159-rasm. Umumiy yonbosh arteriyasi
7
va tarmoqlari.
I - qorin arteriyasi; 2, 3 -c h a p va o'ng
2
umumiy yonbosh arteriyalari; 4 - ichki
3
yonbosh arteriyasi; 5 - yonbosh-bel ar-
^
teriyasi; 6 - dumg'aza arteriyasi; 7 - us
tki dumba arteriyasi; 8 - pastki dumba
17
arteriyasi; 9 - prostata arteriyasi; 1 0 -
^
to'g'ri ichakning o'rta arteriyasi; / / -
qovuq arteriyasi; 12 - olat arteriyasi; 13,
^5
14 - urug' chiqarish y o 'li va uning
arteriyasi; 15 - y o p g 'ic h arteriya; 1 6 -
kindik arteriyasi; 1 7 - qorin tepasidagi
pastki arteriya; 18 - yonbosh suyagini
12
o'rab turadigan chuqur arteriya.
3. U s t k i d u m b a a r t e r i y a s i ichki chanoq arteriyasi orqa sho-
xining davomi bo'lib, chanoq bo'shlig'idan noksimon muskul kamgagi-
dan tashqariga chiqib, dumba muskullariga tarqaladi.
4. Y o p g ' i c h a r t e r i y a chanoqning yon devori bo'ylab boradi va
yopg'ich kanal orqali sonning medial tomonidagi yaqinlashtiruvchi (ad-
duktor) muskullar va yopg'ich
muskulga, chanoq-son bo'g'im iga tarqaladi.
5. P a s t k i d u m b a a r t e r i y a s i chanoq bo'shlig'idan tashqariga
noksimon muskul pastki kamgak teshigi orqali quymich nervi bilan bir
galikda chiqadi va dumba muskullariga, quymich nerviga tarqaladi.
Ichki yonbosh arteriyasining oldingi shoxi tarmoqlari:
1. K i n d i k
a r t e r i y a s i . Em brionda bu arteriya ichki chanoq
arteriyasining oldingi tarmog'idan boshlanib,
kichik chanoqning yonbosh
devori orqali qorin b o 's h lig 'i oldingi devorining ichkariga qaragan
yuzasidan kindikka boradi. Bola tu g 'ilib kindigi kesilgandan so 'n g
arteriyaning ichki b o 'sh lig 'i asta-sekin yopilib, boylamga aylanadi. Lekin
bu boylamning boshlanish qismi arteriya holatini saqlab qoladi va qovuq
ning yuqori arteriyasini beradi. Bu arteriya qovuqning yuqori bo'lagiga
borib tarqaladi va qo'shni arteriyalar bilan anastomozlashadi.
2. Q o v u q n i n g p a s t k i a r t e r i y a s i ichki chanoq arteriyasi
ning oldingi shoxlaridan biri bo'lib, qovuq tubini qon bilan ta’minlaydi,
siydik naychasiga shoxchalar beradi va yuqorida qovuq arteriyasi bilan
anastomozlashadi.
3. U r u g ' y o ' l i a r t e r i y a s i u ru g 'y o 'lin i qon bilan ta’minlaydi.
4. B a c h a d o n a r t e r i y a s i faqat ayollarga xos arteriya bo'lib,
bachadon keng boylami varaqlari orasidan bachadon bo'yin qismining
yonbosh
tomoniga boradi va bachadonga, qin va bachadon naychalariga
tarqaladi, tuxumdonga shoxcha beradi.
5. T o ‘ g ‘ r i i c h a k n i n g o ' r t a a r t e r i y a s i to 'g 'ri ichakning
o'rta qismiga tarqaladi. Bu arteriya to 'g 'ri ichakning devorida qo'shni
arteriya tarmoqlari bilan anastomozlashadi va qovuq xaltasiga, prostata
bezi va urug' pufakchalariga tarmoqlar chiqaradi.
6. I c h k i u y a t l i a r t e r i y a s i kichik chanoq arteriyasining oxir
gi tarmog'i b o'lib, chanoq bo'shlig'idan pastki kamgak teshigi orqali
tashqariga chiqadi, quymich uchli o 'sig 'in i aylanib o'tib, quym ich-to'g'ri
ichak bo'shlig'iga boradi va olatga (ayollarda klitorga) tarmoqlar beradi.
Ichki uyatli arteriyasi chanoq bo'shlig'in ing
pastki qism ida quyidagi
tarmoqlami beradi:
a) t o ' g ' r i i c h a k n i n g p a s t k i a r t e r i y a s i ichki uyatli ar
teriyasidan chiqib to 'g 'ri ichakning pastki qismiga, tashqi chiqaruv teshi-
giga boradi va to 'g 'ri ichakning o'rta arteriyasi (ichki chanoq arteriyasi
tarmog'i) bilan anastomozlashadi;
b ) c h o t a r t e r i y a s i ichki uyatli arteriyasidan boshlanib, yorg'oqqa,
tashqi chiqaruv teshigi (ayollarda esa katta uyatli lablar)ga
tarmoqlar
beradi. Ichki uyatli arteriyasidan qo'shim cha tarmoqlar chiqib, erlik olatiga,
ayollarda klitorga va qin dahliziga boradi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: