Uchinchi belgisi o‘zlik mulkiga ega bo‘1ishi. Korxona mol-mulkini o‘z xohishi bo‘yicha ishlatishi mumkin.
To‘rtinchidan korxona o‘z liarakati va burclilari oldida moddiy javobgarligi.
Va nihoyat, korxonaning oxirgi belgisi uning o‘z nomiga ega bo‘1ish. Bu belgi tashqi qarashda formal ko‘ringan bilan moddiy ahamiyatga egadir. Chunki u o‘z nomi bilan bitimlar tuzadi, tashqi aloqalarni amalga oshiradi, o‘z imidjini asraydi, ulug‘laydi, sud organlariga talabgor yoki javobgar sifatida chiqadi, faoliyatini reklama qiladi va boshqa funksiyalarini amalga oshiradi.
Zamonaviy korxona mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lib, ularning ishlab chiqarish vositalari va boshqa mulklari rejali iqtisodiyot sharoitlaridagidek davlatning o‘zigagina tegishli bo‘lmaydi.
Shu sababli korxonalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |