O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


bet169/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

V IT A M IN L A R
Organizmning normal yashashi uchun asosiy ovqat moddalari, mine­
ral tuzlardan tashqari, vitaminlar (lotincha vita — hayot so'zidan olin­
gan) kerak bo'ladi. Barcha vitaminlar (А, В, C, D, E, G, R) ikki guruhga: 
suvda eriydigan В va С vitaminlar hamda yog'da eriydigan A, D, К 
vitaminlarga bo'linadi. Vitaminlar o'simliklar bilan oziqlanuvchi hayvon 
to'qimalarida ham vujudga keladi. Shuning uchun o'simlik va hayvonlar 
odam uchun vitaminlar manbai hisoblanadi. Vitaminlarning ko'pchiligi 
fermentlar faoliyatini oshiradi, binobarin, ular hayot uchun zarur bo'lib, 
organizmda yetishmaganda moddalar almashinuvi jarayoni buziladi. В 
guruh vitaminlar va vitamin К odamda yo'g'on ichakdagi bakteriyalar 
florasini sintezlaydi. Shuning uchun ichak florasini halok etuvchi antibi- 
otiklar bilan davolash paytida vitaminlar ham iste’mol qilish kerak bo'ladi. 
Organizmda vitaminlarning kamayishi gipovitaminoz, yetishmasligi avi- 
taminoz kasalligiga sabab bo'ladi. Masalan, vitamin С yetishmasa, singa, 
D yetishmasa raxit kasalligi kelib chiqadi. Organizmda yetishmagan 
vitaminlar berilsa, kasal tez tuzaladi.
Suvda eriydigan vitaminlar С va В guruh vitaminlar bo'lib, organiz­
mda sintezlanmaydi, ular organizmga o'simlikli ovqatlar tarkibiga kiradi.
V i t a m i n С (askorbin kislota) na’matak, mevalar, limonda ko'p 
bo'ladi. Bu vitamin uglevodlar va oqsillar almashinuvi jarayonida muhim 
rol o'ynaydi. U organizmda kamaysa, qonda glukoza, jigarda glikogen 
kamayib, oqsil moddalarining parchalanishi kuchayadi. Natijada singa 
kasalligi paydo bo'lib, darmon quriydi. Yurakning normal ishlashi izdan 
chiqadi. Kapillarlar mo'rt bo'lib, teri osti va bo'g'imlarda qon quyilishi 
ro'y beradi. Milklar bo'shashib, qonaydigan, tishlar esa tushib ketadigan 
bo'lib qoladi. Bu vaqtda vitamin С qabul qilinsa, kasal tuzaladi. Odamning 
vitamin С ga bo'lgan ehtiyoji bir kecha-kunduzda 75— 100 mg ga to'g'ri 
keladi.
В guruh vitaminlar guruch po'stida, jigar, yong'oq, cho'chqa go'shti- 
da ko'proq bo'lib, ular vitamin B (, B2, B |2 kabi holatda uchraydi. Bu 
vitaminlar har birining o'ziga xos xususiyatlari va ta’sirlari bor. Jumladan, 
odamning vitamin B : (tiamin) ga bo'lgan ehtiyoji bir kecha-kunduzga 
o'rtacha 2— 3 mg bo'lib, u uglevodlar, yog'lar va oqsillar almashinuvida 
faol qatnashadi. Organizmda vitamin B, yetishmasa, uglevodlar, yog'lar 
va oqsillar almashinuvi jarayoni buziladi, nervlarning qo'zg'aluvchan


xususiyati pasayib, odam tez charchaydi, ishtahasi yo'qoladi. Organizmda 
vitamin B, surunkasiga yetishmasa, nerv sistemasi zararlanib, og'riq paydo 
bo'ladi, muskullar atrofiyalanib, shol bo'ladi. Yurak-qon tomirlar va hazm 
sistemalari normal ishlamaydi.
V i t a m i n B2 (riboflavin). Odamning bir kecha-kunduzdagi ehtiyoji 
1—2 mg bo'lib, moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi. Organizmda 
bu vitamin kamaysa, moddalar almashinuvi buzilib, odam labining 
burchaklari bichilib, tili qip-qizil tusga kiradi. Yosh bolalarda vitamin B2 
yetishmasa, ulaming o'sishi pasayib, ko'zlari yallig'lanadi. Vitamin B2 
jigar, buyrak va o'simliklarda ko'p bo'ladi.
V i t a m i n PP (nikotin kislota) odam organizmiga bir kecha-kunduz- 
da o'rtacha 15—20 mg kerak bo'ladi. Nikotin kislota sabzavotlar, go'shtda 
ko'p. Organizmda vitamin PP yetishmaganda teri yallig'lanib qizaradi, 
ich suradi va odamning ruhiy holati buzilib, nerv sistemasining faoliyati 
izdan chiqadi.
V i t a m i n B6 (piridoksin). Odamga bir kecha-kunduzda 2—3 mg 
vitamin B6 yetarli bo'lib, aminokislotalar almashishi jarayonida ferment- 
lar ta’sirini kuchaytiradi. Vitamin B6 ko'proq guruch kepagida, achitqida, 
buyrak, jigar va go'sht tarkibida bo'ladi. Odam organizmida bu vitamin 
yetishmasa, ishtaha pasayib, ko'ngil ayniydi, darmonsizlik kuzatiladi, teri 
yallig'lanadi.
V i t a m i n B |2 (sianokobalamin) qoramol va jo'ja jigarida ko'proq 
bo'ladi. Odamda ichak bakteriyalari orqali sintezlanadi. Organizmda vitamin 
B|2 yetishmasa, qon yaratish faoliyati pasayib, kamqonlik (anemiya) 
kasalligi paydo bo'ladi.
Yog'da eriydigan vitaminlarga vitamin A, D, К kiradi.
V i t a m i n A (retinol) odam uchun bir kecha-kunduzga 1— 1,5 mg 
miqdorda kerak bo'lib, baliq moyi, o'simlik tarkibida uchraydi. Vitamin 
A ko'zning ko'rish qobiliyatini saqlab, organizmning yuqumli kasallik- 
larga qarshiligini oshiradi. Organizmda vitamin A yetishmaganda 
shabko'rlikka (kunduzi ko'rib, qorong'ida ko'rmaydi) va shox pardaning 
kasallanishiga sabab bo'ladi.
V i t a m i n D (kalsiferol) baliq moyi, sariyog' va tuxum sarig'ida 
bo'lib, organizm uchun bir kecha-kunduzga 0,03—0,07 g kerak bo'ladi. 
Vitamin D organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga soladi. 
Odamda bu vitamin yetishmasa (ayniqsa yosh bolalarda) suyaklar yumshab, 
tishlarning chiqishi kechikadi, ya’ni raxit kasalligi boshlanadi. Shuning 
uchun yosh bolalarga vitamin D (0,05— 0,07 g) berib turish kerak. 
Organizmda vitamin D ning ko'payishi muskul va buyraklarda kalsiy 
yig'ilib qolishiga sabab bo'ladi.
V i t a m i n К (filoxinon) yoki antigemorragik vitamin odamga bir 
kecha-kunduzda 1— 2 mg kerak. U karam (xlorofilli o'sim lik), barcha


yashil rangli o'sim liklar, pomidor, jigarda ko‘p bo'ladi. Ozroq miqdor­
da uni ichak bakteriyalari sintezlaydi. Organizmda avitaminoz К bo'lganda 
jigarda protrombin chiqishi kamayib, qon ivishi buziladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish