O'yinga tayyorlanish. O'yin bolalarda hamjihatlikni, iroda va sabr-toqatlilikni va kuch-quwatni mustahkamlaydi. O'ynovchilar qur'a tashlab, ikki guruhga bo'linadilar. Har bir guruhda 5 — 8 ta o'ynovchi bo'ladi. O'yin navbatini kim birinchi bo'lib boshlashi aniqlanadi. O'yin ochiq maydonda yoki sport zalida o'ynaladi.
O'yin tavsifi. O'yin navbatini boy bergan o'yinchilar guruhi bir-birining yelkasi, belidan ushlaydilar. Oldinga boshlarini engash-tirib, qator bo'lib turadilar. Boshni iloji boricha pastroq tutib, bir-birlarini qo'yib yubormaslikka harakat qilishlari kerak. Engashib tur-gan o'ynovchilarning ustiga minadilar. Hamma o'ynovchi minishi shart.
O'yin qoidasi.
1. O'ynovchilar minolmasa, minib yiqilsa yoki ko'tara olmasa, yiqilsalar ham guruh yutqizgan hisoblanadi.
2. O'ynovchilarning hammasi minib, yiqilmasa g'olib bo'ladi.
3. O'yinni o'tkazishdan oldin juftliklar aniqlanadi (har bir o'yinda ikki guruh qatnashadi.)
4. O'yin uchta guruh qolguncha davom ettiriladi va 1-, 2-, 3- o'rinlar aniqlanadi.
“To’p uchun kurash” harakatli o’yinlar. “Quvlashmachoq” harakatli o’yinlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |