1.
Mudoraba sarmoyaviy omonat bitimi.
Ushbu bitim ikki yoki undan ortiq taraflar o’rtasida biznes yoki savdo yuritishdagi
sherikchilikni o’zida aks ettiradi, bunda bir tomon-sarmoyador (rabb al-mal) mablag’larni
beradi, boshqa tomon- bank (mudorib) esa investorning kapitalini boshqarish uchun o’z
bilim va tajribasi bilan ishtirok etadi. Bunda tomonlar agar loyiha (tadbirkorlik faoliyati)
natijasida foyda olinsa, unda u (foyda) hamkorlar o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida
taqsimlanadi, aksincha bo'lsa (ya'ni zarar ko'rilsa), sarmoyador moliyaviy zarar ko'radi, o'z
iqtidori va mehnati bilan hamkorlikka kirishgan sherik esa loyihaga (tadbirkorlik faoliyatiga)
sarflagan mehnati va vaqtini yo'qotadi. Shuningdek, agar zarar mudoribning xatosi tufayli
ko'rilgan bo'lsa, u xolda uning mutaxassis sifatidagi obro'siga putur etadi, agar mudoribning
loqaydligi, imzolangan shartnomaga yoki tasdiqlangan loyiha shartlariga rioya qilmaganligi
oqibatida zarar ko'rilgan bo'lsa, u holda zarar mudorib tomonidan qoplanadi.
Shariat har qanday moliyaviy munosabat va faoliyat jarayonida ta’qiqlaydigan
elementlardan holi ravishda mudoraba bitimini amalga oshirishda bir necha muhim shartlar
mavjud bo’lib, ularni quyida ko’rib chiqamiz:
sarmoya egasining tadbirkorlik loyihasiga kiritgan sarmoyasi evaziga daromad
miqdorini avvaldan belgilab qo'yishi, ya'ni daromad miqdorining loyiha natijasiga (foyda yoki
zarar bilan chiqishiga) bog'liq bo'lmasligi mumkin emas, sababi, har qanday oldindan
belgilangan foyda ustidan kafillik islomiy nuqtayi nazardan
ribo
(sudxo’rlik) sanaladi;
mudarib, ya'ni iqtidor/mehnat egasining hamkorlikdagi faoliyat davomida o'z
mehnatiga maosh talab qilishi mumkin emas (kelajakdagi ko'rilishi mumkin bo'lgan foyda
hisobidan bo'ladimi yoki undan tashqarimi, farqi yo'q). Yuqorida aytib o'tilgandek, mudorib
faqat loyiha natijasida olinishi mumkin bo'lgan foyda hisobidangina ulush olishi mumkin.
Tomonlardan birining o'zi uchun oldindan, ya'ni faoliyat natijasi aniq bo'lmasidan turib
belgilangan miqdorda foyda yoki maosh olishga intilishi ikkinchi tarafga nisbatan ayni
adolatsizlik (chunki loyiha natijalari har xil bo'lishi mumkin) va albatta bunday adolatsizlik
kishilar o'rtasida nafrat va adovat paydo bo'lishiga olib boradi va jamiyatdagi
munosabatlarni izdan chiqaradi. Bu kabi jarayonlarning olib borilishi islom moliyasi
ta’qiqlovchi yana bir element
g’arar
(noaniqlik, spekulyativ holatlar)ning kelib chiqishining
oldini oladi.
Mudoraba shartnomalari bank va tadbirkor o’rtasida, shuningdek, omonatchi va bank
o’rtasida ham tuzilishi mumkin. Dastlabki holatda, bank loyihani moliyalashtirganligi sababli
tadbirkor mudorib sifatida qatnashsa, keyingi holatda omonatchi sarmoyador sifatida
ishtirok etganligi sababli bu vazifani bank bajaradi. Bank va tadbirkor o’rtasida mudoraba
bitimini amalga oshirish jarayoni quyidagi chizmada keltirilgan (1-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |