Uchinchi paradigma
da davlat siyosatini remiliyllashtirish
nazarda tutilgan. Ko‘p millatli imperiyalarning parchalanib ketishi
bir millatli davlat barpo qilish muammosini keltirib chiqardi.
Bunda etnik, sinfiy, diniy ziddiyatlarning barchasi «millat
davlat»ini barpo qilishga bo‘ysundiriladi.
To‘rtinchi paradigma
da mintaqaviy tizimlar o‘rtasidagi farqlar
asoslanadi. Bunday tizimlar markazida mintaqadagi vaziyatga ta’sir
ko‘rsatuvchi davlat mavjud bo‘ladi («Buyuk Eron», «Buyuk Pokis-
ton» yoki «Buyuk Xitoy»).
G. Kissinjer
XXI asrda xalqaro tizim kamida oltita kuch
makazidan iborat bo‘ladi, deb hisoblaydi. Ular AQSh, Yevropa,
Xitoy, Yaponiya, Rossiya, hindiston hamda ko‘plab o‘rta va
kichik davlatlardan iborat bo‘lishi mumkin. G.Kissinjerning ushbu
oltita kuch markazlari turli xil beshta sivilizasiyaga tegishlidir.
Shuning uchun u XXI asr har xil sivilizatsiyalarning o‘zaro alo-
qadorligini o‘zida aks ettiradi, deb ta’kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |