Angliyada huquqning asosiy belgilari. Dastlabki davrlardagi Angliya feodal huquqi o‘zining murakkabligi, chalkashligi va ustamonlik bilan qilinganligi (kazeistikligi) bilan ajralib turgan. Bu holat uning alohida yo‘llar bilan rim huquqi ta’sirisiz shakllanganligiga bog‘liqdir.
XV asrda normandlar bosqiniga qadar Angliyada huquqning asosiy manbalari odatlar va qirollik qonunlari hisoblangan. Odat huquqining sudnoma va qonunnomalar deb yuritiluvchi ko‘plab to‘plamlari tuzilgan. Bularga misol tariqasida Etelbert sudnomasi, Ien qonunlari, Buyuk Alfred sudnomasi, Etelstan va Knut qonunlari sigari yetakchi rol o‘ynaganlarini ko‘rsatish mumkin. Bulardan tashqari huquqning muhim manbalari qatoriga joriy qonunlarni ham kiritish mumkin. Jumladan, Xlotar (673– 685-y.), Edrik (685–686-y.), Eduard (899–925-y.), Edmund (939–946-y.), Edgar (959–975-y.), Etelred II (979–1014-y.) va boshqa qonunlar.
Angliyaning XI asr boshlarida Daniya qiroli Knut tomonidan bosib olinishi natijasida Daniya (Knut) qonunlariga Angliya qonunlari bilan teng huquq berilgan. Angliya Normandiya tomonidan egallanishi oqibatida esa qirollar ingliz-sakslarning eski va asl odatlariga rioya etishga qaratilgan siyosat yuritadi.
XII asrda qirollik sayyor sudlarining doimiy faoliyat yuritishi natijasida mamlakatning umumiy huquqi tashkil topadi. Umumiy huquq qonunchilikdagi kamchilik natijasida normand va ingliz-sakslar odat huquqlari asosida vujudga keladi. Sayyor sudlar «sudya harakatdagi huquq normasini qo‘llaydi», degan prezumpsiyadan foydalangan. Ular tomonidan o‘rnatilgan tamoyil sud odatiga aylanib, barcha sudyalar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan. Faqat yuqori sud organlari tomonidangina bekor qilinishi mumkin edi. Ulardan foydalanish uchun qulaylik yaratish, nazorat o‘rnatish maqsadida sud ishlari materiallarining e’lon qilinishi bilan birga sud pretsedenti nazariyasi ham shakllandi. So‘ngra ilgarigi qarorlarda mustahkamlangan rahbariy tamoyil kelajakda shunga o‘xshash masalalarni ko‘rishda asta-sekin namuna kuchiga ega bo‘la boshladi.
asrda tarixiy sharoitlar ta’sirida Angliyada adolat sudi paydo bo‘la boshladi. Shu bilan birga, yana bir huquqiy tizim – adolat huquqi shakllanib boradi. U sudlarda himoyalanmaganlarni himoyaga olish barobarida yuzaga kelgan. XIV asr boshida lord-kansler huzurida adolat me’yorlariga tayanuvchi sud organi ish olib borgan.
asrdan olimlarning muhim va murakkab huquqiy masalalar bo‘yicha traktatlari paydo bo‘la boshladi. Ular amaldagi (statut) huquq normalari bo‘yicha qo‘llanma asarlar bo‘lib, ingliz huquqining o‘ziga xos manbai xarakteriga ega bo‘lgan.
Qirollik qonunlari assizalar, xartiyalar, ammo ko‘proq ordonanslar, statutlar deb atalgan. Ayrim qirollarning qonunlari ma’lum darajada umumiy huquqning shakli va mazmunini belgilagan. Uning asosiy qoidalari va tamoyillarini ishlab chiqqan.
Angliyaning o‘rta asrlardagi huquq manbalari ichida savdo va kanonik huquqi me’yorlari alohida o‘rin tutadi. Ularning huquqiy kuchi ko‘pincha qirollik statutlari bilan mustahkamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |