O‟rmonov N. T., Ismailov A. R



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/128
Sana23.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#842538
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128
Bog'liq
2 5296593140176656007

 
 
9.5. Korporativ maqsad -- korporativ strategiyalarning ahamiyati 


181 
Korporativ maqsad - korporativ strategiyalarni baholash, korporativ 
strategiyalarni moliyaviy ta‘minlashning usul va mezonlarini aniqlash korporativ 
boshqaruvning moliyaviy mexanizmidan foydalanish, ko‗proq samarali moliyaviy 
dastaklar va usullarni tanlash.
Kompaniyaning uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlari
Maqsadlarni qo‗yish - biznes missiyasining maxsus maqsadlar qatoriga 
aylanish jarayonidir. Ayni paytda tashkilotning har bir bo‗linmasini kerakli 
tomonga yo‗naltirish jarayoni ham ana shunday boshlanadi. Maqsadlar menejer 
muvaffaqiyatga erishish uchun muhim deb hisoblagan har bir muhim natija uchun 
zarurdir. Maxsus muhim natijalar odatda tarmoqning miqyosi va darajasini, 
ishning rivojlanishi, investitsiyalarning qaytarilishini, dividendlarning o‗sishini, 
bozorning o‗lchamlarini, sifatli mahsulotning yoki texnologik peshqadamlikning 
obro‗sini, beqaror iqtisodiyotda ishlay olish qobiliyatini, diversifikatsiya darajasini, 
moliyaviy qudratni, iste‘molchilarga xizmat ko‗rsatishni, qiymat bo‗yicha 
raqobatlasha olish qobiliyatini o‗z ichiga olishi mumkin. 
Mashhur kompaniyalarning maqsadlariga misol keltiramiz:
15

Federal Express: Dunyodagi eng katta va eng yaxshi transport 
kompaniyasi bo‗lish; 

Alcan Aluminum: Eng arzon alyuminiy ishlab chiqaruvchi korxona 
bo‗lish; 

General Electric: Dunyodagi eng qudratli raqobatchi bo‗lish, kompaniya 
biznesining har bir sohasida bozordagi ulush bo‗yicha birinchi yoki ikkinchi 
o‗rinni egallash; 

Atlas Corp: Arzon oltin ishlab chiqaruvchi o‗rtacha ishlab chiqaruvchi 
bo‗lish va oltin ishlab chiqarish hajmini yiliga 125,000 unsiyaga etkazib, 1,500,000 
unsiyaga teng oltin zaxirasiga ega bo‗lish; 

Black and Decker: yangi mahsulotlar chiqarishni va biznesni 
globallashtrishni davom ettirish. 
15
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.40


182 
Bu erda ham uzoq muddatli, ham qisqa muddatli maqsadlar talab qilinadi. 
Uzoq muddatli maqsadlar ikki xil bo‗ladi: birinchidan, ular uzoq muddatli 
maqsadlarga erishish uchun bugun nima qilish kerakligini ko‗rsatadi, ikkinchidan 
bunday maqsadlarning mavjudligi menejerni uzoq muddatli istiqbolni hisobga 
olgan holda bugungi qarorlarni qabul qilishga undaydi. 
Qisqa muddatli maqsadlar izchillik bilan eng yaqin kelajakda qaysi natijalarga 
zudlik bilan erishish kerakligini ko‗rsatib beradi. Ular tashkilotga tanlab olingan 
yo‗ldan borish uchun kerak bo‗lgan tezlikni ham, qilinishi kerak bo‗lgan ishlarning 
talab qilingan darajasini ham (qachon va qanchalik ko‗p ish qilish kerakligini) 
ko‗rsatadi. 
Tashkilotning maqsad va vazifalari ochiq-oydin bo‗lishi lozim. Ba‘zi 
kompaniyalarning menejerlari har bir hal qiluvchi natija uchun maqsadlar 
belgilaydilar va so‗ngra erishish lozim bo‗lgan maqsadlar sari qat‘iy harakat 
qiladilar. Odatda ular menejerlari umidga, iltimosga va yaxshi niyatlarga 
tayanadigan kompaniyalarga qaraganda g‗oliblikka yaxshiroq nomzod bo‗ladilar. 
Bu 
erda 
―daromadni maksimallashtirish‖

―harajatlarni kamaytirish‖

―samaradorlikni oshirish‖

―savdo hajmini oshirish‖ 
kabi iboralarni ishlatmaslik 
kerak. 
Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini raxbarlikning barcha 
tabaqalari uchun kompleks ravishda belgilab olish muhimdir. Bu barcha menejerlar 
uchun vazifalarni aniqlashtirishdan tashqari, ularga erishishning realligini ham 
ta‘minlaydi (bu maqsad sari jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar ham ishtirok 
etadi).
 
"Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish" nazariyasidan kelib chiqilsa, 
Aksiyadorlar daromadlarining o‗sishiga erishish asosiy korporativ strategiya va 
korporativ boshqaruv samaradorligini baholash mezoni sifatida qaralmog‗i lozim, 
unda korporativ boshqaruvning moliyaviy mexanizmini mazkur strategiyani 
moliyaviy ta‘minlash nuqtai nazaridan ko‗rish mumkin 
Korporativ 
strategiyalarni 
ta‘minlashning moliyaviy dastaklari va 
usullarining to‗plami bir-biridan farq qiladi. CHunonchi, uzoq muddatli 


183 
strategiyalarni amalga oshirishda, ya‘ni moliyaviy resurslarga ehtiyoj belgilanib, 
pul oqimlari rejasi tuzilganda, quyidagilarni aniqlash lozim
16

1)
O‗z va qarz kapitali nisbatini. Bunda korxonaning uzoq muddatli 
istiqbolga mo‗ljallangan moliyaviy siyosatiga jamg‗arish fondini kengaytirish 
kiritilishi va bunda asosiy urg‗u o‗z-o‗zini moliyalashtirishga berilishi kerak. O‗z-
o‗zini moliyalashtirish ushbu fondlarga yo‗naltiriladigan sof foyda ulushini 
belgilash 
orqali 
amalga 
oshiriladi. 
Bundan 
tashqari, 
uzoq 
muddatli 
strategiyalarning moliyaviy ta‘minoti usullari ro‗yxatiga vaqtincha bo‗sh 
mablag‗larni ularni in-flyasiyadan saqlash xamda ko‗paytirish maqsadida moliya 
bozorlarida joylashtirish ham kiritilishi kerak. Buning uchun moliyaviy 
vositachilar tarkibini belgilash zarur, bu tarkib vaqtincha bo‗sh mablag‗larni 
joylashtirish 
tavakkalchiligi 
minimal 
bo‗lishi uchun etarlicha diver-
sifikatsiyalanishi darkor. 
2)
Agar moliyaviy resurslar manbasi sifatida investitsiya loyixasini 
kreditlash qabul qilingan bo‗lsa, u holda investitsiya loyihasini amalga oshirish 
uchun ochiladigan va kreditni qoplashni ko‗zda tutadigan uzoq muddatli kredit 
liniyasi to‗g‗risida bitim tuzish lozim. 
3)
Kreditni qoplash tamoyillari korxonaning moliyaviy ahvolini, pul 
mablag‗larining joriy va istiqboldagi qiymatini, kreditni qoplash shartlarini qayta 
qurib chiqish imkoniyati hisobga olinishi kerak. 
4)
Agar moliyalashtirishni Aksiya va obligatsiyalarni qimmatli qog‗ozlar 
bozorida joylashtirish hisobiga amalga oshirish ko‗zda tutilayotgan bo‗lsa, u holda 
investorlar doirasini va Korporatsiya obrusini oshirish uchun reklama kampaniyasi 
byudjetining eng yuqori darajasini aniqlash talab etiladi.
5)
Aksiyadorlik jamiyatlari uchun strategiyalar moliyaviy tusga ega 
bo‗lishi va Aksiyalar kurs qiymatining oshishida ifodalanishi mumkin. Bu holda 
moliyaviy dastaklar qatoriga foyda va dividendlar kiritiladi, dividendlar hamda sof 
foyda miqdorlarining o‗sishini ta‘minlashning moliyaviy usullari esa chiqimlarni 
16
М.Б.Хамидуллин Концепция построения национальной модели корпоративного управления. Рқнок, 
деньги и кредит. № 5 сон. 2007й


184 
kamaytirish va ishlab chiqarish rentabelligini oshirish bo‗yicha tadbirlardir. 
Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini raxbarlikning barcha tabaqalari 
uchun kompleks ravishda belgilab olish muximdir. Bu barcha menejerlar uchun 
vazifalarni aniqlashtirishdan tashqari, ularga erishishning realligini ham 
ta‘minlaydi (bu maqsadda jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar xam ishtirok 
etadi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish