O'yinning tavsifi. Ishtirokchilarni biri quvlovchi bo'ladi. U o'yin boshlanishida qo'liga qizil ro'molcha yoki lenta olib va maydonchaning o'rtasiga tushadi, qolgan o'yinchilar maydonchani o'zlari istagan joylariga borib turadi. O'qituvchining oldin kelishib olingan ishorasi bilan quvlovchi ro'molcha ushlagan qo'lini yuqoriga ko'taradi va baland ovoz bilan «Men quvlovchiman», deydi. Shundan keyin u bolalardan birini quvlab ketadi va ro'molchani tegizishga harakat qiladi. Bolalar quvlovchiga chap berib, har tarafga qochishadi. Quvlovchi ro'molni tegizgan bola quvlovchi bo'lib qoladi va ro'molcha yoki lenta unga beriladi. Oldingi quvlovchi esa qolgan ishtirokchilar qatorida o'yinga kiradi va yangi quvlovchiga chap berib, har tomonga qochaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |