O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


bet120/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

J a g ‘ o s ti b ezi
alveolar-naysimon tuzi­
lishga ega bo'lib, pastki 
jag ' osti chuqurchasida 
joylashgan, og'irligi 15 g 
cha. Bu b ez y ax sh i 
taraqqiy etgan parda bilan 
o'ralgan. Uning nayi til os­
tidagi so'rg'ichlarga ochi­
ladi. Jag' osti bezi oqsil 
aralashgan shilliq suyuq­
lik ajratadi.
100-rasm. So'lak bezlari.
/ - l u n j bezlari; 2, 3 - yugori lab va uning bezlari; 4,
5 - til va uning bezlari; 6, 7 - pastki lab; 8 - t i l osti
so'lak yo'li; 9 -p a stk i jag' suyagi; 10 -  engak-til osti
muskuli; 12 -  til osti bezi; 13 - j a g '-t il osti muskuli;
14 - pastki jag'-so'lak yo'li; 15 -  pastki jag' osti bezi;
16 - bigizsimon til osti muskuli; 1 7 -  ikki qorinchali
muskul; 1 8 -  chaynov muskuli; 19, 22 - quloq oldi bezi;
20 -  quloq oldi bezi fassiyasi; 21 -  quloq oldi bezining
yo'li.


3. 
Til osti bezi
— alveolar-naysimon tuzilgan, og'irligi 5 g. Pastki 
ja g ‘ suyagi tanasining ichki yuzasidagi shu nomli chuqurchada, til osti- 
ja g ‘ muskuli ustida joylashgan. Bez ustini til osti shilliq qavati burmasi 
qoplab turadi. Bu bez boshqa bezlar kabi bo'lakchalardan tuzilgan. Ular­
ning naylari alohida yoki pastki ja g ‘ bezining nayi bilan qo'shilib, bitta 
nay hosil qiladi. Bu naychalar til ostida shilliq burmasining ikki yoniga 
ochiladi. Bez oqsil aralashgan shilliq so'lak ajratadi.
Og‘iz bo'shlig'i fiziologiyasi
Ovqat moddalari dastlab o g 'iz bo 'sh lig 'id a mexanik va kimyoviy 
o'zgarishga uchraydi. Ovqatning ta’mi, sifati, ularning organizm uchun 
zararsizligini o g 'iz b o 's h lig 'id a joylashgan sezuvchan nerv oxirlari 
(retseptorlar) orqali aniqlanadi. Sifatsiz, organizmga zararli ovqat darhol 
chiqarib tashlanadi. I. P. Pavlov og'iz bo'shlig'ini ovqat hazm qilish 
a’zolari sistemasining sinov bo'lim i deb hisoblagan. Ovqat moddasi og'iz 
bo'shlig'ida 15— 20 sek davomida chaynash yo'li bilan maydalanib, so'lak 
bilan aralashtirib yutishga tayyorlanadi.
So'lak og'iz b o 'sh lig 'i atrofida joylashgan so'lak bezlarining mahsu- 
loti bo'lib, bir kecha-kunduzda o'rtacha 1,5 
I
ajraladi. So'lak amilaza va 
maltaza fermentlari bo'lgan turli tuzlar va oqsil ishqorli suyuqlikdir. 
So'lak fermentlari uglevodlarni qisman parchalaydi, kraxmallarni esa di- 
saxaridlargacha parchalaydi. Mutsin so'lakni yopishqoq qilib, ovqat 
luqmasini yopishtirib yumaloqlaydi va atrofini silliqlab yutishga tayyor- 
laydi. So'lak fermentlari ovqat m e’daga tushguncha o 'z ta’sirini saqlaydi. 
M e’dada esa so'lak fermentlari kislotali muhitda ta’sirini yo'qotadi.
Odatda, ovqat to'g 'risid a gap ketganida, u ko'zga ko'ringanda yoki 
yeyilganda sezuvchi nerv oxirlari (retseptorlar) ta’sirlanishi natijasida so'lak 
ajraladi. T a’sirlangan retseptorlar impulsni markazga intiluvchi nerv orqali 
uzunchoq miyada joylashgan so'lak bezlari markaziy yadrolariga yetkazadi. 
Yadrolardan markazdan uzoqlashuvchi (sekretor) nervlar orqali impulslar 
so'lak bezlariga kelgandan so'ng so'lak ajraladi. Bunga so'lak bezi refleks 
yoyi deyilsa, bezlarning nervlar orqali qo'zg'alib, so'lak chiqarish jara­
yonini so'lak refleksi deb ataladi. Odamda shartsiz yoki tug'm a refleks- 
lardan tashqari, shartli reflekslar ham bo'ladi. Shartli reflekslar hayot 
mobaynida bosh miya p o'stlog'ining bevosita ishtiroki bilan vujudga 
keladi. Bu tashqi ta’sirotlar (ovoz, yorug'lik va b.) ishtirokida vujudga 
keladi. Shartli refleks ta’siri shartsiz refleks (ovqat ta’siroti)dan birm un­
cha oldinroq paydo bo'ladi. Jumladan, ovqat kelishi to 'g 'risid a xabar 
kelishi bilanoq ajrala boshlaydi. Bunga shartli refleks deyiladi.
Odamda so'zlash qobiliyati paydo bo'lishi bilan og'iz bo'shlig'idagi 
mayda bezlar doimiy ishlaydigan bo'lgan. Ular o 'z suyuqligi bilan o g'iz 
bo'shlig'idagi shilliq pardani namlab turadi. Aks holda so'zlash qiyinlashib, 
og'izni qo'shim cha suv bilan namlash kerak bo'ladi.


Yutish.
Ovqat moddasi og'iz bo ‘shlig‘ida mexanik va kimyoviy par- 
chalanib, so'lak bilan aralashib yutishga tayyor bo'lgan luqma odamning 
ixtiyori bilan til ildiziga tomon yo'naltiriladi. Luqma til ildiziga borib 
yumshoq tanglayga tegishi bilan ovqatning halqumga o'tishi (yutish) odam 
ixtiyorisiz bajariladi. Bu vaqtda yum shoq tanglay k o 'tarilib , burun 
bo'shlig'iga kirish yo'li (xoana)ni berkitadi. Hiqildoq esa yuqoriga ko'tarilib, 
unga kirish yo'li — hiqildoq usti tanglay yordamida berkitiladi. Natijada 
ovqat luqmasi halqumga o'tadi va yuqoridan qizilo'ngachga qarab yo'naladi.
Ovqat luqmasi halqumdan qizilo'ngachga yo'nalib, halqum devori 
muskullarining yuqoridan pastga qarab qisqarishi va ovqat moddasining 
og'irligi va uning so'lak bilan o'ralib namlanishi tufayli qizilo'ngachga 
tushadi. Qizilo'ngach muskullari esa to'lqinsimon (yuqoridan pastga qarab) 
qisqarib, ovqatni m e’da tomon suradi. Yutish jarayoni og'iz bo'shlig'idan 
m e’daga tomon, agar ovqat suyuq bo'lsa, 
2
— 3 sek, qattiq bo'lsa, 
6— 8 
sek davomida bajariladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish