Talimiy-tarbiyaviy faoliyat
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
Resurslar
|
Erkin faoliyat
|
Qurish-yasash va matematika
|
|
|
|
Yozgi oromgohlar
|
|
Qurilish materiallari, lego konstruktor, turli kattalikdagi g‘ishtlar
|
Syujetli rolli о‘yinlar va sahnalashtirish
|
Supermarket
|
|
|
Tug‘ilgan kunni nishonlaymiz
|
|
Niqoblar, jihozlar, AKT, kostyumlar, sahna dekoratsiyalari peshtaxtalar, pul, sotuv uchun buyum va oziq-ovqat mahsulotlari
|
Til va nutq
|
“Ertakchi bolalar”
Tanish ertaklarni hikoya qilish
|
“Yurtimni madh etaman”
Vatan haqidagi she’rlar
|
|
|
|
Mavzu asosida rasmlar, she’riy kitobchalar
|
Fan va tabiat
|
|
Ikkilamchi materiallarga yangi hayot bag‘ishlaymiz
|
|
|
|
Turli ikkilamchi materiallar: baklajka, qog‘oz qutilari, smetana idishlari, qiyqim, rangli karton, matolar
|
Sanat
|
Rasm:Yoz mening tassavvurimda
|
Loy ishi: Mening sevimli о‘yinchog‘im
|
|
Applikatsiya: Quvnoq bolalar
|
|
Oq va rangli qog‘ozlar, rangli bо‘yoq, rangli qalamlar, loy.
|
|
Umumiy guruh bо‘lib ishlash
|
|
|
Nutq о‘stirish:
Syujetli rasmlar asosida hikoya tuzish
|
|
“Ona yurtim О‘zbekiston” musiqiy kompozitsiya, jismoniy chiqishlar
|
Mashg‘ulot ishlanmasi, kerakli atributlar
|
AVGUST. TО‘RTINCHI HAFTA
ZAVQLI YOZ
Qurish- yasash va matematika
Mavzu: Yozgi oromgohlar
Maqsad: bolalar о‘zlari dam olgan oromgohlar kо‘rinishini loyihalashtiradilar, qurish malakalarini mustahkamlaydilar.
Kerakli jihozlar: legolar, kubiklar, namuna, mavzuga oid rasmlar, qurilish bloklari.
Faoliyatning borishi:
Namuna va mavzuga oid rasmlarni kuzatish.
Kerakli qurilish bloklarini tanlash.
Ijodiy ish.
Bolalarning ishini muhokama qilish.
Tayyor ishni qо‘shimcha detallar bilan boyitish.
Qо‘shimcha: bolalar istagiga kо‘ra turli dam olish maskanlari maketini yaratish.
Syujetli-rolli о‘yinlar va sahnalashtirish
Mavzu: Supermarket
Maqsad: bolalar dо‘konlar turlari haqidagi bilimlarini mustahkamlaydilar.
Kerakli jihozlar: mavzuga oid dо‘kon rasmlari, turli xil dо‘konlar uchun mahsulotlar, sotuvchi uchun kiyim, maxsus pullar, terminal va kartochkalar.
Faoliyatning borishi:
О‘yin uchun sharoit yaratish
О‘yinni rejalashtirish
Rollarni taqsimlash
О‘yin
Yakuniy suhbat.
Qо‘shimcha: mavzu asosida suhbatlashish.
Alohida e’tibor qaratiladi: dо‘kon turlari va u yerdagi mahsulotlarning ajrata olish malakalari.
Til va nutq
Mavzu:Ertakchi bolalar
Maqsad: bolalar ertaklarni nomini biladilar va undagi voqealar syujetini sо‘zlab beradilar.
Kerakli jihozlar: ertaklar tasvirlangan rasmlar.
Faoliyatning borishi:
Vazifani tushuntirish.
Rasmlarni kuzatish.
Rasmga qarab ertak nomini aniqlash.
Istaklariga kо‘ra ertaklarni hikoya qilish.
Suhbatni yakunlash, umumiy xulosa chiqarish.
Qо‘shimcha: ertak kitoblarni tomosha qilish.
Alohida e’tibor qaratiladi: hikoya qilish malakasi, intonatsiY.
San’at
Mavzu: Yoz mening tasavvurimda
Maqsad: bolalar rasm chizish malakalarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar: namuna, rangli va oq qog‘ozlar, rangli qalam, bо‘yoqlar.
Faoliyatning borishi:
Vazifani tushuntirish.
Namuna bilan tanishish.
Ijodiy ish.
Bajarilgan ish taqdimoti.
Qо‘shimcha: mavzu asosida jamoa ishini taklif qilish.
Alohida e’tibor qaratiladi: ranglar yorqinligi.
Til va nutq
Mavzu: Yurtimni madh etaman
Maqsad: bolalar yil davomida yod olgan she’rlarini qayta eslaydilar va yangi she’rlar yod oladilar.
Kerakli jihozlar: AKT, ovozli yozuv.
Faoliyatning borishi:
Yod olgan she’rlarini eslash.
She’rlarni yoddan aytib berish.
AKT orqali yangi she’rlarni tinglash.
Yangi she’rlarni yod olish.
Yod olgan she’rlarining mazmuni haqida suxbatlashish.
Qо‘shimcha: she’rxonlik tashkil etish.
Alohida e’tibor qaratiladi: eslab qolish qobiliyati, ifodali aytib berish malakasi.
Fan va tabiat
Mavzu: Ikkilamchi materiallarga yangi hayot bag‘ishlaymiz
Maqsad: bolalar har bir narsadan unumli foydalanish va isrof qilmaslik kerakligini biladilar, о‘z qо‘llari bilan ikkilamchi materiallardan yangi buyumlar yaratadilar.
Kerakli jihozlar: bakalajka, turli xildagi qutilar, mevalar urug‘lari, namunalar, yelim, flomaster, rangli qalam, bо‘yoqlar, rangli qog‘oz va oq qog‘ozlar, suv idish, salfetka.
Faoliyatning borishi:
Mavjud buyumlarni tomosha qilish.
Qaysi buyumdan nima yaratish mumkinligini rejalashtirish
Ijodiy ish.
Yangi hayot bag‘ishlangan ishlar taqdimoti.
Bajargan ishlaridan xulosa chiqarish.
Qо‘shimcha: guruh xonasidagi keraksiz buyumlarni jamlash va ularga ikkinchi hayot bag‘ishlash.
Alohida e’tibor qaratiladi: tasavvur va xulosa.
San’at
Mavzu: Mening sevimli о‘yinchog‘im
Maqsad: bolalar loy va plastilindan foydalanish texnologiyasini biladilar, murakkab shakllarni yaratishga intiladilar, ijodiy ishlashda о‘z tasavvurlariga tayanadilar.
Kerakli jihozlar: loy, plastilin, stek, doska, salfetka.
Faoliyatning borishi:
Bajariladigan ishni rejalashtirish.
Kerakli materiallarni olish.
Ijodiy ishni boshlash.
Yaratgan ishlarini qо‘shimcha detallar bilan boyitish.
Bajarilgan ish tahlili.
Qо‘shimcha: sevimli о‘yinchoqlari haqida sо‘zlab berish.
Alohida e’tibor qaratiladi: loy, plastilin bilan ishlash texnologiyasi.
Syujetli-rolli о‘yinlar va sahnalashtirish
Mavzu: Tug‘ilgan kunni nishonlaymiz
Maqsad: bolalar tug‘ilgan kunni nishonlash an’analarini biladilar, tug‘ilgan kun uchun zaruriy buyumlarni mustaqil ravishda tanlab, ulardan maqsadli foydalanadilar.
Kerakli jihozlar: mavzuga oid rasmlari, turli xil sharlar, bayroqchalar, bosh kiyimlar, sovg‘alar.
Faoliyatning borishi:
О‘yin uchun joy tayyorlash.
Sharlar, bayroqchalar bilan bezatish.
Rollarni taqsimlash.
Tug‘ilgan kun sahnasini ijro etish.
Rollarni almashish.
Rag‘batlantirish.
Qо‘shimcha: tug‘ilgan kun qо‘shig‘ini ijro etish
Alohida e’tibor qaratiladi: jamoada ishlash, fikrlarni hurmat qilish.
San’at
Mavzu: Quvnoq bolalar
Maqsad: bolalar mustaqil ravishda qaychidan foydalanish malakalarini rivojlantiradilar, quvnoq chehralarni tasvirlaydilar.
Kerakli jihozlar: namuna, rangli va oq qog‘ozlar, yelim, salfetka.
Faoliyatning borishi:
Namunani kuzatish.
Bajariladigan ishni rejalashtirish.
Ijodiy ish
Yaratilgan ishlarni qо‘shimcha detallar bilan boyitish.
Taqdimot.
Qо‘shimcha: bolalarga “quvnoq” sо‘zini о‘z sо‘zlari bilan tushuntirib berish taklif qilinadi.
Alohida e’tibor qaratiladi: yelimlash, qog‘oz sathida ishni joylashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |