Nutq, muloqot, о‘qish va yozish malakalari
|
О‘rganilgan yangi sо‘zlarni topishmoqlar, tezaytishlar, sо‘z о‘yinlari bilan mustahkamlash. Tashkil etilgan suhbatlarda bolalarni faol bо‘lishga chaqirish. Xalq og‘zaki ijodi bilan tanishtirishda davom etish.
|
Bilish jarayonining rivojlanishi
|
5 gacha bо‘lgan sonlarni sanashda ta’limiy о‘yinlardan foydalanish.Miqdor, kattalik haqidagi tushunchalarini mustahkamlash. Vaqt bо‘yicha ilk tushunchalarini mustahkamlashda davom etish. Tejamkorlikka о‘rgatish.
|
Ijodiy rivojlanish
|
Meva va sabzavotlarning suvlaridan bо‘yoqlar tayyorlashni va ulardan foydalangan holda turli rasmlar chizishda davom etish. Sabzavot va mevalar uchun savatchalar yasashda chо‘zish, silliqlash usullaridan foydalanishni о‘rgatish. Qog‘ozni teng 2 ga, 4 ga bо‘lib qirqishni о‘rgatishda davom etish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |