1469-yil erta bahori - Abu Said Ozarbayjon, G’arbiy Eron va Iroqqacha bo’lgan viloyatlarni egallab turgan turkmanlarga qarshi jangda halok bo’ladi.
1469-yil 24-mart - Sulton Husayn Xurosonning hokimi sifatida tantana bilan Hirotga kirib boradi.
1469-1494-yillar-Movarounnahrda Sulton Ahmadning hukmronligi.
1469-1506-yillar - Xurosonda Sulton Husayn Boyqaroning hukmronligi. Salkam 40 yil hukmronlik qilgan.
1473-1543-yillar - Nikolay Kopernik yashagan davr.
1475-1564-yillar - italiyalik buyuk haykaltarosh Mikelanjelo yashagan davr.
1480-yil - Rusning Oltin O’rdaga 240 yillik qaramligi barham topadi
1480-yil- knyaz Ivan III davrida Moskva Oltin O’rdaga boj-yasoq to’lashdan bosh tortadi.
1481-yil - Fransiyaning janubidagi Provans viloyati Marsel porti bilan qirol hukmiga o’tadi.
1483-yil - savdogarlar chet mamlakatlarga Yaponiyadan 67 ming dona qilich olib ketganlar.
1483-yil 14-fevral - Bobur Mirzo Andijon shahrida tug’ildi.
1483-1520-yillar - buyuk italiyalik rassom Rafael Santi yashagan davr.
1485-yil - Moskva knyazi Ivan IV Rus hukmdori unvonini qabul qildi. Bu davlat bora-bora Rossiya deb ataladigan bo’ldi.
1485-yil - Bosvort yaqinida Yorkiarga qarshi hal qiluvchi jangda g’olib chiqqan, Lankasterlar xonadoni qo’llagan Genrix Tyudor Angliya taxtiga keladi.
1485-1509-yillar - Genrix VII Tyudor davrida qirol hokimiyati kuchayib boradi.
1491-yil - Lyudovikning vorisi Karl VIII Breton gersogining qizi Annaga uylanishi bilan Fransiyaning markazlashuvi yakunlanadi.
1492-yil- Kolumb Hindistonga emas, Amerikaga kelib qolganligini anglamagan.
1492-yil 6-avgust - X. Kolumb 3 la kemada 90 kishilik dengizchi bilan birinchi ekspeditsiyasini boshladi.
1492-yil 12-oktabr - X. Kolumb ekspeditsiyasiAmerikaqit’asidagi San-Salvador («Muqaddas xaloskor») oroli (hozirgi Bagama orollari davlati hududidagi orol)ga kelib tushdi.
1492-yil 12-oktabr-Amerika qit’asining rasman kashf etilgan kuni hisoblanadi.
1493-1529-yillar - Bobur «Boburnoma»da bo’lib o’tgan tarixiy voqealar haqida yilma-yil hikoya qiladi.
1494-yil - Umarshayx Mirzo baxtsiz hodisa tufayli halok bo’lgach, hokimiyat 12 yoshli Bobur Mirzo qo’liga o’tdi.
1494-1495-yillar-Movarounnahrda Sulton Mahmudning hukmronligi.
1495-yil yanvar - Samarqand taxtiga Sulton Mahmud Mirzoning ikkinchi o’g’li Boysung’ur Mirzo o’tqizildi.
1495-1497-yillar - Movarounnahrda Boysung’ur Mirzoning hukmronligi.
1497-yil - Bobur Mirzo ikkinchi marta Samarqandga yurish boshlaydi va yana Samarqand qamali boshlanadi. Bu vaqtda shahar ichida oziq-ovqat tanqisligi yuz bergani tufayli Boysung’ur Mirzo askarlari orasida parokandalik ro’y beradi.Shayboniyxondan yordam ololmagan Boysung’ur Mirzo kam sonli qo’shini va yaqinlari bilan Qunduz hukmdori Xusravshoh huzuriga qochdi.
1497-yil noyabr oxiri - Bobur Mirzo Samarqand taxtini egallashga muvaffaq bo’ldi. .
1498-yil - Atlantika okeani orqali Hindistonga boriladigan dengiz y°’li kashf etildi. Bu kashfiyotni portugaliyalik dengiz sayyohi Vasko da Gama amalga oshirdi.
1498-1500-yillar - Movarounnahrda Sulton Ali Mirzoning hukmronligi.
1499-yil - Muhammad Shayboniyxon Movarounnahmi zabt etishga kirishdi.
1499-1501-yillar - A.Vespuchchi portugaliyaliklar ekspeditsiyasi ochgan. Braziliya qirg’oqlarini tadqiq etdi. Buning natijasida, Kolumb kashf etgan yerlar Hindiston emas, yangi qit’a, degan xulosaga keldi. qit’aga «Yangi Dunyo» deb nom qo’ygan.