1449-yil oktabr - Damashq qishlog’i.yaqinida qattiq jang bo’ladi va bu jangda Ulug’bek yengiladi, Samarqand amiri Mironshoh Qavchin shahar darvozalarini berkittirib, Ulug’bekni ichkariga kirishga qo’ymaydi.
1451-yil - Abulxayrxon katta qo’shin bilan Abu Said yordami va ishtirokida Toshkent, Chinoz va Jizzax orqali Samarqandga Mirzo Abdulloga qarshi yurish qiladi. Sheroz qishlog’i yaqinidagi Buiung’ur anhori yoqasida jang bo’ladi.
1451-yil - Abulxayrxon o’zidan madad so’ragan temuriyzoda Abu Said Mirzoga Samarqand taxtini egallashga yordam berish bahonasida yurish boshladi. Abulxayrxon katta o’ljalar bilan o’z yurtiga qaytadi. Minnatdorchilik tariqasida Abu Said Mirzo Ulug’bekning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga xotinlikka beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |