Xafqaro iqtisodiy tashkilotlar - ikki turdagi — ishtirokchilari bevosita davlatlardan iborat hukumatlararo (davlatlararo) hamda tarkibiga ishlab chiqaruvchilar birlashmalari, kompaniya va firmalar, ilmiy jamiyatlar va boshqalar kiruvchi noJiukumat taslikilotlari.
Jahon banki - 1944-yilda Xalqaro valuta jamg‘armasi bilan bir vaqtda tuzilgan birinchi davlatlararo investitsiya institutidir. Bank o‘zining faoliyatini 1946-yil 25-iyundan boshlagan.
Xalqaro rafiifa jamg’armasi — xalqaro savdo va valuta hamkorligini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatish maqsadida 1944 -yilda tashkil etilgan xalqaro valuta-moliya tashkiloti. Xalqaro valuta jamg‘aramasi — a’zo davlatlar o‘rtasida valuta-kredit munosabatlarini tartibga solib turish va ularga to‘lov balansining kamomadi bilan bog‘liq valutaviy qiyinchiliklar paytida chet el valutasida qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish yo‘li bilan moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan hukumatlararo tashkilot. O‘z amaliy faoliyatini 1947-yil l-martdan boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |