b o 'sh lig 'i atrofida joylashgan so'lak bezlari o 'z sekretini maxsus yo'llar
orqali og'iz bo'shlig'iga quyadi. Ter ishlab chiqaruvchi bezlar esa teri
yuzasiga chiqaradi. Hazm a ’zolari sistemasi devorida joylashgan bez sek-
retlari ana shu a ’zolar bo'shlig'iga quyiladi. Ekzokrin bezlar qaysi a ’zo
tarkibida joylashganiga
qarab turlicha
funksiyani bajaradi. Jumladan,
ovqat hazm qilish a’zolari tarkibidagi bezlar ovqat mahsulotlarini parchalash
va ularning shimilib, hazm bo'lish jarayonini ta’minlash uchun kerak
bo'lgan sekret ishlab chiqaradi. Aksariyat ekzokrin bezlar k o 'p hujayrali
bo'lsa-da, ular joylashgan o'rni, tuzilishi va sekret ajratish usuli
hamda
uning kimyoviy tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi. Bezlar ishlab chiqa
radigan sekretining tarkibiga qarab shilimshiq (nafas yo'llarida joylash
gan bezlar)
ishlab chiqaradigan bezlar, seroz (tiniq) suyuqlik (quloq oldi
bezi) ishlab chiqaradigan bezlar, oqsil - shilimshiq ishlab chiqaradigan
bezlar (til va ja g ' osti bezlari), aralash bezlar va yog' bezlariga ajratiladi.
Nafas yo'llari va ichak epiteliysida joylashgan bezlar qadahsimon hujay-
ralardan tuzilgan bo'lib, shilimshiq ishlab chiqaradi. K o'p hujayrali bez
larning sekret ishlab chiqaradigan qismi va chiqarish yo'li bo'ladi. Bez-
ning sekret ishlab chiqaradigan qismi sekret ishlaydigan hujayralardan
tuzilgan.
Endokrin bez shiralari (gormonlar) chiqarish yo'llari bo'lm aganligi-
dan to 'g 'rid a n -to 'g 'ri qon va limfaga shimiladi, bunday bezlar ichki
sekretsiya bezlari deb ataladi. Ular gipofiz, epifiz,
qalqonsimon bez,
qalqonsimon bez oldi bezlari, ayrisimon bez, buyrak usti bezlari, m e’da
osti bezining Langergans orolchalari, jinsiy bezlar bo'lib, ular ajratgan
gormonlar qonga shimilib butun organizmga tarqalib, barcha a’zo hamda
to'qimalardagi moddalar almashinuvi jarayonlarini tartibga solishda faol
ishtirok etadi, organizmning o'sish va jinsiy takomillashuvini boshqaradi.
Aralash bezga m e’da osti bezi misol bo'la oladi. Bu bez ishlab chiqargan
asosiy shira maxsus yo 'l orqali o 'n ikki barmoq ichakka quyilsa (bezning
ekzogen qismi), Langergans orolchalaridan ajralgan gormon (bezning
endokrin qismi) qonga shimiladi.
Bezlar bir va k o'p hujayrali bo'ladi. Bir hujayrali bezlar naysimon
shaklda tuzilgan; sekret yig'ilganda kolba (qadah) shakliga o'xshab, tubi
kengayadi. Sekret tashqariga chiqarilgandan so'ng yana o'z shakliga qaytadi.
K o'p hujayrali bezlar chiqarish naylarining oxirgi qismi odatda shoxlangan
bo'lib, uning atrofida bez hujayralari joylashgan. Hujayralaming sekretlari
chiqarish nayining shoxchalariga ochilib, oxiri umumiy chiqarish yo'li orqali
bo'shliqqa quyiladi.
Bezlar sekret ishlab chiqarish
xususiyatiga qarab merokrin, apokrin
va golokrin turlarga bo'linadi. Organizmda merokrin bezlar birmuncha
ko'proq bo'lib, ular o 'z sekretlarini hujayra sitoplazmasini yemirmasdan
ajratadi. A pokrin bezlar (sut va ter bezlari) esa, aksincha, hujayra
sitoplazmasining qisman yemirilishi hisobiga sekret ajratadi. Yemirilish
k o 'p in c h a sek ret h u jay rasin in g u chid a sod ir b o 'lib ,
yangi sekret
to'plaguncha yana tiklanadi. G olokrin bezlar (y og ' bezlari) sekreti
hujayralaming yemirilishi hisobiga ajraladi.
2.
B i r i k t i r u v c h i t o ' q i m a l a r — organizmning ichki qismida
joylashgan bo'lib, tashqi muhit bilan bevosita aloqada bo'lm aydi. Bu
xildagi to'qim alarga mezenxima kurtagidan rivoj topgan uch xil to'qim ani
kiritish mumkin:
1) qon va limfa to'qim alari organizmni himoya qilish va oziqlantirish
(trofik) vazifasini bajaradi. Qonning suyuq qismi — qon plazmasi va
shaklli elementlardan iborat. Qon plazmasidagi yog', uglevod, oqsil, mineral
tuzlar rangsiz va yopishqoq bo'ladi. Qonda, asosan, uch xil shaklli
elementlar bor:
a) eritrositlar — qizil qon tanachalari 1 mm1 qonda o'rtacha 45000—
5 000000 dona bo'ladi;
b) leykositlar — oq qon tanachalari 1 mm3 qonda o'rtacha 4000 —
10 000 dona bo'ladi;
d) trombositlar —
qon plastinkalari, bir-biriga tez yopishadigan, rangsiz
va eritrositlarga nisbatan uch-to'rt marta kichik tuzilmalar.
2) limfa suyuqligi — qon singari plazma va shaklli elementlardan
iborat bo'lib, tarkibida eritrositlar bo'lmaganligidan rangsiz. Qon va limfa
holatidagi oraliq modda bilan birga organizmda moddalar almashinuvi
jarayonini ta’minlaydi.
3) retikula to'qim alari o'zaro birlashib, chalkashib tuzilgan to'rsim on
hujayralardan iborat bo'lib, ularning turlari orasida
limfositlar joylashgan
va limfoid to'qim alarni hosil qiladi.
4) biriktiruvchi to'qimalar hujayralararo oraliq moddalari ko'proq bo'lishi
bilan farqlanadi. Bu xildagi to'qimalar tarkibida amorf (ma’lum tuzilishga
ega bo'lmagan) moddalar, kollagen hamda elastik tolalar bo'ladi (3-rasm).
Biriktiruvchi to'qim a quyidagi turlarga bo'linadi.
Yumshoq (shakllanmagan) biriktiruvchi
to'qim a — fibroblastlar (yapaloq, sershox
hujayralar) dan tashkil topgan bo'lib, boshqa
turdagi to'qim alarni bir-biriga bog'laydi,
a’zolar tarkibidagi bo'shliqlam i to'ldiradi.
Y o g '
t o ' q i m a s i (4-rasm) proto-
plazmasida yog' tomchilari bo'lgan shar
shaklidagi hujayralardan iborat bo'lib, orga
nizmda charvi sifatida (qorin bo'shlig'ida)
teri ostida,
buyrak atrofida, ko'z kosasi va
boshqa joylarda uchraydi. Ular o'zaro bir
lashib, yog' parchasini hosil qiladi. Yog'
Download
Do'stlaringiz bilan baham: