jahon bozori konyunkturasi — jahon tovar bozorlaridagi sotish sharti, ushbu bozorlardagi talab, taklif, narxlar darajasi, ularning o‘zgarish tendensiyalari.
Joriy konyunt:tura - muayyan davrda tovarlarga bo‘lgan talab va taklifning tarkibi, dinamikasini shakllantiruvchi iqtisodiy sharoit va omillar majmui. Joriy konyunktura ayni davrdagi milliy va jahon iqtisodiyotining u yoki bu omillaridan tarkib topgan vaqtincha)ik vaziyatni ifodalaydi.
«Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim istiqbollari va ustuvor yo‘na1ish1arini belgilab olar ekanmiz, biz ichki ehtiyojning o‘sishiga alohida e’tibor qaratishimiz kerak bo‘ladi. Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan Inqirozga qarshi choralar dasturida ana shunday yondashuv asosida ish tutganimiz o‘tgan yillarda o‘zini to‘la oq1adi».2'
Mahsulotlarni standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash ham korxonalarni o‘z faoliyatini iste’molchi talablariga moslashtirishga majburlashtiradigan omillardan biridir.
Standartlashning asosiy vazifasi mahsulotning atrof-muhit, aholining hayoti, sog‘ligi, mol-mulkiga xavfsizlikni ta’minlash uchun texnikaviy va axborot jihatidan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o‘zaro almashuvchanligi, ularni nazorat qilish usullar birligi va tamg‘alash birligini ta’minlash kabilardir.
Respublikada xalqaro iqtisodiy aloqalarning kuchayislii, savdo- sotiqning rivojlanishi, ichki va tashqi bozorga tovar chiqarishdagi raqobatning kuchayishi, ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish, ishlab
chiqarish samaradorligi va mahsulot sifatini yaxshi- lashning barcha imko- niyatlarini, izlab topish va ulardan amalda foyda- lanish bo‘yicha bir qator, muhim vazifalami ko‘n- dalang qo‘yadi. Bunday sharoitda mahsulot sifatini boshqarish tizimidagi muhim vosita sifatida,
uning hayotiy siklining barcha bosqichlarida standartlash metrologiya va sertifikatlashtirishning roli benihoya ortadi.
Jahon birjalarida konditsion, ya’ni standard talablariga muvofiq keladigan tovarlar uchun yuqori narx va har qanday nostandart tovar uchun yaroqsiz mol sifatida juda past narx belgilanadi.
Standartlashtirishnlng muhim vazifalaridan biri — sifat ustidan davlat •nâzoratim Matish &o‘1ib,” ng asosini haqtqiy olingan mahsulot bilan standart talablari ko‘rsatkich1arini qiyoslash tashkil etadi.
' I. A. Karimov. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonuncl'iilik palatasi va Senatining Qo‘shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» ma’ruzasi // Xalq so‘zi gazetasi, 12.11.2010.
Do'stlaringiz bilan baham: |