Mavzu: Xotirada mavzuiy natyurmort ishlash.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad:O`quvchilarga xotirada natyurmort kompazitsiyasi haqida ishlashni tushuntirish. F.K Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi: Naturani tasvirlashda kompozitsiya qoidalariga amal qilgan holda tasvir ishlay oladi;
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni kitob o`qishga va badiiy san`at asarlarini anglash ruhida tarbiyalash..T.K Milliy umummadaniy kompetensiya: Madaniy qoidalarga va sog`lom turmush tarziga amal qiladi.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarning dastgoh rangtasviri ishlay olishdagi bilimlarini rivojlantirish. T.K . Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: Mediamanbalardan zarur ma`lumotlarni izlab topa olishni,ulardan samarali foydalana oladi.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: Tushuntirish,savol-javob,amaliy ish.
Dars jihozi: tarqatma savollar, mavzuga mos rasmlar.
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism.
A) O’quvchilar bilan salomlashish. B) Navbatchiningaxboroti. V)Davomatni aniqlash
II O`tilgan mavzuni takrorlash. a)o`tilgan mavzu takrorlanadi b)Uy ishi tekshiriladi v) o`quvchilar
___Natyurmort atamasi qanday ma`noni bildiradi.
___Natyurmort kompazitsiyasi qanday tuziladi?
III Yangi mavzu bayoni
Xotiradan natyurmort kompozisiyasini ishlash ham murakkab bo’lib uni faqat o’zingiz uylab bajarishingiz kerak. Naturaga olinadigan narsalar ixtiyoriy bo’lib hamma o’zicha mavzuli qilib tanlaydi. Natyurmort kompozisiyasi to’g’risida avvalgi darslarda aytilgan shunday bo’lsada qaytarib chiqish zarar qilmaydi. Shu kabi suzlar bilan boshlanib savollar beriladi.
Natyurmort nima degani?
Kompozisiya – chi?
Kolorit degani nima?
Qanday ranglarni bilasiz?
Issiq ranglar qaysilar?
Sovuq ranglar qaysilar? Va hakoza bo’lishi mumkin.
Shundan keyin o’zi bajarib kelgan natyurmort kompozisiyasini va rassom asarlaridan birini tahlil qilinadi. Tahlilga to’liq o’quvchilarning o’zlarini gapirtirish yaxshi bo’ladi. Shuningdek rassomlardan birining asarlaridan olib tahlil qilinishi lozim. Natyurmortning bir necha variantlarini ko’rsatib o’tiladi va rasm chizish doskada bosqichlari takrorlanib o’tadi. Tushuntirib bo’lingach doskani o’chirib tashlanadi va ko’rgazmalar ham olib qo’yiladi. Chunki bolalar undan ko’chirib olishi mumkin. Unda mustaqil fikrga yo’naltirilgan dars to’g’ri bo’lmaydi.
IV Darsni mustahkamlash.
__Xotirada natyurmort kompazitsiyasi qanday ishlanadi?
__Qanday qoidalarga amal qilinadi?
V Dars yakuni darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI Uyga vazifa rasm ishlab kelish.
23-mavzu
Do'stlaringiz bilan baham: |