25
vazifaning qay darajada bajarilishi malakatimiz fuqarolarining ijtimoiy-
siyosiy saviyasi, milliy istiqlol mafkurasining nechog’lik ular ongida
shakllanib, hayotiy dunyoqarashiga aylanishi bilan mushtarakdir. Bu
ulug’vor vazifani hal etishda
xalq maorifi tarmoqlari, umumta’lim
maktablari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari
hal qiluvchi o’rin egallaydi. CHunki, bu o’quv maskanlaridagi ijtimoiy-
siyosiy va tarbiyaviy muhit sharoitida mustaqil O’zbekiston yoshlarining
shaxs va fuqaro sifatida dunyoqarashi shakllanadi. Bu borada xalq ta’limi
tizimining barcha tarmoqlarida o’qitiladigan fanlar, xususan tarix (vatan
tarixi, jahon tarixi) fanining yuqori nazariy-ilmiy va tarbiyaviy saviyada
olib borilishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Masalan O’zbekistonning
kelajagi bo’lgan yosh avlodni tarbiyalash, ular ongida milliy istiqlol
tafakkurini va vatanparvarlik g’oyalarini shakllantirishda Tarix ning o’rni
va imkoniyatlari cheksizdir. CHunki, tarix xalqning xotirasi, Vatanimizning
o’tmishi, avlodlar sevib, ezozlab, o’rganib, o’rnak va
saboq oladigan hayot
maktabidir.
“Tarix inson orqali vujudga keladi va inson orqali abadiyatga aylanadi.
Inson ongi va tafakkuri, qalbi va tuyg’ulari orqali yuzaga kelgan g’odisa
sifatida qadriyatga aylanadi.”
1
Ana shu jihatdan qaraganda inson aql-idroki,
uning tafakkur
darajasi, hayotiy falsafasi, jamiyatni taraqqiy ettirish
yo’lidagi sa’yi harakatlari, butun bir xalq, butun bir jamiyat mentalitetini
belgilaydi. Ana shu mentalitet – millat yoki xalqning umumiy madaniy-
ma’naviy darajasi, aql-idroki va taqakkur maydoni nechog’ligiga qarab
taraqqiyotning yohud tanazulning mazmun mohiyati ochiladi. Tarix esa ana
shu o’ta murakkab, o’ta ziddiyatli, ayni paytda nihoyatda qudratli ruhiyat
orqali, faoliyat orqali xotiraga aylanadi.
Tarixiy o’tmishsiz biror bir xalqning buguni ham , kelajagi ham
bo’lmaydi. Tarix odamlarni o’ylantiradi, bo’lib o’tgan tarixiy voqea va
1
Jo’rayev N. Tarix falsafasi. - T.: Ma’naviyat, 1999. 15-bet.
26
hodisalarni farqlash, tahlil
qilish va ulardan amaliy, hayotiy xulosalar
chiqarish asosida dasturiy harakatlar yo’llanmasini belgilashga yordam
beradi.
Ma’lumki, o’tmishni o’rganmay kelajakni yaratib bo’lmaydi. Zero,
bugunning qadru – qimmati, mohiyati va salmog’i kechagi kun tarozisi
orqaligina to’liq idrok etiladi. Darhaqiqat, tarixdan kelajakka xizmat
qiladigan amaliy xulosalar chiqarulmagunicha hech bir jamiyat ilgarilab
rivojlanmaydi.
Dunyo xalqlari tarixi insoniyat taraqqiyoti haqida to’la va batafsil
tasavvur, bilim hamda tushunchalar berib,
yoshlarning har tomonlama
barkamol shaxs bo’lib, yetishishida muhim o’rin tutadi. Zotan, komil inson
tarbiyasi davlatimiz siyosatining ustivor sohasidir.
Dunyo xalqlarining tarixiy tajribalaridan foydalanish, ya’ni tarixda
bo’lib o’tgan voqealardan, hodisalardan, turli madaniyat va ma’naviyat
sohasida faoliyat ko’rsatgan allomalar, tarixiy shaxslar hayotidan, iqtisodiy
taraqqiyotidan, yangi farovon jamiyat qurish yo’lida insonlarni fozil, komil
kishilar qilib tarbiyalashda foydalanish va hozirgi
davrga xizmat qildirish
eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Haqqoniy tarix dillarga hayot qonini
quyuvchi, tillarga so’z baxsh etuvchi, saltanatlarni qayta yaratuvchi, o’tib
ketgan asrlar silsilasini butun hayajonlari, egalari bilan ko’z o’ngimizda
namoyon etib, hayotimiz sarhadlarini kengaytiruvchi mo’jizadir. Uning
ma’naviy qudrati ila biz barcha kechmish zamonlarning odamlariga
hamdamu hamnafas bo’lamiz,ular bilan goh suyib, goh kuyib dilimizni
rag’batlantiruvchi, huslarimizga
ozuqa beruvchi turli voqealar, ajabtovur
fe’l – atvorlar dunyosiga oshno bo’lamiz.
Tarixni insoniyat taraqqiyotining dardu quvonchlar i, g’alabalaru
mag’lubiyatlari, yaratuvchilik qudratiyu barbod etuvchi qora kuchlari,
jasorat va xiyonat, oq va qoraning shiddatli to’qnashuvlari haqida hikoyalar
bitilgan kundalik daftar deyish mumkin.