Kurtaklanib ko‘payish mitoz asosida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib,
achitqi zamburug‘larida kuzatiladi. Ona hujayrada yadroni saqlovchi bo‘rtma
paydo bo‘lib, kattalashadi va mustaqil organizmga aylanadi .
Ko‘p hujayrali organizmlarda jinssiz ko‘payish quyidagicha amalga oshadi.
Fragmentatsiya – tana bo‘laklari orqali ko‘payish usuli bo‘lib, regeneratsiya
jarayoniga asoslangan. Fragmentatsiya suvo‘tlari (spirogira)da, g‘ovak
tanlilarda, kovakichlilarda, yassi chuvalchanglarda, igna tanlilarda kuzatiladi.
Kurtaklanib ko‘payish g‘ovak tanlilarda, kovakichlilarda va ayrim halqalichuvalchanglarda kuzatiladi
Yuksak hayvonlarda (zirhlilar) zigotadan rivojlanayotgan embrion ilk
rivojlanish bosqichida bir necha fragmentlarga bo‘linib, har bir fragmentdan yangi organizm rivojlanadi. Bu hodisa poliembrioniya deyiladi.
Odamlarda bir tuxumli egizaklarning rivojlanishi ham buning yaqqol misolidir.
Tabiatda o‘simliklarning vegetativ organlari – ildizi, poyasi va bargi orqali
vegetativ ko‘payishi keng tarqalgan
Vegetativ ko’payish- o’simliklarning bargi, novdasi, ildizi, ildizpoyasi, tugunagi, piyozboshiorqali ko’payishidir.
Yangi mavzuni mustahkamlash
(Test topshiriqlari)
1-savol Bir hujayralilarning jinssiz ko’payish usullari
Binar,shizogoniya, sporalar orqali,kurtaklanib
Fragmentatsiya, kurtaklanib, spora orqali, poliembroniya vegetativ
Fragmentatsiya, kurtaklanib Binar,shizogoniya,
poliembroniya vegetativ , sporalar orqali,kurtaklanib
2-savol Binar bo’linish qaysi organizmlarda kuzatiladi?
Bezgak paraziti
Amyoba, evglena, infuzoriya
Achitqi zamburug’i
Spirogira
3- savol Fragmentatsiya usulida ko’payuvchi organizmlar qaysi?
gidra
Qalpoqchali zamburug’lar
Spirogira, kovakichlilar, yassi chuvalchanglar, igna tanlilar
Amyoba, evglena, infuzoriya
4- savol Poliembroniya nima?
Tanasining bir necha bo’laklarga bo’linishi
Ona hujayrada yadro saqlovchi bo’rtmacha
Embrionning bir necha bo’laklarga bo’linib,harbiridan yangi organizm rivojlanishi
Sporalariorqali ko’payishi
Keys-Stadi Savollari
Madaniy o’simliklardan masalan: tok, atirgul, qoraqat parxish yo’li bilan ko’paytiriladi bunda o’simliklar novdasining ma’lum qismi asosiy poyadan ajratilmagan holda tuproqqa ko’miladi . 1.Aytingchi o’simlik novdasi qachon asosiy poyadan ajratiladi? 2. Vaziyatni qanday izohlaysiz?
Ma'lumki, o'simliklar hayotiy shakliga ko'ra daraxt, buta, yarim buta va o't o'simliklarga bo'linadi. 1. Shular ichida o't o'simliklarga kiruvchi ko'p yillik o'tlar nega har yili bahorda yangi poya hosil qiladi? 2.Vaziyatni qanday izohlaysiz?
Bir xil gultuvaklarga ikkita bir turga kiruvchi xona o’simligi ekildi.Ikkala gultuvakdagi tuproqlari ham bir xil tarkibga ega.Gulchi ikkala gultuvakdan birini bo’yoq bilan bo’yab qo’ydi.ikkala gul ham birdek parvarishlandi.Parvarishlash davomida gullarning biri nimjon,ikkinchisi gurkurab o’sdi
1.Aytingchi nima uchun gullarning ikkalasi ham bir xil sharoitda o’stirilsa ham natija har xil?
2.Vaziyatni qandayizohlaysiz?
Jadvalda berilgan organizmlarning ko’payish usullarini yozing
Tirik organizmlar
|
Ko’payish usuli
|
Tirik organizmlar
|
Ko’payish usuli
|
Xlorella
|
|
Qirqquloqlar
|
|
Spirogira
|
Infuzoriya
|
Yassi chuvalchanglar
|
Ignatanlilar
|
Qalpoqchali zamburug’lar
|
Evglena
|
Qirqbo’gimlar
|
Bezgak paraziti
|
Yo’sinlar
|
Suvo’tlar
|
Achitqi zamburug’i
|
Amyoba
|
.
O`quvchilarni baholash. Har bir o`quvchining dars davomida yig`ib borgan rag`bat ballari hisoblanadi. Dars davomidagi rag`batlar soniga qarab o`quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa : Darslikning 66-68 sahifalarini o`qish ,mavzuga oid 20ta savol tuzish.
1- Mavzu: GAMETOGENEZ, GAMETALAR TUZILISHI
Gametogenez yuqori darajada differensiyalashgan va qо‘shilib yangi organizm hosil qila oladigan ikki jinsiy hujayra – spermatozoid va tuxum hujayrasining hosil bо‘lish jarayonidir. Gametogenez birlamchi jinsiy hujayraning paydo bо‘lishi va uning jinsiy a’zoda о‘rnashishi va shu yerda ularning mitoz yо‘li bilan kо‘payishi, sо‘ng meyoz usulida xromosomalar sonining kamayishi, yetilib, shakllanib spermatozoid hamda tuxum hujayralarining hosil bо‘lishi kabi о‘ta murakkab jarayonlarni bosib о‘tadi.
Bо‘lajak birlamchi jinsiy hujayralar embrion rivojining IV haftasi boshlarida sariqlik xaltachasi devori endodermal hujayralari orasida namoyon bо‘ladi. Shu birlamchi jinsiy hujayra shakllanganda, embrionning dastlabki rivojlanish davrida, hali jinsiy bezlar hosil bо‘lmagan bо‘ladi. Jinsiy bezning hosil bо‘lishi mobaynida birlamchi jinsiy hujayra sariqlik xaltachasi devoridan faol migratsiya qilib yoki qon tomirlari orqali jinsiy a’zoga kirib keladi.
Dastavval jinsiy bezga kо‘chib о‘tgan birlamchi jinsiy hujayralarning miqdori kо‘p bо‘lmaydi. Ularda proliferatsiya (kо‘payish) kuchayadi. Bunday mitoz yо‘li bilan kо‘payayotgan jinsiy hujayralar erkak organizmida spermatogoniy, urg‘ochi organizmda ovogoniylar deyiladi.
Gametogenez spermatozoid va tuxum hujayralarining birlamchi jinsiy hujayralardan hosil bо‘lishi – spermatogenez va oogenezdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |