tanlangan texnologik usulni amalga oshirish yo‘llarini, ya’ni pedagogning ta’lim oluvchilar o‘quv-bilish faoliyatini boshqarish bo‘yicha didaktik faoliyati tizimlarini ishlab chiqishni;
jarayonni moddiy-texnik ta’minlashni tanlash kabilarga alohida e’tibor qaratish
lozim;
oltinchidan, mustaqil ta’lim, mustaqil ishni to‘g‘ri talqin etish. Ko‘pchilik o‘quv dasturida laboratoriya ishlari, mustaqil ishlar, seminar mashg‘ulotlari alohida-alohida yoritilgan. Axir, bularning barchasi mustaqil ta’lim shakllariga kiradi-ku. Shuning uchun ham ularni fan dasturida “mustaqil ta’lim” nomi bilan alohida paragraf qilib yoritish lozim.
Shu bilan bir qatorda, ayrim fan dasturlarida barcha mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish shakli sifatida faqat “referat yozish” berilganligini kuzatish mumkin. Bu hozir modadan qoldi-ku. Bugungi kunda t’lim oluvchilarga referat yozish kerak desangiz, ular ARMdagi yoki Internetdagi tayyor ma’lumotlarni ko‘chirib yozib kelishadi. Shuning chun ham hozirda ularga kasbiy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan muammoli vaziyatlarni yaratishga oid, shuningdek, muammoli savol va topshiriqlarga javob topishga qaratilgan vazifalarni ko‘proq berishimiz maqsadga muvofiq. Bu o‘z navbatida ularning o‘z ustlarida mustaqil ishlashlariga, ARM va Internet tarmoqlarida izlanishlariga, tajribali pedagoglar bilan hamkorlik qilishlariga, ularning u yoki bu manbalardan ma’lumotlarning ko‘chirib olishlari oldini olishga yordam beradi;
yettinchidan, oxirgi 10-15 yil ichida foydalangan adabiyotlar bo‘lishi kerak deyilgan. Bu ayniqsa, pedagogika yo‘nalishida mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Chunki,
bugungi kunda ajdodlarimiz, avlodlarimiz, bobolarimiz tuzuklaridan foydalanmaslikning iloji yo‘q. Shuning uchun foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxatiga yillar bo‘yicha chegara qo‘ymaslik kerak.
Ta’lim sifati, uning maqsad va vazifalarini, mazmunini, shakl, metod, texnologiya va vositalarini to‘g‘ri tanlash muhim. Har bir mashg‘uloti ta’lim oluvchilarda o‘quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirishga, o‘quv adabiyotlaridan kerakli axborotlarni mustaqil topishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Mashg‘ulot sifati o‘qilayotgan, tahlil qilinayotgan mavzuga pedagogning mas’uliyat bilan yondashishi, uning mazmunini ta’lim oluvchilarga yetkazishga qaratilgan mahorati, mashg‘ulotni bugungi kun talabi asosida tashkil etish va boshqarish uslubiy faoliyati bilan belgilanadi. Pedagog mavzuni yoritish uchun uning muhim bo‘lgan nazariya bilan asoslanganligi, fikrlarni mantiqan bog‘langanligini tushuntira olsa, ma’lum maqsadga
529
September 2021 www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |