HOZIR UXLASANG, ALBATTA, ORZULARINGNI TUSHINGDA KO’RASAN. AGAR UYQUNING
O’RNIGA O’QISHNI TANLASANG, ORZULARINGNI HAYOTDA KO’RASAN.
6-SINF, TARIX, 11-20-MAVZULAR,
(ODDIY DARAJA)
1.Mesopotamiya aholisining asosiy mashg`uloti ...... bo`lgan.
A) Hunarmandchilik B) Chorvachilik
C) Dehqonchilik D) Baliqchilik
2. Mesopotomiyada Quyosh xudosi…
A) Sina B) Ishtar C) Shamash D) Eа
3. Dunyodagi eng qadimiy afsonalardan bo`lgan –
«Dunyoning suv bosishi haqida»gi afsona qayerda
vujudga kelgan?
A) Qadimgi Misrda B) Qadimgi Mesopotamiyada
C) Qadimgi Hindistonda D) Qadimgi Xitoyda
4. «Mesopatamiya» so`zining lug`aviy ma`nosi tog`ri
berilgan javobni aniqlang.
A) daryoning narigi tomoni B) ikki daryo oralig`i
C) ulug` xonadon D) tutashgan daryo
5. Xammurapi vafotidan keyi kimlar Bobilni bosib
oladilar?
A) oriylar B) kassitlar
C) tarixda noma`lum xalqlar D) ossurlar
6. Ma`lumki, Bobil shahrining sakkizta darvozasi
bo`lgan, ulardan har biri mamlakat bosh xudolaridan
birining nomi bilan atalgan. Ayniqsa, iloha Ishtar
nomidagi darvoza chiroyli va nafis bo`lib unga
nimalarning tasviri tushirilgan edi?
A) afsonaviy hayvonlarning B) gullarning
C) hukmdorlarning D) xudolar va qahramonlarning
7. Quyidagi javobardan faqat Ossuriya tarixiga oid
to`g`ri javobni aniqlang.
1. Qadim zamonlarda ossuriyaliklar Frot va Dajla
daryolari yuqori oqimidagi kichik hududni egallashgan
2. Ossuriyaliklar jangari xalq bo`lgan.
3. Aholining asosiy mashg`uloti dehqonchilik va
chorvachilik edi
4. Tarixda nomlari noma`lum xalqlar (ularni
«dengiz xalqlari» deb atashgan) Ossuriya poytaxtini
bosib olib, shaharni butunlay vayronaga aylantirdilar
5. Yurishlarda raqiblardan tortib olingan hamma narsa
poytaxtga oqib kelar edi
A) 1,2,5 B) 1,2,3,4,5 C) 1,3,4,5 D) 2,3,4
8. Urartu davlati qaysi asrlarda gullab yashnadi?
A) mil.avv.XI-X asrlarda B) mil.avv.IX-VIII asrlarda
C) mil.avv.XII-XI asrlarda D) mil.avv.VII-VI asrlarda
9. Quyidagi qaysi kitobda yer yuzini To`fon bosishi
haqida rivoyatlar mavjud?
A) «Bibliya»da B) «Avesto»da
C) «Behustun » da D) «Marhumlar kitobi»da
10. Elam davlati qachon vujudga kelgan?
A) mil.avv V ming yillikda B) mil.avv III ming yillikda
C) mil. avv IV ming yillikda D) mil.avv II ming yillikda
11. Misrni bosib olgan Ahamoniylar podshosi kim edi?
A) Doro I B) Kserks C) Kambiz II D) Kir II
12. Quyidagi javoblardan qaysi biri Doro I nomi bilan
bog`liq emas?
A) Mamlakatda «darik» deb atalgan yagona oltin
pulning zarb qilinishi
B) Qora dengiz bo`yida yashovchi skiflar ustiga
yurishi
C) Midiyani bosib olinishi
D) «Shoh yo`li» deb atalgan savdo yo`li barpo qilindi
13. Makedoniyalik Aleksandr qachon Fors davlatini
bosib oladi?
A) mil.avv.335-yil B) mil.avv.330-yil
C) mil.avv.339-yil D) mil.avv.135-yil
14. Qadimgi Fors davlati hukmdori Doro I tomonidan
amalga oshirilgan islohotlar to`gri berilgan javobni
aniqlang
1. Mamlakatda «darik» deb atalgan yagona oltin
pulning zarb qildiridi
2. «Shoh yo`li» deb atalgan savdo yo`li barpo qildi
3. Mixxatsimon yozuv islohotlarini amalga oshirdi va
mamlakatda ichkilikbozlikni ta`qiqladi
4. Saltanatni «satrapliklar» deb nomlangan alohida
harbiyma`muriy o`lkalarga taqsimladi
5. Qo`shinlarni qaytadan tuzdi
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2,4,5 D) 2,3,4,5
15. Qadimgi hindlarda donishmandlik xudosini
aniqlang.
A) Ganesha B) Sina C) Indra D) Ea
16. Quyida qadimgi hindlardagi kastalar xato berilgan
javobni toping.
A) Braxmalar -kohinlar (hind ruhoniylari)
B) Vayshiyalar -dehqon, savdogarlar
C) Kshatriylar - jangchilar
D) Shudralar-qullar, ziroatchilar
17. Maurya davlati kimning davrida gullab-yashnadi?
A) Chandragupta В) Gaumata
C) Gautama D) Ashoka
18. Qachon Makedoniyalik Aleksandrning Hindistonga
yurish qildi?
A) mil.avv.327-yil B) mil.avv.325-yil
C) mil.avv.318-yil D) mil.avv.310-yil
19. Ma`lumki, qadimgi Xitoy hududida ilk davlat
Xuanxe daryosi bo`yida
paydo b`oladi. Bu davlatni qaysi sulola boshqarib
turadi?
A) Tan B) Sya C) Shan D) Min
20. Nima uchun Chjou davlati hukmdorlari o`z
davlatni «Osmon ostidagi podsholik», o`zlarini
«Osmon o`g`illari» deb atashgan?
A) Tog`lik hududlari ko`p bo`lgani uchun
B) Davlat ulkanligi bois
C) Ko`plab mol-mulklari bo`lgani bois
D) Barcha javob to`g`ri
21. Qachondan boshlab Chjou davlatida markaziy
hokimiyat zaiflasha boshladi?
A) Mil.avv.IX-VIII asrlarda
B) Mil.avv.VIII-VII asrlarda
C) Mil.avv.VII-VI asrlarda
D) Mil avv.VI-V asrlarda
22. Buyuk Xitoy devorini qurish qachondan
boshlangan?
A) mil.avvalgi IV asrdan
B) mil.avvalgi III asrdan
C) mil.avvalgi IV asrdan
D) mil.avvalgi V asrdan
23. Qachondan boshlab Xitoyda bambuk o`rnida
shoyidan foydalanishga o`tilgan?
A) bundan 2 ming yil oldin
B) bundan 3ming yil oldin
C) bundan 2,5 ming yil oldin
D) bundan 3,5 ming yil oldin
24. Saklarning qaysi guruhi ko`pchilikni tashkil etgan?
A) saka-tigraxauda B) saka-tiay-taradarayya
C) saka-xaumovarka D) saka-tiyya-movarka
25. Afrosiyobga qachon asos solingan?
A) mil.avv. VII-VI asrlarda B) mil.avv. VIII-VI asrlarda
C) mil.avv. VIII-VII asrlarda D) mil.avv. V-IV asrlarda
26. Zardushtning ismi Yunonistonda qanday atalgan?
A) Zaratush B) Zaramuzda
C) Zoroastr D) Zardusht
27 .« Payg`ambar» so`zining ma`nosini aniqlang.
A) ezgu so`z, ezgu o`y , ezgu amal
B) qat`iy belgilangan qonun qoidalar
C) ezgu ammallar haqida habar beruvchi
D) ezgu amallarni bajaruvchi
28. «Avesto»ning ilk qismi qachon paydo bo`lgan?
A) mil.avv. VII-VI asrlarda B) mil.avv. VIII-VI asrlarda
C) mil.avv. IX-VIII asrlarda D) mil.avv. V-IV asrlarda
29. Zardushtiylik dinida yovuzlik xudosini aniqlang
A) Ahuramazda B) Anaxita
C) Ahriman D) Mitra
30. «Makedoniyalik Aleksandr tarixi» asarining
muallifini aniqlang.
A) Arrian B) Sim Syan
C) Geradot D) Kvint Kursiy Ruf
31. Insoniyat tarixidagi birinchi bosqich
kishilarning….ga birlashuvi bo`lgan.
A) urug` jamoasi B) davlat
C) qabilalar D) ibtidoiy to`da
32. Ilk paleolit qaysi davrlarni o`z ichiga oladi?
A) Miloddan 3-2 million yillar avval
B) Miloddan 1 million-100 ming yil avval
C) Miloddan 100-40 ming yil avval
D) Miloddan 40-12 ming yil avval
33. Eng qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad
keltirishiga yohud balo-qazoni bartaraf etishiga ham
e`tiqod qilganlar. Bu e`tiqod......nomini olgan.
A) totemizm B) fetishizm
C) animizm D) shomonizm
34. «Zantu» bu...
A) qabila B) hududiy qo`shnichilik jamoasi
C) katta patriarxal oila D) qabilalar ittifoqi
35. Misr g`arbda qaysi davlat bilan chegaradosh
bo`lgan?
A) Nubiya B) Finikiya C) Liviya D) Falastin
36. Eng katta piramida qachon qurilgan?
A mil. avv. 2500-yil. B) mil. avv. 2600-yil
C) mil. avv. 2700-yil D) mil. avv. 2800-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |