O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi à. Rafiqov, H. Vahobov, A. Qayumov, Sh. Azimov amaliy geografiya



Download 18,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/169
Sana03.02.2022
Hajmi18,88 Mb.
#427484
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169
Bog'liq
Amaliy geografiya (A.Rafiqov, H.Vahobov) unlocked

Eslab qoling!
«Tarixning geografik o‘qi»
eng muhim va yirik davlatlar
hududlari chiziqlar (yoki Xartlend).
Bilimingizni sinab ko‘ring:
1. Geosiyosiy g‘oyalarining rivojlanishida qanday yo‘nalishlar mavjud?
2. Angliya—Amerika yo‘nalishida asosiy e’tibor nimalarga qaratiladi?
3. Kontinental yo‘nalishda asosiy e’tibor nimaga yo‘naltiriladi?
4. «Xartlend» nima?
49-§. N. SPAYKMEN VA KLASSIK «ATLANTIZM»
N. Spaykmen 
(1893—1943) geosiyosat nazariyasi va amaliyoti-
ga ulkan hissa qo‘shgan amerikalik tadqiqotchidir. U Xartlend
potensial makon bo‘lib, mustaqil g‘oyalarni hal qila olmaydi, bu
vazifalarni, shu jumladan, dunyoga hukmronlik qilish vazifasini
Rimlend bajarishi mumkin, deb hisoblaydi.
N. Spaykmen dunyoni uch qismga, ya’ni Xartlend, Rimlend
va olisda joylashgan Afrika va Avstraliya qit’alariga bo‘ladi.
Rimlend tarkibiga G‘arbiy va Markaziy Yevropa, Turkiya, Eron,
Saudiya Arabistoni, Uzoq Sharq mamlakatlari va Xitoy kiritilgan.
N. Spaykmenning g‘oyasiga ko‘ra, kim Rimlendni nazorat
qilsa, u Yevropada hukmdorlik qiladi, kim Yevrosiyoni nazorat
qilsa, u jahon taqdirini hal qiladi.
N. Spaykmen AQSh ni Xartlendga nisbatan ham, Rimlendga
nisbatan ham juda qulay o‘ringa ega deb hisoblaydi. U «O‘rta
okean tushunchasi»ni muomalaga kiritdi va Atlantika dunyosi
tomonidan Rimlend ustidan o‘rnatilgan nazorat quruqlik kuchla-
rini mag‘lub bo‘lishiga va Atlantika dunyosi tobe holatga tushishi-
ga sabab bo‘ldi, degan xulosaga kelgan.
N. Spaykmen davlat geosiyosiy qudratini ta’minlovchi 10 ta
mezonni alohida ajratib ko‘rsatadi. Ular quyidagilardan iborat:
1) 
hudud yuzasining tuzilishi;
2) 
chegaralarining tabiati;
3) 
aholi
soni;
4) 
foydali qazilmalarning mavjudligi yoki yo‘qligi;
5) 
iqtisodiy
va texnologik taraqqiyot;
6) 
davlat moliyaviy quvvati; 
7) 
etnik birli-
gi;
8) 
sotsial integratsiyalashish darajasi;
9) 
siyosiy barqarorlik;
10) 
millat ruhi
.
132
!
?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yuqorida keltirilgan baholash shkalasidan foydalangan holda
davlatning umumiy geosiyosiy kuch-qudratini aniqlash mumkin.
Agar umumiy baho uncha yuqori bo‘lmasa, bunday holat o‘z-
o‘zidan ushbu davlatni boshqa davlatlar bilan strategik ittifoqlar
tuzishga majbur qiladi. Bu esa mazkur davlat suverinitetiga ma’lum
darajada putur yetkazadi.
N. Spaykmen Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yevropa davlat-
lari mustaqilligining pasayishini, AQSh mustaqilligining esa oshi-
shini bashorat qilgan edi. Bu bashorat hozirda, XXI asrda o‘zining
aniq ifodasini topmoqda. Kuchlar nisbati borgan sari AQSh foy-
dasiga hal bo‘lmoqda. Afg‘oniston, Iroq, Bosniya, Gersogovina,
Kosovo va boshqa davlatlarda bo‘lib o‘tgan voqealar buni to‘la-
to‘kis tasdiqlamoqda.
Eslab qoling!
Rimlend — tarkibiga G‘arbiy va Markaziy Yevropa, Turkiya,
Saudiya Arabistoni, Iroq, Pokiston, Hindiston, Uzoq Sharq mam-
lakatlari va Xitoy kiritilgan hudud.

Download 18,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish