Kichik brines subyektlari — korxona ko‘1ami, ishlab chiqarish hajmi, ishlovchilar soni, moliyaviy mablag‘lari miqdori va boshqalar jihatidan imkoniyatlari cheklangan ishlab chiqaruvclii subyektlar. Respublikamizda sanoat ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida (masalan, yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik sanoati va h.k.) 100 kishigacha, ayrimlarida (masalan, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika sanoati va boshqalarda)
50 kishigacha, xizmat ko‘rsatish sohasida 25 kishigacha ishlovchi korxonalar kichik biznes subyektlari hisoblanadi.
Xususiy tadbirkorlik — bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan o‘zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy
" «O'zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g’risida»gi qonunning 4-moddasi.
daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo‘jalik faoliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |