O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


HALQUM Halqum yoki yutqin


bet121/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

HALQUM
Halqum yoki yutqin
(101-rasm) voronkaga o'xshab, pastga tomon 
torayib tuzilgan. U tepadan kalla suyagining tubi (asosi)dan boshlanib, 
o g'iz va burun bo'shliqlariga keng ochilib turadi. Halqumning ikki yon 
tomonidan yirik qon tomirlar 
va nervlar o'tadi. Halqum orqa 
tomondan umurtqa pog'onasi 
va undagi muskullar bilan che­
garalangan, old tomondan esa 
hiqildoq bilan tutashib turadi.
H alq um b o 's h li g 'i uch 
qism (burun, og'iz va hiqildoq 
qismlari)dan iborat.
Halqumning burun qismi 
eng tepa qism bo'lib, burun
101-rasm. Burun, og'iz, halqum,
hiqildoq va kekirdak bo'shliqlari.
1 - burun bo'shlig'i; 2, 2 / , 22 -
burun chig'anoqlari; 3 - ponasimon
suyak kovagi; 4 - tanglay burmasi;
5 - eshituv nayi teshigi; 6, 7 , 9 -
halqum murtagi; 8 - tilcha; 10 -  til-
ta n g la y burm asi; / / - t a n g l a y -
halqum burmasi; 12 - halqumning
o g 'i z q ism i; 13 - h iq ild o q usti
tog'ayi; 14 - halqumning hiqildoq
q is m i; 15 - q iz ilo 'n g a c h ; 1 6 -
kekirdak; / 7 - t i l osti suyagi; 1 8 -
ja g ‘-til osti muskuli; /9 - e n g a k -til
osti muskuli; 20 - engak-til muskuli.


bo'shlig'iga bir juft xoana (bo'shliq) orqali qo'shilib ketgan. Bu qismning 
pastki chegarasi yumshoq tanglay ro'parasida. Halqumning bu qismidan o'rta 
quloq bilan tutashuvchi eshituv (Yevstaxiy) nayi boshlanadi. Nay tog'ayi 
halqum tomonga sal bo'rtib chiqqan. Uni shilliq parda o'rab, orqa tomonida 
bir oz chuqurlikni vujudga keltiradi. Shu chuqurlikda eshituv nayi bilan 
yumshoq tanglay o'rtasida limfa to'qimasidan tuzilgan murtak joylashgan.
Halqumning og'iz qismi old tomondan tomoq orqali og'iz b o 'sh lig 'i­
ga tutashadi. Halqumning bu qismi ham havo, ham ovqat o'tadigan umumiy 
yo'l bo'lganidan, bu ikki jarayonni yumshoq tanglay tartibga solib turadi. 
Ovqat luqmasini yutilganda yumshoq tanglay taranglashib, ko'tarilib havo 
yo'lini to'sadi va havo o'tm aydi. Halqum orqa devorining yuqori qismi­
da limfa to'qim asidan tuzilgan murtak joylashgan. Halqum devoridagi 
ikkita nay murtagi, bitta til murtagi va ikkita tanglay murtagi halqa 
shaklida joylashgan. Bular oralig'ida juda ko'p mayda limfa to'qim alari- 
ni ham uchratish mumkin. Bu murtaklar halqasi organizm da himoya 
vazifasini bajaradi. Halqumning hiqildoq qismi bir oz kalta bo 'lib, 
hiqildoqning orqa tomonida joylashgan. Bu qism pastda qizilo'ngachga 
qo'shilib ketadi. Halqumning hiqildoqqa kirish teshigi bo'lib, uni yon 
tomondan burmalar chegaralab turadi. Ovqat luqmasi o'tayotgan paytda 
hiqildoqqa o'tish teshigini hiqildoq usti tog'ayi (hiqildoq qopqog'i) yopib 
turadi. Suyuqliklar esa hiqildoq teshigining ikki yonboshidagi egatchalar 
orqali qizilo'ngach tomonga o'tadi. Halqumning devori uch qavat bo'lib, 
ichki — shilliq parda, o'rta — muskul qavati va tashqi — biriktiruvchi 
to'qim a pardasidan iborat.
Shilliq parda og'iz, burun bo'shlig'idagi shilliq pardaning davomi 
bo'lib, ko'p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Burun qismi esa kiprikli 
epiteliydan tuzilgan. Shilliq parda ostida, asosan, shilliq bezlar joylash­
gan. Halqumda shilliq osti qavati rivojlanmagan. Shilliq parda muskul 
qavati bilan fibroz to'qim a orqali qo'shilib turadi.
M uskul qavati k o 'n d a la n g -ta rg 'il m uskullardan tuzilgan b o 'lib , 
cherepitsaga o 'xshab, ustm a-ust joylashgan. Halqumning uchta (yuqori, 
o 'rta va pastki) siquvchi m uskullari tafovut qilinadi. Yuqori siquvchi 
muskul kalla suyagining tubi (asosi)dan, o 'rta siquvchi m uskul til osti 
suyagidan va pastki siquvchi muskul hiqildoq tog'ay larid an boshla­
nib, halqum ni ikki tom onidan o 'rab , o 'rta chiziqda o 'z a ro tutashadi. 
Bundan tashqari, halqumni ko 'taruvchi ikki juft muskul ham bor:
1. Bigizsimon o'siq — halqum muskuli chakka suyagining bigizsi­
mon o 'sig 'idan boshlanib, halqum devoriga yopishadi.
2. Halqum-tanglay muskuli yumshoq tanlaydan boshlanib, halqum 
devoriga va qisman hiqildoqqa yopishadi.
Halqum ning siquvchi va ko'taruvchi muskullari navbatm a-navbat 
tepadan pastga qarab qisqarishi tufayli ovqat asta-sekin yuqoridan pastga, 
qizilo'ngach tomon yo'naladi.


Halqumning tashqi biriktiruvchi to ‘qima pardasi muskul qavatini 
tashqaridan o 'rab turadi. Bu pardaning tashqi yuzasini kletchatka (yog' 
o'ram i) o'rab, halqumni qo'shni a’zolardan ajratib turadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish