NORMAL ANATOMIYA VA NORMAL
FIZIOLOGIYA FANLARI
O d a m a n a t o m i y a s i odam organizmining shakli, tuzilishi, uning
rivojlanish jarayoni, ayni vaqtda har bir a’zoning jinsiy jihatdan va yoshga
qarab bo'lgan tafovutlari, shuningdek, muhit sharoitlarining a’zolar tuzilishi
hamda vazifalariga ta’sirini o'rganadi.
Qadimda anatomiya fani a’zolami alohida-alohida o'rganib, ularning
o'zaro munosabatini, organizmning bir butunligini hisobga olmasdan,
faqat dalillar to'plash bilan chegaralangan. Hozir bu fan a’zolarning o'zaro
munosabatini, ularning bir sistemaga birlashish qonuniyatlarini o'rga-
nishda organizmning yagona sistema ekanligini, uning tashqi muhit bilan
chambarchas bog'liqligini, a’zolarning shakli bilan funksiyasi bir-biriga
bevosita aloqador ekanini nazarda tutadi.
Odam organizmi murakkab tuzilganligi, mehnat qilishga layoqatliligi
bilan hayvon organizmining tuzilishidan farq qiladi. Anatomiya ana shu
tuzilish, rivojlanish qonuniyatlarini uning evolutsion taraqqiyot qonunlari
— filogenezini tashqi muhit va sharoitga muvofiq tuzilish jarayoni —
antropogenez bilan qiyoslab o'rganadi. Bu bilan qiyosiy anatom iya
shug'ullanadi.
Odamning tug'ilguncha bo'lgan jarayoni, ya’ni homilaning ona qomi-
da o 'sib , rivojlanishini em briologiya o 'rg an sa, tug'ilgandan keyingi
hayotining oxirigacha bo'lgan jarayonni «yoshga doir» anatomiya o 'rg a
nadi.
Organizm tuzilishining jinsiy xususiyatlari, jinsiy tafovutlar va ularning
o'ziga xos tomonlari ham anatomiya o'rganadigan masalalar jumlasiga kiradi.
Bulardan tashqari, anatomiya a’zolaming individual xususiyatlari, ularning
o'zaro
munosabatlari, joylanish proyeksiyalari — topografiyasini ham
o'rganadi. Chunki odam organizmi ona qomida, ayniqsa tug'ilgandan keyingi
rivojlanish jarayonida muhit ta’sirida o'ziga xos xususiyatlami kasb etadi.
Shu bilan birga organizmning shakllanish va rivojlanishiga odam yashab
turgan joylarning iqlimiy-geografik sharoiti, ijtimoiy tuzum ham ta’sir
ko'rsatadi. Buni antropologiya o'rganadi.
Odam organizmi a’zolarining tuzilishi, ularning vazifalariga bog'liq
holda shakllanib boradi. Buni funksional anatomiya fani o'rganadi.
Fiziologiya organizmni, a’zolar sistemasi va alohida a’zolar, to'qimalar,
hujayralaming hayotiy normal faoliyatini o'rganadi. Bunda yosh, jins va
atrof-muhitning organizmga bo'lgan ta’siriga ham ahamiyat beriladi. Shu
jihatdan anatomiya bilan fiziologiya fanlari o'zaro chambarchas bog'langan
bo'lib, ular biologiyaning ajralmas qismidir. Biologiyada morfologiya fani
organizm, a’zolaming tuzilishi va shakllarini o'rgansa, fiziologiya fani
ularning hayotiy vazifalari bilan shug'ullanadi.
A ’zolaming ichki tuzilishi, ularni tashkil qilgan to'qim alar, hujayralami
gistologiya, a ’zolarning kasallik holatidagi tuzilishini patologik anatomiya
o'rganadi.
Odam anatomiyasini o'zlashtirishni osonlashtirish uchun bu fan shartli
ravishda bir necha sistemaga ajratib o'rganiladi (sistematik anatomiya).
Sistematik anatomiya suyaklar — osteologiya, suyaklarning o'zaro
birlashishi (bo'g'im lar) — artrologiya, muskullar — miologiya, ichki
a ’zolar sistemasi — splanxnologiya, qon tomirlar sistemasi — angiologiya,
ichki sekretsiya bezlari — endokrinologiya, sezgi a’zolari — esteziologiya
va nihoyat, nerv sistemasi — nevrologiya bo'lim laridan iborat. Bu bo'lim
a ’zolarning tuzilishi, shakli, ularning o'zaro munosabatlarini o'rganadi.
Topografik anatomiya esa a’zolarning tuzilishi, shaklidan tashqari,
ularning o 'z a ro m unosab atlari, chegarasi va tanadan tashqaridagi
proyeksiyalarini ham o'rganadi.
Shunday qilib, anatom iya fani odam organizm ining tuzilishi va
funksiyalarini ularning evolutsion rivojlanish prinsipiga bog'lab, atrof-
muhit ta’sirida shakllanish qonuniyatlarini aniqlaydi va yoshga, ishlash
sharoitiga hamda vazifalariga qarab rivojlanishini dialektik qonuniyatlar-
ga asoslangan holda o'rganadi.
Funksional anatomiya yoki normal fiziologiyada hujayralaming o'zaro
m unosabati, to 'q im a va a ’zolarning bajaradigan hayotiy vazifalari
o'rganiladi. H ujayralar fiziologiyasi (sitofiziologiya) atrof-m uhitning
hujayralarga ta’siri, hayotiy munosabati bilan shug'ullansa, qiyosiy fizi
ologiya turli organizmlarda boradigan jarayonlarni bir-biriga taqqoslab
yoki har bir shaxsning hayotidagi turli fiziologik jarayonlarni o'rganib
boradi. Xususiy fiziologiya esa organizmdagi a’zolar yoki a’zolar sistemasi
(hazm qilish, qon tomir sistemasi va h.k.) vazifalarini o'rganish bilan
shug'ullanadi.
Bulardan tashqari, fiziologiya odam organizmida jismoniy mehnat va
yoshga qarab kuzatiladigan o 'zg arish larni ham da turli taom larning
organizmga ta’sirini ham o'rganadi. Bu xususiyatlarni fiziologiya, asosan,
hayvonlarda o'tkaziladigan turli tajribalar orqali aniqlaydi. Bunda ko'proq
a ’zolami kesish (operatsiya qilib) yoki payvandlash (bir a’zoni boshqa
organizmga ko'chirib ulash), nervlar, qon tomirlarni kesish yoki turli
biotoklar ishlatish usullaridan foydalaniladi.
Odam anatomiyasi, asosan, murdada o'rganiladi. Lekin bu borada
shifokorlik ixtisosini egallaydigan kishi tirik odam bilan ham munosabatda
bo'lishni e ’tibordan chetda qoldirmasligi lozim. Shuning uchun odam
organizmi va a’zolarining tuzilishi, topografiyasi, asosan, murdada hamda
turli usullar bilan va mavjud texnikadan foydalangan holda tirik odamlarda
ham o'rganiladi. Bu usullar quyidagilar:
1. A n t r o p o m e t r i y a u s u l i . Bunda gavdaning uzunligi, keng
ligi va og'irligi o'lchanib, olingan m a’lumotlar organizmning ayrim bo'lak-
lariga taqqoslanib, ulaming o'sishi yoki o'zgarganligi kuzatib boriladi.
Bu usullardan hozir ham foydalaniladi.
2. K e s i b o c h i s h b i l a n p r e p a r a 1 1 a r tayyorlash usuli. Bunda
skalpel (pichoqcha) va pinset (qisqich) bilan murda a ’zolarini kesish
orqali preparatlar tayyorlanadi.
3. A r r a l a s h u s u l i — birinchi marta N. I. Pirogov qo'llagan.
A w a l murdani qattiq muzlatib, so'ngra uning o'rganish kerak bo'lgan
bo'lagini qavatma-qavat qilib arralanadi. Bu usulda a’zolar topografiyasi-
ni aniqroq o'rganish mumkin.
4. I n y e k s i y a u s u l i
— kovak a’zolar va qon tomirlarga turli xil
kimyoviy moddalar yuborib to'ldirib o'rganish usuli.
5. Y o r i t i s h , r a v s h a n l a s h t i r i s h u s u 1 i . Buning uchun a’zo-
ni birorta kislota yoki ishqor suyuqligiga solib, kuzatib turiladi. Vaqt
o'tishi bilan nurlarning turlicha sinishi natijasida har xil
to'qim alar
bir-biridan ajralib ko'rinadi.
6. K o r r o z i y a y o k i y e m i r i s h u s u l i — kovak a’zolar ichi-
ni tez qotadigan modda bilan to'ldirib, so'ngra kuchli kislota yoki ishqor
suyuqligiga solinsa, a’zolarning to'qim alari yemiriladi-da, bo'sh lig'ig a
yuborilgan modda uning shaklini saqlab qoladi.
7. R e n t g e n n u r i y o r d a m i d a o ' r g a n i s h u s u l i — bu
usul rentgen (1895) nuri kashf etilgandan buyon qo'llaniladi. U tirik
odam tuzilishini o'rganishga keng imkoniyat beradi. Rentgen nurlari
yordam ida suyaklar tuzilishini, ayniqsa, uning rivojlanishini kuzatish
mumkin. Kovak a’zolar rentgen nurlarini ushlab
qololmaydi, shuning
uchun ularga rentgen nurini tutib qoluvchi kimyoviy moddalar yuborib,
ekranda ko'rish (rentgenoskopiya) yoki rasmini olish (rentgenografiya)
yo'li qo'llanadi.
8. P a y p a s l a b k o ' r i b o ' r g a n i s h u s u l i .
9. Perkussiya — barmoq yoki bolg'acha bilan urib ko'rib aniqlash
usuli. Bu ikkala usul poliklinika va kasalxonalarda keng qo'llanilib, undan
a’zolaming chegaralarini o'rganishda ham foydalaniladi.
10. A u s k u l t a t s i y a usuli — maxsus eshitgich asboblari yordami
da a’zolar (yurak, o ‘pka)ning ishlab turgandagi tovushi eshitib ko'riladi.
Bu usul a’zolaming normal yoki kasallik holatini aniqlashda katta yor
dam beradi.
1 1 . M i k r o s k o p d a k o ‘ r i b o ' r g a n i s h u s u l i . Bunda hujay-
ra, to'qim alarning nozik tuzilishi maxsus bo'yoqlar bilan bo'yab mikro
skop yordamida o'rganiladi.
12. Fiziologiyada fizik, kimyoviy va texnik usullar ham keng qo'lla-
nilib, ular yordamida a’zolarning muhim hayotiy vazifalari, shuningdek,
turli tajribalar yordam ida hayvonlarning a ’zolari fiziologiyasi
ham
o'rganiladi. Masalan, a’zolar faoliyatini biotoklar ta’sirida aniqlash mumkin
yoki a’zolami organizmdan olib tashlab, yoki bir organizmdan ikkinchi
organizmga a’zolar yoki ularning bir bo'lagini ko'chirib o'tkazib, ularda
kechadigan jarayonlar ko'zdan kechiriladi. Bundan tashqari, keyingi yillarda
a’zolar fiziologiyasini o'rganishda elektron-hisoblash usullaridan ham keng
foydalanilmoqda.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |