Kerakli jihozlar: о‘yin uchun kerakli bо‘lgan kiyim-kechaklar, idish-tovoqlar, rо‘zg‘or buyumlari.
Faoliyatning borishi:
О‘yin uchun joy tanlash va kerakli anjomlarni tayyorlash.
Ertakni qanday sahnalashtirishni rejalashtirish.
Rollarni taqsimlash.
Sahna namoyishi.
Ijro etilgan obrazlarni tasniflash.
Qо‘shimcha: “Yaxshi va yomon odatlar” mavzusidagi rasmli kartochkalar bilan ishlashni taklif etish.
Alohida e’tibor qaratiladi: о‘zaro munosabatlar, muomala madaniyati.
Til va nutq
Mavzu: “Bir bola bor ismi Salom” R.Farhodiy.
Maqsad: bolalar salom bergan bola odobli bola ekanligini tushunadilar.
Kerakli jihozlar: mavzuga mos bо‘lgan rasmlar, AKT, audio yozuv.
Faoliyatning borishi:
She’r yozilgan audio yozuvni tinglash.
She’r mazmuni haqida suhbat.
She’r mazmunini о‘z sо‘zi bilan hikoyalash.
Bolalarni rag‘batlantirish.
Qо‘shimcha: mavzuga oid maqollarni aytish.
Do'stlaringiz bilan baham: |