
HAQIDA TUSHUNCHA
Tabiiy geografik jarayonlar
deb, tabiiy va sun’iy omillar ta’siri-
da sodir bo‘ladigan jarayonlarga aytiladi (6-rasm).
Tabiiy geografik jarayonlar tog‘ jinslarining yemirilishida, tog‘
jinslari fizik holatining o‘zgarishida, yer yuzasi relyefining shakl-
lanishi va o‘zgarishida vulkan va zilzilalar sifatida, atmosfera
hodisalari rivojlanishida namoyon bo‘ladi.
Tabiiy georgafik jarayonlar rivojlangan hududlarda turli xil
inshootlarni joylashtirish, qurish va ishlatishda ma’lum bir qiyin-
chiliklar tug‘diradi. Shuning uchun tabiiy geografik jarayonlar ri-
vojlangan va tarqalgan joylarda turli xil inshootlar qurilishning
ilmiy asoslarini ishlab chiqarish muammosi vujudga kelmoqda.
20
www.ziyouz.com kutubxonasi


Zilzila, vulkan, sel, surilma, ko‘chki, botqoqlanish, ko‘p yillik
muzloq, qurg‘oqchilik, o‘pirilma tarqalgan joylarda qurilish ishlari
olib borish uchun hozirgi paytda maxsus qoidalar, yo‘riqnomalar
ishlab chiqilgan.
Tabiiy geografik jarayonlar tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida
vujudga keladi va rivojlanadi.
Tabiiy omillar o‘z navbatida ikki katta guruhga bo‘linadi:
Yerning ichki kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar va tashqi
kuchlar yoki tashqi omillar bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar.
Yerning ichki kuchlarini endogen (yunoncha «endo» — ichki,
«genos» — kelib chiqish) kuchlar deb ataladi. Ular ta’sirida
vulkanlar otiladi, zilzilalar sodir bo‘ladi. Bunday jarayonlar endo-
gen jarayonlar deb ataladi.
21
Vulkanlar
Zilzilalar
Tog‘larning
ko‘tarilishi
Yer 
yuzasining
cho‘kishi
Nurash
Eroziya
Surilmalar
Muz 
va
shamolning
ishi
Tabiiy geografik
jarayonlar
Tabiiy omillar ta’sirida
sodir bo‘ladigan
jarayonlar
Sun’iy omillar ta’sirida
sodir bo‘ladigan
jarayonlar
Yerning 
ichki
(endogen) 
kuchlari
ta’sirida 
sodir
bo‘ladigan 
jarayonlar
Tashqi 
kuchlar
(ekzogen) 
ta’sirida
sodir 
bo‘ladigan
jarayonlar
Surilmalar
Yer 
yuzasining
cho‘kishi 
va 
o‘pirilishi
Daryo 
va 
ko‘llar
me’yorining 
o‘zgarishi
Sho‘rlanish
Sun’iy 
eroziya
6-rasm.
Tabiiy geografik jarayonlar turlari.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tashqi omillarni ekzogen (yunoncha «exo» — tashqi, «ge-
nos» — kelib chiqish) omillar yoki kuchlar deb ataladi. Tashqi
kuchlar ta’sirida vujudga keladigan jarayonlar ekzogen jarayonlar
deb ataladi. Bunday jarayonlar Quyosh issiqligi, og‘irlik kuchi,
yer usti va osti suvlari hamda organizmlar ta’sirida vujudga
keladi, rivojlanadi. Ekzogen jarayonlarga nurash, eroziya,
qirg‘oqlarning yemirilishi, muz va shamolning ishi kabi hodisalar
ham kiradi.
Sun’iy omillar antropogen yoki texnogen omillar deb ham
ataladi. Ularga insonning turli xil xo‘jalik faoliyati kiradi: qishloq
xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati, metallurgiya, shahar
qurilishi, transport va boshqalar. Sun’iy omillar ta’sirida antro-
pogen yoki texnogen jarayonlar sodir bo‘ladi. Bunday jarayon-
larga surilmalar, yer yuzasining cho‘kishi, o‘pirilishlar, yer osti
suvlari sathining ko‘tarilishi yoki pasayishi, daryo va ko‘llarning
qurishi, yangi suv havzalarining vujudga kelishi, yerlarning
sho‘rlanishi kiradi. Mazkur jarayonlar xalq xo‘jaligiga katta zarar
yetkazadi.

Download 18,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish