«orol» Ўyini



Download 118,9 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi118,9 Kb.
#268329
  1   2
Bog'liq
orol.oyini


«OROL» O’YINI




O’yinning maqsadi: O’quvchilarni xalq xo’jaligining kadrlarga bo’lgani ehtiyojini, kasblarning ahamiyatini tushuntirishga mo’ljallangan.

O’yin o’quvchilarni kasblarning jamiyat hayotidagi ahamiyatini yaxshi idrok etishini ta’minlaydi. SHuningdek, ulasrni biron bir kasbni tanlashga yo’naltiradi.



O’yinning shartlari.

1.O’yin 7 va 8- sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan.

2.O’yinni ijrosi uchun ajratilgan vaqt: 40 daqiqa.

3.Sinf doskasidan o’yin natijalarini qayd etish uchun foydalaniladi.

O’yin bosqichlari: Ushbu o’yin ortiqcha tayyorgarliksiz, to’g’ridan to’g’ri o’tkaziladi. O’yin bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. O’quvchilarga o’yinning nomi elon qilinadi va «OROL» o’yinining umumiy qoidalari o’qib eshittiriladi: faraz qiling, hammamiz mo’’jiza ro’y berib, kimsasiz bir orolga tushib qoldik. Bizni qachon qutqarishlari noma’lum. Kimsasiz orolda yashab qolishning ikkita yo’li bor: birinchisi, yashash uchun zarur narsalarni yaratish va ishlab chiqish. Ikkkinchisi, kimsasiz oroldagi siviliztsiyalashgan odamlar bilan birga yashashga organish. Boshlovchi: biz siz bilan 40 daqiqa ichida birgalikda bu masalani hal qila olishimiz mumkinligini isbot qilishmiz kerak. Ichimizda eng yoshi katta men bo’lganligim uchun yetakchilik qilaman. SHuni bilingki, bizning jamiyatimiz demokratiyaga asoslangan. Qani kimda yana qanday takliflar bor?

2. O’quvchilarning takliflari og’ir sharoitda yashab qolish chora-tadbirlarini o’ylab topishga qaratiladi (yashash uchun joy, oziq-ovqat va boshqalar). O’qituvchi o’quvchilarning barcha takliflarini birma-bir doskaga yozadi.

3. Takliflarni oldindan muhokama qilish ham mumkin. Ulardan eng muhimlari ajratib olinadi va sinf doskasida yozib qo’yiladi.

O’yinning 2 va 3-bosqichlarini 5-10 daqiqada yakunlash maqsadga muvofiq.

4. Ish jadvali tuzilayotganda boshlovchi umumiy ishtirokchilarning soniga tayanadi. Har bir yashab qolish chora-tadbirlariga nechtadan odam kerakligi aniqlanadi. Qachonki ish jadvali tuzilayotganda boshlovchi umumiy ishtirokchilar sonidan kelib chiqib, tirik qolish chorasni kurish uchun har bir ishga qancha ishchi keraklgini taqsimlaydi.

Bu jaryonni o’quvchilar birgalikda muhokama qiladilar va unga aniqlik kiritib oladilar. Boshlovchi har bir ish turi va unga qancha ishchi jalb qilinishini doskaga yozib boradi. Bu bosqich uchun 3 yoki 5 daqiqa ajratiladi.

5.Boshlovchi o’quvchilarga kim qaysi ishni bajarishni xohlashlarini qo’l ko’tarib bildirishlari va odamlar sonini belgilangan me’yordan kam yoki oshmasligini taklif qiladi. SHuningdek, ish turiga ko’ra xohlovchilarning ismi doskaga yozib qo’yiladi. Odatda o’yin jaryonida noodatiy talab va istaklarga duch kelinadi.

Agar o’yinga ajratilgan vaqt kamlik qilsa, u holda joriy bosqichdan keyin muhokamani uyushtirish mumkin

6. Boshlovchi noma’lum kasalga chalinganligi va u 3 daqiqadan so’ngra hayot bilan xayrlashishini e’lon qiladi. O’quvchilardan hayotni davom ettirishni yo’lga qo’yuvchi tezkor Kengash tuzishlari kerakligini aytadi. Unda Kengash tarkibi va a’zolikka nomzodlarni saralash masalasi hal etiladi.

7. Boshlovchi o’limidan keyin “yovuz ruxga” aylanib qolishni bayon qiladi, uning jamoada qolishi o’quvchilarning hayotiga xavf solishi, ofat va balolar keltirib vaziyatni yanada qiyinlashtrishni mumkinlgni aytadi. O’layapman. Hayotda yana muammolar tug’ilishi va qiyinchiliklar duch kelinishi mumkinligi, buni kengash orqali hal etish muhimligini bildiradi. Uning so’zlaridan keyin kengash a'zolarga kelajakda tirik qolib yashash choralarni ko’rishni, hal qilinmagan muammolarni hal qilishlarini taklif qiladi va sinfning oxirgi partalardan biriga borib o’tirib oladi. Ma’lum vaqt o’yindan o’zini chetga olib turadi. .

8. Kengash a’zolari tirik qolish uchun barcha choralarni izlay boshlaydi va aniq rejalar asosida guruhlarga ishlarni taqsimlab beradi (ishchilar bilan maslahatlashgan holda ular o’zlariga yuklatilgan ishlariga masuliyat bilan yondashishlari lozimligi tushuntiriladi). Kengash a’zolarining ish jarayonidagi erishgan yutug’laridan kelib chiqib, boshlovchi ularning faoliyatiga ayrim qiyinchiliklarni tug’diradi: tropik kasalliklar yordamida faol o’quvchilarning faolligini susaytirishi mumkin ( zaruriy tibbiy yordam chaqirish); shamol, jala yordamida ayrim ishchi guruhlarining ishlarini yanada qiyinlashtiradi.

Epidemiya xavf solganda boshlovchi kengash a’zolariga sanitariya -gigiena inshoatlarini qurish kerakligi haqida ishora beradi.

Agar kengash a’zolari o’z vazifalarini yaxshi uddalay olmasalar ham boshlovchining o’yinga aralashishi kerak emas.


Download 118,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish