Alohida e’tibor qaratiladi: sо‘zlarni qayta takrorlamaslik va parazit sо‘zlardan foydalanmaslik.
Qurish- yasash va matematika
Mavzu: Pazllardan gulzor yaratamiz
Maqsad: bolalar mayda qо‘l motorikalarini rivojlantiradilar, fazoviy mо‘ljal olish malakalarini mustahkamlaydilar, bо‘lakdan butunni yaratadilar.
Kerakli jihozlar: mavzuga oid pazllar, namuna.
Faoliyatning borishi:
Namunani kо‘rib chiqish.
Ijodiy ish.
Tayyor pazllarda qanday gullar aks ettirilganligini tahlil qilish.
Alohida e’tibor qaratiladi: pazllarni joylashtirish malakasi.
Fan va tabiat
Mavzu: Gullarni parvarishlash
Maqsad: bolalar gullarni parvarishlashni biladilar, gullarga ozor bermaydilar.
Kerakli jihozlar: mavzuga oid rasmlar, turli xil tuvakdagi gullar, gullarni tagini yumshatish uchun ketmoncha va belkuraklar, suvpurkagich, suv.
Do'stlaringiz bilan baham: |