tonusi, harorat va ovqatlanish jarayonlari) ham izdan chiqadi. L.A.Orbe-
lining tasdiqlashicha, «miyacha -
skelet
muskulaturasini va vegetativ
a’zolar faoliyatini boshqarishda bosh miya po‘stlog‘ining yordamchisi-
dir». Miyacha faoliyati izdan chiqqanda odam ko'zini yumib tik tura
olmaydi, ko'rsatkich barmog'ini burniga to'g'ri tegizish qobiliyati yo'qoladi.
Odam nutqi buzilib, bo'lib-bo'lib so'zlaydi.
Rombsimon miya bo‘yni
Rivojlanish davrida rombsimon miya bilan o'rta
miyani birlashtirib
turgan siqiq — bo'yin paydo bo'ladi. Bu bo'yin miyachaning ustki
oyoqchalari, miyachaning oldingi chodiri va qovuzloq uchburchagidan
iborat. Bo'yinning ikki tomonida joylashgan ushbu uchburchak eshitish
yo'li nerv tolalaridan tuzilgan. Xuddi shu bo'yin sohasida IV qorinchaning
oldingi cheti turadi. Miyachaning ustki oyoqchalari oralig'ida
tortilgan
chodir esa miyachadan to'rt tepalikka qadar boradi.
To'rtinchi qorincha
To'rtinchi qorincha old tomondan miya ko'prigi va uzunchoq miya
ning rombsimon yuzasi bilan orqa tomondan miyacha oralig'ida hosil
bo'lgan bo'shliq, oldindan suv yo'li orqali III qorincha bilan, orqadan
esa orqa miyaning markaziy kanali bilan qo'shilib turadi. IV qorincha
ning
tubini rombsimon chuqurcha, old tomondan miyachaning old chodi
ri, orqa tomondan miyachaning orqa chodiri hosil qiladi. Chodirning
ichki yuzasida qorinchaning tomir pardasi bor. Orqa chodirda joylashgan
uchta teshik orqali qorincha miyaning tomirli parda ostidagi bo'shliq
bilan qo'shiladi. Teshiklardan biri rombsimon chuqurchaning pastki bur
chagida, ikkitasi ikki yon burchaklarida joylashgan. Ana shu teshiklar
orqali qorinchalar ichidagi suyuqlik miya pardalari orasidagi suyuqlik
bilan qo'shilib aylanib yuradi.
Qorinchaning old chodiri orqa chodir bilan o'tkir cho'qqi
hosil qilib,
miyacha ichiga botib kirib qo'shiladi.
Rombsimon chuqurcha to'rt burchakli romb shaklida bo'lib, miya
bo'yni ko'prik va uzunchoq miyalaming qo'shilishidan vujudga kelgan.
Rombsimon chuqurcha qoq o'rtasidan o'tgan egat orqali o'ng va chap
bo'laklarga bo'linadi. Egat old tomondan suv yo'liga, orqa tomondan
orqa miyaning markaziy kanaliga tutashib ketadi. Egatning ikki yonbo
shida kulrang moddadan hosil bo'lgan tepalikda yuz nervi bilan uzoq
lashtiruvchi nervning yadrolari joylashgan. Bundan tashqari, eshituv
maydoni, undan chiqqan eshituv nervi tolalarining ko'ndalang yo'nalishi,
VIII juft nervning yadrosi ko'rinadi. Rombsimon
chuqurchaning pastki
qismida XII juft nerv yadrosining uchburchagi joylashgan. Shunday
qilib, rombsimon chuqurchada, yuqorida aytilganidek, bosh miyaning
V,VI,VII,VIII,IX,X,XI va XII juft nerv yadrolari joylashgan.
Shuning
uchun rombsimon chuqurcha odam organizmidagi muhim vazifani baja
radi. Jumladan, yurak va qon tomir, nafas a’zolari, ovqat hazm qilish
sistemasi, siydik chiqarish va tanosil a’zolari faoliyatini avtomatik ra
vishda tartibga soladi va ulami bir butun sistemaga qo‘shadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: