Оrganizmlarning asоsiy yashash muhitlari


HAYVONLARNING YORUG’LIKKA QARAB MO'LJAL OLISHI



Download 67,15 Kb.
bet11/20
Sana11.05.2022
Hajmi67,15 Kb.
#602208
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
ekologik barqarorlik oraliq javoblari

HAYVONLARNING YORUG’LIKKA QARAB MO'LJAL OLISHI
Barcha turdagi hayvonlar uchun yorug’lik asosiy omillardan biri hisoblanmaydi, Shunday bo'lishiga qaramasdan hayvonlar hayotida kun chiqib turgan soatlardagi quyosh nurlari mu?im ahamiyatga ega. Hayvonlarning har hil turlari yorug’likning ma'lum spektr tarkibini talab qiladi. Еrug’lik intensivligi va uzunligining normadan chetga chiqishi ularning hayotiy faoliyatiga salbiy ta'sir qiladi va o'limiga sababchi bo'ladi; Olimlar hayvonlarni yorug’lykka bo'lgan talabiga qarab quyidagi turlarga bo'ladilar: yorug’sevar (fotofil) va soyasevar (fotofob); evrifot (yorug’likning keng doirasiga moslashgan) va stenofot (yorug’likning qisqa chegaralanganligiga bardosh beradigan). Yorug’lik hayvonlar uchun ma'lum bo'shliqda mo'ljal olishda muhim sharoit hisoblanadi. Hayvonlarni o'rab olgan narsalardan qaytayotgan nurlar tashqi dunyoni bilish uchun ayrim ma'lumotlarni beradi. Hayvonlarda ko'rish qobiliyati ular nerv sistemasining rivojlanishi bilan parallel ravishda boradi.Hayvonlarning o'rab olgan muhitni to'la ko'rishi birinchi navbatda uning evolyucion rivojlanganlik darajasiga bog’liqdir. Umurtqasiz hayvonlarning sodda ko'zlari - bu oddiy yorug’likni sezuvchi hujayralardir. Bir hujayrali hayvonlar yorug’likni citoplazmalari orqali sezadilar. Yorug’lik qabul qilish jarayoni, ya'ni ob'ektni ko'rish pigmentlar molekulalarda fotokimyoviy o'zgargandan keyingina boshlanadi. Shundan sung elektrik impul’slar hosil bo'ladi. Agar hayvon ko'zlari sodda tuzilishga ega bo'lsa, u narsa tasvirini sezmaydi, faqatgina yorug’likning o'zgarishini qabul qiladi, ya'ni yorug’lik bilan qorong’ining almashinishini sezadi. Masalan, murakkab ko'rish qobiliyatiga ega bo'lgan o'rgimchak harakatlanayotgan narsaning konturini (tasvirini) 1-2 sm masofadan ko'rishi mumkin. Ko'rish organlari umurt?ali hayvonlarda, molluskalarda va hasharotlarda yahshi rivojlangan. Ular har bir narsaning shaklini, ularning rangini, oradagi masofani ko'rishlari mumkin. Murakkab ko'rish ?obiliyati insonga, primatlar turkimiga va qushlarning ayrim vakillarigagina hosdir.
Ko'pchilik hayvonlar, masalan, ilonlarning ayrim vakillari infraqizil nurlarning spektrini ko'radi va shuning uchun ham o'z o'ljasini kechasi tutadi. Asalarilar uchun spektr qismlar qisqa to'lqinli spektrlarga to'g’ri keladi. Ular rang sifatida ul’trabinafsha nurni qabul qiladilar, qizil rangni sezmaydilar.Qushlar va hayvonlar uzoq masofalarga uchayotganida yoki migraciya qilayotganlarida ko'zlari yordamida mo'ljalni oladilar. qushlar uchayotganda mo'ljalni juda aniq oladilar, shu tufayli uchib ketayotganda bir ?ancha ming kilometr yo'lni adashmasdan bosib o'tadilar. Shu narsa tasdiqlanganki, qushlar uzoq, masofaga uchayotgan paytda quyosh va yulduzlardan mo'ljal oladilar. Agar ular yo'nalishidan majburan chetga chiqqan bo'lsalar, mo'ljalni o'zgartirish imkoniyatlariga ega bo'ladilar, bulutlar osmonni to'la qoplamagan bo'lsa mo'ljal saqlanadi. Agar tuman butunlay osmonni qoplagan bo'lsa, bu va?tda qushlar uchmaydi. Tuman ular uchayotgan davrda uchrab qolsa uchishni ko'r-ko'rona davom ettiradilar. Ko'p hollarda yo'nalishlari o'zgarib ketadi.Qushlarning mo'ljalni o'zgartirish ?obiliyati tajribalar asosida to'la tasdi?langan. hattoki qafasda o'tirgan qush ham migraciya qilish oldidan, agar ular quyosh yoki yulduzlarning holatini kuzata olsa, qishlaydigan tomonga qarab mo'ljal olish qobiliyatiga ega bo'ladilar. Qushlarning navigaiiya qilish qobiliyatlari tug’madir. Shunday qilib, qushlar er yuzining ho?lagan nuqtasidan qishlash uchun uchish yo'lini to'g’ri aniqlay biladilar.
4.O'simlik va hayvonlarda haroratga moslashishiiO'simliklarning issiqlik rejimi juda ham o'zgaruvchandir. O'simliklar muhit haroratining o'zgarishiga moslashishi, ayniqsa ulardagi biokimyoviy, fiziologik va ayrim morfologik jihatidan sodir bo'ladigan o'zgarishlarga bog’liqdir. O'simliklar o'z haroratlarini boshqarishlariga ko'ra juda ojiz hisoblanadilar. O'simliklarda modda almashishi hisobiga hosil bo'lgan issiqlik suvning bug’lanishi, organizmga nurlarning tushishi va boshqarish mehanizmining yahshi rivojlanmaganligi uchun tashqi muhitga tez chiqarib yuboriladi. O'simliklar hayotida tashqaridan olinadigan issiqlik katta ahamiyatga ega. O'simliklarning harorati quyosh energiyasi ta'sirida qizishi natijasida muhit va tuproq haroratidan yuqori bo'lishi mumkin. Bu farq ayrim hollarda +(22-25)°S ga etishi mumkin. Masalan, 4000 metr balandlikda o'euvchi yostiqsimon kaktus (Tephrocactus floccusus) o'zidan suvni kuchli bug’latishi tufayli o'simlikning harorati muhit haroratiga nisbatan past bo'ladi.

Download 67,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish